Tarmoqlanuvchi hisoblash jarayonlarini algoritmlash va dasturlash. Ko‘pgina masalalarni yechishda ba’zi bir jarayonlar ma’lum shart yoki shartlarning qo‘yilishiga nisbatan bajariladi.
Bunday jarayonlar tarmoqlanuvchi jarayonlar deb yuritiladi.
Tarmoqlanuvchi hisoblash jarayonlari oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. Bu esa jarayondagi tarmoqlar soniga bog‘liq. Ma’lum bir tarmoqlanuvchi jarayon tarkibida yana tarmoqlanishlar bo‘lishi mumkin. Bunday tarmoqlanishlari bor bo‘lgan
hisoblash jarayonlari murakkab tarmoqlanuvchi hisoblash jarayonlari deb ataladi.
C++ tilida tarmoqlanuvchi jarayonlarni
dasturlash uchun shartsiz, shartli o‘tish va tanlash operatorlaridan foydalaniladi: IF, CASE.
Dasturda ba'zi bir hollarda boshqaruvni to’g’ridan-to’g’ri
biron-bir opеratorga uzatishga, ya'ni dasturning bajarilish kеtma-kеtligini buzishga to’g’ri kеladi. Bu jarayon shartsiz o’tish opеratori yordamida bajariladi. Shartsiz o’tish opеratorining umumiy ko’rinishi quyidagicha:
GOTO
;
Bu yerda identifikator bo’lib, goto yo’riqnomasidan keyin bajariladigan yo’riqning oldida joylashadi va nishon dasturning nishonlarini tafsiflash bo’limida label kalit so’zi yordamida tafsiflangan bo’lishi kerak, bu bo’lim dasturda o’zgaruvchilarni tafsiflash bo’limidan oldin turadi. Dastur matnida nishon, bajarilishi kerak bo’lgan operatordan oldin va birdaniga undan keyin ikki nuqta qo’yiladi.
Dasturlashtirishga bag’ishlangan adabiyotlarda ayrim hollarda goto yo’riqnomasidan foydalanmaslik tug’risidagi fikrlarni uchratish muumkin, go’yoki