Mavzu: Tasavvufning ilmiy asoslanishi. Tasavvufning mantiqiy asoslanishi. Junayd Bag'dodiy faoliyati. Reja: Tasavvufning ilmiy asoslanishi. Tasavvufning mantiqiy asoslanishi. Junayd Bag'dodiy faoliyati




Download 2.35 Mb.
bet3/5
Sana02.02.2023
Hajmi2.35 Mb.
#40744
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sharibova Gulshoda
Презентация1, energies-13-06587-v2, 007, Kitob 8564 uzsmart.uz - копия (2) - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия, tarmoq buyicha, Referat Gurux 16-12 biqkt, 7-sinf informatika, DESIGN YOUR OWN CITY1.1, инфор тест 10 синф, hisobot ichi 2, Avtomatlashtirishning texnik vositalari(Majmua), majmua, Mavzu Zamonaviy kiyim assortimenti, Mavzu Bemalollik qo‘shimchalari

Yaratgan va o’zini tanitgan Parvardigorimizga beadad hamdu sanolar bo’lsin! Uning eng mahbub bandasi, sevikli payg’ambarimiz — Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallamga, xonadon ahllari va sahobalariga cheksiz salotu salomlar bo’lsin! Islom dini va madaniyatining ruhi, tamal asosi bo’lgan tasavvuf ilmi, ya’ni islom tasavvufi o’z tarixi, shakllanish va takomillashish jarayoniga ega. Mashoyixi izom va avliyoi kiromlarni haqiqat manziliga yetaklagan islomiy tasavvuf — e’tiqod, axloq, fikr, adabiyot, san’at, falsafa, boringki, hayotning turli-tuman jabhalaridan chuqur joy olib keldi. Tasavvuf va tariqat masalasi o’tmishdagi kabi bugungi kunda ham ko’p bahslarga sabab bo’lgan mavzulardan biridir.

Uning o’ziga xos ilm sohasi, amaliy va nazariy hamda ruhiy va tajribaviy xususiyatlari mavjud. Jumladan: 1. Tasavvuf tajriba orqali his qilib, yashab, anglashiladigan hol ilmidir. 2. Tasavvuf amalda qo’llanadigan bir ilm bo’lganidan murshid yoki shayx (yoki piri komil) deyiladigan ustoz huzurida va uning tarbiyasi ostida o’rganiladi. 3. Tasavvuf ilmining mavzusi ma’rifatullohdir. 4. Tasavvuf sirlarini o’rgatgan murshid yoki shayx (yoki pir) degan kishining hazrati payg’ambarimizga ulanadigan uzilib, qolmagan bir silsilaga sohib bo’lishi kerakdir. 5. Tasavvuf kitobiy bir ilm emas. Ya’ni biror kishi tasavvufga doir yozilgan kitoblarni o’qib, (pir va uning ko’rsatmasini bajarmasdan) shayx va so’fiy bo’lolmaydi. 6. Tasavvuf movaroi aql (aqldan ustun) bir ilmdir. 7. Tasavvuf ko’z bilan ko’radigan bu shahodat va nosut (biz ko’rmaydigan) olamidan tashqari, har zamon g’ayb olamidan bahs etadi. 8. Tasavvufga, tariqat deb atalgan va Allohga yetkaradigan o’ziga xos yo’llar bilan kiriladi. hazrati rasulullohdan bizgacha yetib kelgan bu ta’limot, shariatga asoslanishi bilan birga, ayrim sirli va pardali jihatlarga, o’ziga xos xususiyatlarga ham ega bo’lganligidan, bu sohaga nisbatan turli-tuman qarashlar, nuqtai nazarlar ham paydo bo’lgan…

Mantiqan o'ylab ko'rilsa: Agar tariqat, uning odob-arkonlari, zikru tasbihotlari zarracha bo’lsa ham shariatga zid bo’lganda edi, ahli tariqat bo’lmish valiylarga karomat berilmas edi… Ahli sunnat val jamoat toifasi karomatni, valiylikni haq deb biladi. Oyat va hadislarda ular haqida aytib o’tilgan. Abu hurayra (r.a.) rivoyat qilgan bir hadisga ko’ra, rasululloh (s.a.v.) bunday marhamat qilganlar: “Allohu taolo buyuradi: kim mening valilarim (do’stlarim)dan birortasiga dushmanlik qilsa, shubhasiz, men unga urush e’lon qilaman”. “Bandam o’ziga farz qilingan ibodatlardan ko’ra yaxshiroq narsa bilan menga yaqinlasha olmaydi. Bandam tinmasdan nafl ibodatlar bilan menga yaqinlashadi, nihoyat men uni sevaman. Uni sevgach, esa, eshitadigan qulog’i, ko’radigan ko’zi, yuradigan oyog’i bo’laman… Mendan nima istasa, istaganini beraman. Menga sig’inganida uni qo’riqlayman. O’limni xush qarshilamagan bandamning jonini olishda ikkilanmaganim kabi, qilgan hech bir ishimda ikkilanmadim. Chunki uni xafa qilishni istamayman”


Download 2.35 Mb.
1   2   3   4   5




Download 2.35 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Tasavvufning ilmiy asoslanishi. Tasavvufning mantiqiy asoslanishi. Junayd Bag'dodiy faoliyati. Reja: Tasavvufning ilmiy asoslanishi. Tasavvufning mantiqiy asoslanishi. Junayd Bag'dodiy faoliyati

Download 2.35 Mb.