Mavzu: Tasavvufning ilmiy asoslanishi. Tasavvufning mantiqiy asoslanishi. Junayd Bag'dodiy faoliyati. Reja: Tasavvufning ilmiy asoslanishi. Tasavvufning mantiqiy asoslanishi. Junayd Bag'dodiy faoliyati




Download 2.35 Mb.
bet4/5
Sana02.02.2023
Hajmi2.35 Mb.
#40744
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sharibova Gulshoda
Презентация1, energies-13-06587-v2, 007, Kitob 8564 uzsmart.uz - копия (2) - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия, tarmoq buyicha, Referat Gurux 16-12 biqkt, 7-sinf informatika, DESIGN YOUR OWN CITY1.1, инфор тест 10 синф, hisobot ichi 2, Avtomatlashtirishning texnik vositalari(Majmua), majmua, Mavzu Zamonaviy kiyim assortimenti, Mavzu Bemalollik qo‘shimchalari

Valiylarga berilgan imtiyoz, favqulodda holatlar ularning amali va taqvosiga ham bog’liq, dedik. Bishr ibni horis hofiy degan mashhur so’fiy (v. 227/841) tushida rasululloh (s.a.v.)ni ko’rgach, unga: “Ey Bishr, bilasanmi, Alloh seni nega boshqalardan ustun qildi?” debdilar. “Yo’q, bilmayman yo rasululloh“, debdi. Rasululloh (s.a.v.) unga: “Sunnatimga tobe bo’lding, solih insonlarga xizmat etding, dindosh birodarlaringga nasihat qilding, as’hobim va ahli baytimni sevding” shu sababdan ustun qildi debdilar. Valiylarga bilib-bilmay til tegizishdan ehtiyot bo’lish kerak, chunki ular “Allohning nuri bilan boqadi” deydilar. Diyorimizda yetishib chiqqan, o’tgan XIX-asr oxirlarida yashab ijod etgan Azim Xoja Eshon “hikmat”larining birida bunday deb ogohlantiradi:

Bilur bilmas, aqlingizga bino qo’yub, Eranlarga til tekizmang do’stlarimo. Qo’rqarmankim, yiqilg’aysiz, yo’ldin toyib, Eranlarga til tekizmang, do’stlarimo. Yuz ixlosdan ortuq erur pir rizosi, Bo’lur bo’lsa hidoyati, muddaosi. Pir rizosi — nafs izosi, ruh g’izosi, Eranlarga til tekizmang, do’stlarimo. Bashir hofi yalang oyoq qorni bosti, “Hu-hu” teyu cho’llar kezib, xorni bosti, Mundog’ etib, hirsu havo, orni bosti, Eranlarga til tekizmang, do’stlarimo. Azizlarni sinaguncha o’zni sinang, Bormu sizda hirsu havo nomusu nang? O’z holini o’zi bilmas uldur garang, Eranlarga til tekizmang, do’stlarimo. Nasimiyning hikoyatin bilmasmusiz, Shayx Mansurdin eshtib ibrat olmasmusiz, Fursat qo’ldin ketmay o’zga kelmasmusiz, Eranlarga til tekizmang, do’stlarimo. Noqislikda komil ishin qilib bo’lmas, Baqoliklar asrorlarin bilib bo’lmas, Fano bo’lmay baqo mulkin olib bo’lmas, Eranlarga til tekizmang, do’stlarimo. Shar’u tariq eranlarning ravishlari, Tajrid, tafrid, tafviz, taslim bo’lishlari, Ladun ilmi ermish fahmu donishlari, Eranlarga til tekizmang, do’stlarimo. Miskin Azim, orif ko’ngli gulzor ermish, Har gulida ming daftari asror ermish. Nomahramdin pinhon ani asror ermish, Eranlarga til tekizmang, do’stlarimo.

Ashraf o’g’li Rumiy degan shoir va mutasavvif, murshidi komillarning ikki vazifasi borligini ta’kidlaydi: 1. Allohni bandalarga sevdirmoq 2. Bandalarni Allohga sevdirmoq. Albatta, Allohni bandalarga sevdirmoq — qulay va oson. Lekin bandalarga Allohni qanday sevdirish mumkin? Shayx Rumiy Qur’oni karimdagi “-Ayting (Ey Muhammad): “Agar Allohni sevsangiz, menga ergashinglar. Shunda Alloh sizlarni sevadi va gunohlaringizni mag’firat qiladi” oyatiga ishora qilib bunday javob beradi: Muridlarni Allohga sevdirish uchun ularni rasulullohga ergashtiraman, hazrati Payg’ambarimizning sunnati saniyyasiga tobe qilaman va shu yo’l bilan ularni yetishtiraman”. O’shanda Alloh ularni sevadi… Murshidi komillar muridni nafaqat farzu vojib, hatto adabga jiddiy e’tibor berishni talab qilganlar. Badanan va ruhan chiniqtirish, kamolotga yetkarish vositalarini amalda qo’llaganlar.


Download 2.35 Mb.
1   2   3   4   5




Download 2.35 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Tasavvufning ilmiy asoslanishi. Tasavvufning mantiqiy asoslanishi. Junayd Bag'dodiy faoliyati. Reja: Tasavvufning ilmiy asoslanishi. Tasavvufning mantiqiy asoslanishi. Junayd Bag'dodiy faoliyati

Download 2.35 Mb.