24
(Masalan, firmalarning kodlari, talabgorning rekvizitlari va x.k.). Ko’pgina
dasturlarda takrorlanadigan guruxlarni kiritish texnologiyalari mavjud va ular
orkali berilgan axborotlarning birortasi yuqotilmasdan satrlarga o’tkaziladi.
Masalan, MS Office paketidagi Excel dasturidan foydalanib, ma’lumotlar ombori
tuzishda berilgan satr yoki ustundagi qiymatlarni qayta kiritishda «Kopirovat»
buyrug’idan foydalanish mumkin. Bu buyrak orqali biror katakchadagi qiymatlar
buferga (vaqtinchalik saqlash uchun) o’tkaziladi. Buferda shaklanayotgan
ma’lumotlarni esa ko’p marta ishlatish mumkin. Buning uchun qiymat kiritiladigan
katakcha tanlanib, «Vstavit» buyrug’ining berilishi etarli. Xuddi shuningdek,
“Kopirovat” buyrug’i yordamida ma’lumotlar guruxi nusxalanishi mumkin.
Tizimlar sistemalar deganda , yagona maqsad yo’lida bir vaqtning o’zida xam
yaxshi , xam o’zaro bog’langan tarzda faoliyat ko’rsatadigan bir necha turdagi
elementlar majmui tushuniladi.
Informatilada “tizim” tushunchasi ko’proq texnik vositalar va dasturlar
to’plamiga nisbatan ishlatilinadi.Axborotlarni shakli va mazmuniga ko’ra turlariga
ajratish ,ularni saqlash, izlash vakata ishlash prinsiplariga qayta ishlashda
qo’llaniladigan usullar shaxslar xamda vositalarning o’zaro bog’langan majmuiga
axborot tizimi deyiladi.( AT) deyiladi. Axborot tizimining asosiy vazifasiga
berilgan turdagi axborotni izlash uni kayta ishlash va qisqa vaqt ichida kerakli
joyga uzatish masalalarini xal qilish kiradi. Axborot tizimlari oddiy xisoblash
ishlari uchun emas, ma’lumotlarni avtomatik izlash va tanlash (saralash)
masalalarini xal kilishga mo’ljallangan. Axborotni izlash nima? Masalan,aytaylik
kutubxonadan Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar” romanini izlayapsiz . Bu
kitobni izlashni kutubxonadagi alifboli katalogdan boshlaysiz va unda faqat muallif
nomiga e’tibor berasiz. Kartochkalar ichida bir necha “A.Qodiriy”larni topasiz,
ulardan kitob nomini izlaysiz. Shu tartibda izlanayotgan kitobning bor yoki
yuqligini aniqlaysiz. Umuman, kutubxonadan kerakli adabiyotni izlashda alifboli
katalog, tizimli katalog, mualliflar ism va shariflari bo’yicha katalogdan
foydalaniladi.
Xozirgi davrda axborotlarni izlash va saralash amallari shunchalik
rang-barangki, ularni sanab chikish u yoqda tursin, turlarga ajratish xam mushkul.
Axborot tizimlari o’zi xizmat qiladigan soxa doirasidagi belgilangan xar qanday
savolga javobni avtomatik izlashga va topishga mol’jallanadi. Odatda izlash sharti
faqat foydalanuvchining xoxishiga bog’liq bo’ladi. Beriladigan savollar
komputerga kiritilgan ma’lumotlar bilan uzviy bog’langan bo’ladi, aks xolda
beriladigan savollar javobsiz qolishi tabiiy.