21
mumkin. Agar fayl nomi ko`rsatilmasa joriy papkadagi fayllarning hammasi
arxivlanadi.
Misollar. Faraz qilamiz Kurs1 degan faylni PKZIP va ARJ arxivatorlari
yordamida arxivlamoqchimiz. Buni quyidagicha amalga oshiramiz PKZIP -
Kurslar Kurs1 ARJ A kurslar Kurs1 bu yerda Kurslar hosil qilinuvchi arxiv nomi.
Arxivni ochish uchun PKUNZIP –Kurslar ARJ E Kurslar buyrug`i beriladi. ARJ
programmasidagi YE buyrug`i o`rniga X buyrug`i berilsa arxivdagi fayllar ochilib,
mos kataloglarga yoziladi. Arxivdagi fayllar ro`yxatini ko`rish uchun PKUNZIP -
V Kurslar ARJ L Kurslar buyrug`idan foydalaniladi. Bundan tashqari shu
arxivatorlar yordamida arxivlanadigan fayllarni himoyalash maqsadida parol
o`rnatish imkoniyati ham mavjud bo`lib, u quyidagicha amalga oshiriladi:
PKZIP Kurslar –sParol ARJ A Kurslar -gParol
bu yerda -s va -g maxsus himoya belgilari va Parol foydalanuvchi tomonidan
kiritiladigan yashirin so`z. Parolli arxiv fayllarni ochish vaqtida ham maxsus
himoya belgilari-yashirin so`zlarni kiritish kerak bo`ladi, aks holda arxiv
ochilmaydi. PKZIP va ARJ programmalari fayllarni avtomatik tarzda katta
tezlikda va optimal darajada siqish imkonini beradi. Agar maksimal darajada siqish
zarurati tug`ilganda holat parametrida mos ravishda -YEX va -JM holatlari
beriladi. Oxirgi yaratilgan arxivatorlar foydalanuvchi ishini yengillashtirgan holda
sodda ko`rinishda amalga oshirishga qaratilgan.
Shulardan NC (Norton Commander 7.0)da va ko`p qirrali Norton
Navigator muhitida ham amalga oshiruvchi arxivatorlar mavjud. Foydalanuvchi
interfeyslarini o`zida jamlagan, ko`p imkoniyatli WinZip (Nico Vfr Computing
kompaniyasi
tomonidan
yaratilgan)
arxivatori
Windows
95
muhitiga
mo`ljallangan. Bu arxivator ishlash uchun qulay va yetarlicha universal bo`lib, u
har xil formatlar bilan baravariga ishlashni amalga oshirish hamda shu kabi boshqa
bir qator imkoniyatlarni ham yaratib beradi. Norton Navigator muhitida Norton file
Archive Wizard boshqaruvchisi mavjud bo`lib, bu arxivator ZIP va LZH formatli
arxivlarni yaratadi. Uning yordamida bir tomli yoki ko`p tomli arxivlar yaratish
mumkin. Shuningdek o`zi ochiluvchi (kengayuvchi) kengaytmasi EXE bo`lgan
arxivlar ham yaratiladi.