|
Mavzu: Tekis taqsimot qonuniga bo'ysunuvchi kirish kattaliklarini b tur noaniqligini baholash
|
Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 16,44 Kb. | | #236138 |
Bog'liq Tekis taqsimot qonuniga bo\'ysunuvchi kirish kattaliklarini B tur noaniqligini baholash.
Mavzu:Tekis taqsimot qonuniga bo'ysunuvchi kirish kattaliklarini B tur noaniqligini baholash.
O'lchashlar noaniqligining baholashga bag'ishlangan xalqaro va hududiy hujjatlardagi ma'lumotlar tahlil asosida o'rganildi, jumladan, noaniqlikni taqdim etish uchun o'lchashlar noaniqligining quyidagi turlari mavjudligi, xususan, standart noaniqlik (hisoblash usuliga ko'ra A va B turi), jamlangan standart noaniqlik, kengaygan noaniqlik va ifodalash usuliga ko'ra nisbiy noaniqlik. 1-rasmda o'lchash noaniqliklarini usullar va ifodalash uslublariga ko'ra klassifikatsiyasi keltirilgan.
- Standart noaniqlik - bevosita o'lchashlar natijalarining noaniqligi bo'lib, o'rta kvadratik
chetlanish orqali ifodalanadi.
- A turdagi standart noaniqlik - ushbu noaniqlik ko'p marotabali o'lchashlarning natijalarini statistik usullar asosida hisoblanib aniqlanadi.
- B turdagi noaniqlik biron-bir aprior ma'lumotlardan foydalanib hisoblanadi. Quyidagilar aprior ma'lumot bo'lishi mumkin:
- tenglamaga kiritilgan kattaliklarning dastlabki o'lchashlardagi berilganlari;
- o'lchash vositalarini attestatlash, kalibrlash yoki qiyoslash bo'yicha berilganlar;
- ma'lumotnomada berilganlar va konstanta va b.q. noaniqligi;
- Jamlangan standart noaniqlik (Uc) - bu bevosita bo'lmagan o'lchashlar natijalarining standart noaniqligi. U bevosita bo'lmagan o'lchash natijalari dispersiyasining fizik ma'nosini bildiradi va boshqa fizik kattaliklarning (argumentlar) dispersiyasi (standart noaniqliklarning kvadratlari) orqali hisoblanadi.
- Kengaygan noaniqlik (U) - ushbu kattalik intervalni aniqlaydi. Interval chegarasida bo'lgan bevosita bo'lmagan o'lchashlarning natijalari yetarlicha asos bilan o'lchangan kattalikka qo'shib yozib qo'yilishi mumkin. Kengaygan noaniqlik jamlangan noaniqlik orqali hisoblanadi.
IEC 60359 standartda boshqa yana o'lchashlar noaniqligi bilan bog'liq bo'lgan to'rtta
termin qo'llanilgan: "asosiy instrumental noaniqlik", "absolyut instrumental noaniqlik", "ishchi
instrumental noaniqlik" va "noaniqlik chegarasi".
O'lchashlar noaniqligini metrologiyaning turli darajadagi ishlarida baholashda turli
xalqaro, hududiy tashkilotlarning tavsiyalaridan foydalaniladi (1-jadval).
Xalqaro miqyosda o'lchashlar noaniqligi "O'lchashlar noaniqligini ifodalash bo'yicha qo'llanma GUM" asosida baholanadi. Hududiy tashkilotlarning o'lchashlar noaniqligini baholash bo'yicha talablari GUM qo'llanmaga asoslanadi.
ISO/IEC 17025 standartining 5.4.6 punktida akkreditlangan sinash laboratoriyalarida o'lchashlarning noaniqligini o'lchash vositalarining muvofiqlik sertifikati yoki kalibrlash bayonnomasida ko'rsatilishi talab qilinadi. ILAC-G17 hujjat o'lchashlar noaniqligi kontseptsiyasi sinashlarda ISO/IEC 17025 standarti talablari asosida qo'llanilishining tafsilotiga bag'ishlangan. ISO 10012 xalqaro standartlarga muvofiq o'lchashlar noaniqligi o'lchashning har bir jarayoni uchun baholanishi kerak.[1]
Kalibrlash laboratoriyalarida o'lchashlar noaniqligini baholash masalalari EA-04/02 hujjatda reglamentlangan bo'lib, ushbu hujjat GUM talablari asosida ishlab chiqilgan. Hujjat, kirish kattaliklari bilan, masshtabli koeffitsientlar bilan, effektiv erkinlik darajalari bilan bog'liq bo'lgan korrelyatsiyalangan o'lchashlar noaniqligini baholash bo'yicha konkret misollar keltirilgan.
EA-04/16 qo'llanma ushbu hududiy tashkilot tomonidan akkreditlangan laboratoriyalarda o'lchashlar noaniqligini aniqlash va baholash masalalariga bag'ishlangan.
Analitik laboratoriyalarni akkreditlash bo'yicha Yevropa tashkiloti EURACHEM/CITAC Guide QUAM-P1 qo'llanmasi o'lchashlar noaniqligini baholash bo'yicha to'rtta bosqichni o'z ichiga olgan:
- o'lchanayotgan kattalik tafsiloti;
- noaniqlik manbalarini aniqlash;
- noaniqlikni tashkil etuvchilarining miqdoriy hisoblari;
- umumiy noaniqlikni aniqlash
RMG-43 (davlatlararo tavsiyalar) tavsiyalari GUM qo'llanmani qo'llash bo'yicha keng tarqalgan bo'lib, uning asosiy masalalari bo'lib:
- GUM qo'llanmaning asosiy talablarini va tavsiyalarini ifodalash hamda amaliy jihatdan qo'llash;
- o'lchashlar aniqligini bayon qilinishidagi ikkita yondashuvning qiyosiy tahlili;
- metrologiya bo'yicha asos normativ hujjatlar va GUM qo'llanmada foydalanilgan o'lchash natijalarining ifodalanishining o'zaro muvofiqligini namoyish qilish.
Quyida "O'lchashlar noaniqligini ifodalash bo'yicha qo'llanma" ("Qo'llanma") tahlilini keltiramiz. Qo'llanma quyida keltirilgan xalqaro tashkilotlar tomonidan 1993 yilda tayyorlangan:
- BIPM (O'lchov va tarozilarning xalqaro byurosi)
- IEC (Xalqaro elektrotexnik komissiya)
- IFCC (Klinik ximiyaning xalqaro federatsiyasi)
- ISO (Standartlashtirish bo'yicha xalqaro tashkilot)
- IUPAC (Toza va amaliy ximiyaning xalqaro ittifoqi)
- OIML (Qonuniy metrologiyaning xalqaro tashkiloti)
O'lchash natijalarining xatoliklarini taqdim etish va baholash bo'yicha xalqaro birlilikdagi yondashuv masalasi dolzarb masala hisoblanadi. Ushbu dolzarblikni hisobga olib, o'lchov va tarozilarning xalqaro komiteti (MKMV) 1978 yilda ushbu muammoni o'lchov va tarozilarning xalqaro byurosiga (MBMV) Milliy metrologik laboratoriyalari bilan birgalikda o'rganib chiqish uchun topshirdi.
|
| |