Aloqa kanallarida ma’lumotlarni himoyalash usullari




Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana20.11.2023
Hajmi0,58 Mb.
#101624
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
TARMOQDA MA’LUMOTLARNI XAVFSIZLIGI Raxmatilloyev Xurshidbek
grammar worksheets, 8-bob, ELEKTR, 1-10 uzb, 1204406, Abdullayev Tezis 3, 4-Tema, HISOBOTI MAGISTR, 10 Informatika JavoblarUZB 10, 7-mavzu. Ekonometrik modellarni baholash, nazariy-o-qitishning-zamonaviy-usullarining-mazmuni-va-tuzilmasi, Kurs ishi yuzi, Tayor Tarmoqlar – maqsad va vazifalar, 49-51
2.3. Aloqa kanallarida ma’lumotlarni himoyalash usullari 
Ma'lumotlarni uzatishni himoyalash masalasini yechish usullarining 
uchta asosiy guruhi mavjud: kanalga mo'ljallangan himoyalash usullari


25 
chekkalararo himoyalash usullari va ulanishga mo'ljallangan himoyalash usullari. 
Birinchisi har bir kanal uchun mustaqil ravishda ma'lumotlar oqimini himoyalashni 
ta'minlasa, ikkinchisi har bir xabarni, uni manbadan adresatgacha uzatishda 
umumiy himoyalashni ta'minlaydi. Uchinchi usul ikkinchi usulning bir turi 
hisoblanadi. Kanalga mo'ljallangan usullar manba va adresatga bog'liq bo'lmagan 
holda, alohida uzellar orasidagi alohida aloqa kanali bo'yicha uzatilayotgan 
xabarlar oqimini himoyalashni ta'minlaydi. Bu xil himoyani ta'minlashda 
buzg'unchining uzelga (paketni kommutatsiyalovchi markazga) qaraganda kanalga 
ta'sir etish qulayligi faraz qilinadi. Undan tashqari, ma'lumotlarni uzatish 
tarmog'idagi uzellarni foydalanuvchi terminallarini himoyalagandek himoyalash 
mumkin emas yoki iqtisod nuqtai nazaridan foydasiz. Ushbu guruh usullarining 
kamchiligi-qism tarmoq uzellaridan birining ochilishi tarmoq orqali o'tayotgan 
xabarlar oqimining talaygina qismini ochilishiga olib kelishi mumkin. Terminallar 
va tarmoqlar o'rtasidagi aloqa kanallarini kanalga mo'ljallangan himoyalash 
harajatlari bevosita daxldor taraflar tomonidan qoplansada, ma'lumotlarni uzatish 
qism tarmog'i ichidagi kanalga mo'ljallangan himoyalash usullarining umumiy 
narxi qism tarmoqdan foydalanuvchilarning barchasi o'rtasida hisoblab chiqilishi 
mumkin. Chekkalararo himoyalash usullari xabarlarni manba uzellari va qabul 
qiluvchi orasida uzatish jarayonida shunday himoyalaydiki, manba va adresat 
orasidagi aloqa kanallaridan birining ochilishi xabarlar oqimining ochilishiga olib 
kelmaydi. Ushbu usullarning asosiy afzalligi – ulardan foydalanish masalasi 
alohida foydalanuvchilar orasida, boshqa foydalanuvchilarni jalb etmasdan, 
yechilishi mumkin.
Ulanishga mo'ljallangan usullar. Aksariyat qo'llanish sohalarida ma'lumotlarni 
uzatish tarmog'ini manbadan adresatgacha ulanishni yoki virtual kanalni o'rnatish 
uchun foydalanuvchiga taqdim etiluvchi muhit sifatida tasavvur etish mumkin. 
Bunday tasavvur etishda himoya ulanishga mo'lljallanishi faraz qilinadi, ya'ni, har 
bir ulanish yoki virtual kanal alohida himoyalanadi. Shunday qilib, ulanishga 
mo'ljallangan usullar chekkalar aro himoyalash usullarining bir turi hisoblanadi. 
Ulanishga mo'ljallangan usullar turli sharoitlarda umumiy himoyaning yuqori 
darajasini 
ta'minlaydi 
va 
himoyaga 
quyiladigan 
talablar 
xususidagi 
foydalanuvchining idrokiga mos keladi. Chunki, ulanishga mo'ljallangan axborot 
konfidensialligini himoyalash usullari asbob-uskunani himoyalashni, masalan, 
faqat xabarlar manbaida va qabul qiluvchida axborotdan ruxsatsiz foydalanishdan 
himoyalashni ko'zda tutadi. Ayni vaqtda himoyalashning kanalga mo'ljallangan 
usullari 
ruxsatsiz 
foydalanishdan 
himoyalashning 
ma'lumotlarni 
uzatish 
tarmog'idagi har bir uzeli tomonidan ta'minlanishini talab etishi mumkin. ammo, 
ba'zida ikkala usulni qo'llaganda himoyalashning tejamli darajasiga erishiladi.


26 
Ma'lumotlarni uzatishni himoyalashning u yoki bu usulidan 
foydalanishdagi asosiy vazifalar quyidagilar:
- xabarlar mazmunining fosh qilinishini oldini olish;
- xabarlar oqimining taxlillanishini oldini olish;
- xabarlar oqimi haqiqiyligini buzilganligini aniqlash;
- yolg'on ulanishni aniqlash.
Axborot tizimlari yoki ma'lumotlarni uzatish tarmoqlarida axborot 
xavfsizligini ta'minlash maqsadida ma'lumotlarni uzatishni himoyalash usullaridan 
nafaqat buzg'unchi ta'siri oqibatlarini aniqlashni, balki, agar oqibatlar vaqtincha 
xarakterga ega bo'lganida, uzilgan (buzilgan) uzatish jarayonini avtomatik tarzda 
tiklashni talab etish kerak. Hozirda yuqorida keltirilgan vazifalarning bajarilishini 
ta'minlovchi himoyalashning standartlashtirilgan mexanizmlari mavjud emas. Har 
bir muayyan holda ma'lumotlarni uzatish xavfsizligi masalalari axborotlarni 
kriptografik o'zgartirish usullari, axborotlarni halallarga bardosh kodlash usullari, 
xabarlarning 
haqiqiyligini 
ta'minlovchi 
usullar, 
tizimlar 
ishlashining 
ishonchliligini, yashovchanligini va barqarorligini ta'minlovchi usullarga 
asoslangan himoyalashning turli mexanizmlarini birgalikda ishlatish orqali hal 
etiladi. Xabarlar mazmunining fosh qilinishini oldini olishda himoyalashning 
kanalga mo'ljallangan hamda ulanishga mo'ljallangan usullaridan foydalanish 
mumkin. Yuqorida aytib o'tilganidek, kanalli shifrlash aloqa tarmog'ining har bir 
kanalida mustaqil tarzda bajarilishi mumkin. Kanalli shifrlashda, odatda, oqimli 
shifrlash ishlatiladi va uzellar orasida shifrlangan matn bitlarining uzluksiz oqimi 
madadlanadi.
Tarmoqlarda kommutatsiyalash (marshrutlash) vazifalari faqat 
uzellarda bajarilishi sababli, aloqa kanalida paketning sarlavhalari bilan birga 
axborot qismini ham shifrlash mumkin. Ammo ma'lumotlar faqat kanalda 
(kanallar orqali ulangan uzellarda emas) shifrlanishi sababli barcha oraliq uzellar 
himoyalanishi lozim. Buning ustiga uzellarni nafaqat fizik himoyalanishi, balki bu 
uzellarning apparat-dasturiy vositalari tomnidan uzellar orqali o'tuvchi har bir 
ulanishdagi axborotni yakkalashi kafolatlanishi zarur. Chekkalar aro shifrlashda 
marshrutizatorda ishlanuvchi har bir xabar (sarlavhaning ba'zi ma'lumotlari bundan 
istisno) yo'l boshida shifrlanadi va belgilangan joyga yetmaguncha rasshifrovka 
qilinmaydi. Har bir ulanish uchun o'zining kaliti ishlatilishi mumkin.
Xabarlar oqimini taxlillanishidan himoyalash, odatda, turli sin-flarga mansub 
xabarlar uzunligi va chastotasining qiymatlarini, manba adreslarini va xabarlar 
oqimi adreslarini berkitishga yo'naltirilgan. Agar kanalli shifrlash ishlatilsa, uzellar 
orasida ma'lumotlar uzatilganida shifrlangan matn bitlarining uzluksiz oqimi 
o'rnatilishi mumkin. Bu esa chastota qiymatlarini va ulanishning davomligini 
berkitishga imkon beradi. Bunday yondashishda tarmoqning samarali o'tkazish 


27 
qobiliyati pasaymaydi, chunki hech qanday qo'shimcha axborot talab etilmaydi. 
Ammo, uzel ochilsa bu uzel orqali utuvchi xabarlarning butun oqimi taxlillash 
mavzuiga aylanadi.
Himoyalashning 
chekkalararo 
usullaridan 
foydalanilganda 
uzatiluvchi xabarlarning haqiqiy chastotasi va uzunligini berkitish uchun turli 
uzunlikdagi "bo'sh" xabarlar generatsiyalanishi, haqiqiy xabar esa bo'sh simvollar 
bilan to'ldirilishi mumkin. Qabul qiluvchi begona kengayishlarni va "bo'sh" 
xabarlarni aniqlashda xabardagi shifrlangan hoshiyadan foydalanishi mumkin.

Download 0,58 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Aloqa kanallarida ma’lumotlarni himoyalash usullari

Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish