• Foydalanilgan adabiyotlar. Temirbeton ko‘priklar haqida ma’lumot.
  • Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Asqarov B.A., Nizomov Sh.R., Yermatov I. T.
  • Nizomov Sh.R ., Xobilov B.A., Usmonov F.T.
  • Mavzu: Temirbeton ko‘prik va yo’l o’tkachgichlarning qoplama konstruksiyalari




    Download 121.73 Kb.
    Sana18.10.2023
    Hajmi121.73 Kb.
    #88501
    Bog'liq
    8. Temirbeton ko‘prik va yo’l o’tkachgichlarning qoplama konstruksiyalari
    4 - Theoretical materialped (2), Joriy ko’riklarni o’tkazish tartibi va bajariladigan ishlar ro’yxati., O’LCHASH XATOLIKLARI VA ULARNING TURLARI, JORIY UCHUN TESTLAR

    Mavzu: Temirbeton ko‘prik va yo’l o’tkachgichlarning qoplama konstruksiyalari.

    REJA:

    1. Temirbeton ko‘priklar haqida ma’lumot.

    2. Yo’l o’tkachgichlar to’g’risida ma’lumot.

    3. Yo’l o’tkachgichlarning qoplama konstruksiyalari.

    4. Xulosa.

    5. Foydalanilgan adabiyotlar.



    Temirbeton ko‘priklar haqida ma’lumot.
    Avtomobil yo’llari davlat iqtisodiyotini muvoffaqiyatli rivojlantirishda
    muhim o’rin tutadi. Shuning uchun respublikamiz Prezidenti
    SH.M.Mirziyoyevning say-harakatlari bilan mamlakatimizda yangilanish,
    modernizatsiya qilish jarayonlari jadal rivojlanib bormoqda. Yangi vazirlik,
    qo‘mitalar, davlat korxonalari bilan bir qatorda yangi turkumdagi nodavlat
    tashkilotlari, yangi aksionerlik kompaniyalari tashkil etilib, yo‘l sohasini va undagi
    sun’iy inshootlarni qurishni jadal rivojlantirilmoqda.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan yo‘l sohasini
    boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi “O‘zbekiston
    Respublikasi yo‘l xo‘jaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari
    to‘g‘risida”gi PQ-4545 -sonli farmoniga muvofiq, shuningdek, respublika yo‘l
    sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish va uning investitsion
    jozibadorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi
    huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.
    Yuqoridagilardan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy
    majlisga qilgan murojjatida 2021-yilda xorijiy tilni o’rganishni kuchaytirib hamma
    sohaga chet el tajribalarini tadbiq etishni ustuvor yo’nalish qilib belgiladi. Ushbu
    ko’rsatmalardan kelib chiqib yo‘l sohasini va undagi sun’iy inshootlarni qurishni
    jadal rivojlantirish uchun ushbu sohada avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va
    ekspluatatsiya qilish sohasida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish dolzarb
    bo’lgan ushbu darslik ruschadan o’zbek tiliga O`zbekiston hududiga oid
    ma`lumotlar “Shaharsozlik me`yorlari va qoidalari” 2.05.03-12 ga “O’zavtoyo’l”
    davlat aktsiyadorlik kompaniyasining izohli lug’atiga muvofiq tarjima qilindi.
    Sun’iy inshootlarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish murakkab va
    bir–biriga aloqador jarayonki, ularni amalga oshirish uchun “Ko‘priklar va
    transport tonnellari“ sohasini egallagan yuqori malakali mutaxassislar boshqarishi
    kerak. Bu sohadagi ishlarni rivojlantirish uchun muhandis yo‘lchilar ham
    ko‘priklar, quvurlar, tonnellarni qurish va ekspulatatsiya qilish ishlarini amalga
    oshirishi kerak bo‘ladi.
    Hozirgi sharoitda sun’iy inshootlarni loyihalash uchun ularni konstruktiv
    shakllarini har xil ashyolardan eng maqbullarini ishlab chiqish yo‘li bilan
    takomillashtirishni hisobini va konstruksiyalarni yaratish hamda ishchi chizmalarni
    tayyorlash uchun maxsus kompyuter dasturlaridan foydalanishni taqazo etadi.
    Hozirgi zamon avtomobil yo‘lidagi sun’iy inshootlarni qurish uchun
    kompleks mexanizatsiyalashgan inshoot qismlarini ishlab chiqarishni
    uzluksizligini tashkil qilish va ularni bir maromda yig‘ishdan iborat. Keyingi
    yillarda yig‘ma temirbeton konstruksiyalar bilan bir qatorda yaxlit temirbetondan
    foydalanilmoqda, bu esa katta ishonchli konstruksiyani ta’minlamoqda.
    Yo‘l muhandisi uchun bu inshootlarni saqlash talab etiladi. Vaqtinchalik
    yuklarni katta miqdorda ko‘payishi, harakat jadalligini ortishi, ba’zi bir
    inshootlarni sifatini pastligi va qoniqarsiz ishlari ularni xizmat qilish muddatlarini
    kamayishiga olib keladi.
    Bu inshootlarni qoniqarli holatda ushlab turish va katta hajmdagi
    inshootlarni saqlashda yo‘lchi muhandislar ham o‘z hissalarini qo‘shishlariga
    to‘g‘ri keladi.
    Avtomobil yo‘llaridagi ko‘priklarni ko‘pi 1950-60-yillarda qurilgan.
    Hozirgi vaqtda ularni ko‘pchiligi ko‘tarish qobiliyati va kengligi bo‘yicha QMQ
    qoidalariga javob bermaydi, ularni kuchaytirish va kengaytirish talab etiladi. Bu
    ishlarni eng kam avtomobil yo‘l harakati jadalligini cheklab va uni xavfsizligini
    ta’minlagan holda yangi usul va materiallarni yuqori sifatni tadbiq etgan holda
    bajarilishi kerak, yo‘l xo‘jaligi davlat xizmati sun’iy inshootlar tuzatish va
    rekonstruksiyaga ketadigan mablag‘larni yangi 1- darajali inshootlar qurilishiga
    yo‘naltirdi. Inshootlarni uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlash uchun yo‘l
    xizmati korxonalarini 2010-yilgacha bo‘lgan vaqtdagi bosh yo‘nalishi inshootlarni
    ekspluatatsiya qilishga avtomobillarni belgilangan tezlikda uzluksiz harakati va
    xavfsiz harakatini ta’minlash muhimligi, har xil og‘ir transportlarni o’tkazishini
    ta’minlashga yo’naltirildi. Ko‘prikni haqiqiy holatini hisobga olgan holda
    inshootlarni ko‘rikdan o‘tkazish va sinash yuk ko‘tarish qobiliyatiga baho berish
    ishonchliligi va inshootlarni hozirgi zamon texnik tizimlar nazaryasi asosida
    diagnostika qilish muammolarni maxsus kompuyuterlar yordamida o‘lchash va
    o‘rganishni taqazo etadi.
    QM Q 2.03.01-96 ga [4] binoan IV «а» iqlimiy hududida bevosita quyosh nuri ta'sirida bo'ladigan tem irbeton konstruksiyalarni hisoblashda ularga qo'shimcha talablar qo'yiladi. Bunday talablarning qo'yilishiga quyidagi omillar sababchidir.
    Tajribalarning ko'rsatishicha, yuqorida ko‘rsatilgan iqlimiy hududda konstruksiyaning quyoshga qaragan sirti issiq kunlarda 70°C ga qadar qiziydi, havo namligi esa 20 foiz ga qadar pasayar ekan [6]. Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, beton harorati 50°C dan ortganda uning fizik-mexanik xossalarida jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi [6]. Beton 60°C ga qadar qizdirilganda uning mustahkamligi 5—25 foiz kamayishi tajribada aniqlangan.
    Betonni quruq issiq iqlim sharoitida sinalganda ham shunga o ‘xshash natijalar olingan. Quruq issiq iqlim sharoitidagi betonning mustahkamligi me’yoriy sharoitda qotgan betonga nisbatan 15—20 foiz kamdir. Beton 60°C ga qadar qizdirilganda uning elastiklik moduli 10—22 foiz kamayadi.
    Bundan ko'rinadiki, beton haroratining ortishi, uning elastiklik moduli va mustahkamligiga sezilarli darajada ta’sir etar ekan.
    Quruq va issiq iqlim betonning kirishishi va tob tashlashiga ham sezilarli ta'sir etadi. Jumladan, havo namligining 70 foiz (me'yoriy namlik) dan 30 foizga qadar pasayishi betonning kirishishi va tob tashlashini 50 foizga oshirishi mumkin.
    Tajribalar haroratning ko‘tarilishi temirbeton elem entlarning deformasiyalariga ham ta'sir etishini ko‘rsatdi. Masalan, oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton to ‘sinni 60°C qizdirilganda uning solqiligi 40 foiz ga qadar ortgan.
    Shunday qilib, ilmiy izlanishlar natijasi harorat 50°C dan ortganda betonning mustahkamligi va elastiklik modulining pasayishini, deformasiyalarning esa ortishini ko‘rsatdi. Shuning uchun temirbeton konstruksiyalarni loyihalash jarayonida ana shu omillarni e'tiborga olish zarur. Chet el me'yorlarida yuqori haroratni 45°C dan boshlab hisobga olish tavsiya etiladi.
    IV «а» iqlimiy hudud uchun (14.2-rasm) mo‘ljallangan temirbeton konstruksiyalarni loyihalashda e’tiborga olinishi zarur bo’lgan qo‘shimcha talablar quyidagilardan iborat:
    1. Qizigan betonning elastiklik moduli Eb ning qiymatini y#7=0,85 koeffitsiyentiga ko‘paytirish orqali kamaytirilishi lozim.
    2. Oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalarda betonning kirishishi va tob tashlashi evaziga armaturadagi kuchlanishlar yo‘qotilishining 50 foiz ga ortishi hisobga olinishi lozim.
    3. Harorat ta'sirida hosil boMgan deformasiya e'tiborga olinishi zarur.
    Yuqoridagi talablarning e'tiborga olinishi, IV «а» iqlimiy hudud uchun mo’ljallangan konstruksiyalar mustahkamligini me'yoriy iqlimiy sharoitga moMjallangan konstruksiyalar mustahkamligi darajasida loyihalash imkonini yaratadi. Agar loyiha jarayonida bu talablar hisobga olinmasa, u holda konstruksiya muddatidan ilgari yemirilishi mumkin.
    Bunday hududlarda muddatidan ilgari yemirilgan tem irbeton konstruksiyalarga ko'plab misol keltirish mumkin. Markaziy Osiyo temir yo’llarining bir uchastkasida temirbeton shpallar 7—9 yilda ishdan chiqa boshladi, biroq mutaxassislarning fikriga ko‘ra bunday shpallar me'yoriy sharoitda 70 yildan ortiq xizmat qilishi lozim edi.
    Solor tozalash inshootlarining suyuqlik saqlanadigan rezervuarlari, Toshkent to‘qimachilik kombinatiga qarashli qator inshootlar va boshqa konstruksiyalarda temperaturaviy kirishish natijasida berkitish qiyin bo‘lgan juda ko‘p yoriqlar paydo boMgan. 0 ‘zbekiston hududidagi avtomobil yoMlariga beton qoplamalari yotqizilgandan so‘ng ma'lum vaqt oMganidan keyin bu qoplamalarning bir qismi buzila boshladi. Bu esa yoMni ta'mirlash ishlarini qimmatlashtirib, xizmat muddatining me'yorga nisbatan 2—3 marotaba qisqarishiga olib keldi.
    QMQ 2.03.01.-96 ga |4] muvofiq quruq issiq iqlim sharoitida bevosita quyosh nuri tushib turadigan temirbeton konstruksiyalariga qo‘shimcha talablar qo‘yiladi. Ularga yopma plitalari (agar issiqlik izolyasiyasi mavjud boMmasa), balkon plitalari, binolarning tashqi devorlari, ochiq estakadalarning ustun va sarrovlari, muhandislik inshootlari, novlar, siloslar, elevatorlar, rezervuarlar, shpallar va boshqa konstruksiyalar kiradi.
    Q o ‘shim cha talablarni hisobga olish k o ‘pincha tem irbeton konstruktsiyalarning qimmatlashuviga olib keladi. Qim m atlashuv sabablari shundan iboratki, quruq va issiq iqlim sharoitida ishlaydigan konstruktsiyalarning deform tsiyalanishi va yorilishbardoshligini m e’yoriy sharoitda ishlaydigan elem entlarga tenglashtirish uchun betonning mustahkamligini bir sinfga oshirish va arm atura sarfini 10 foiz ga k o ‘p a y tirish g a t o ‘g ‘ri k e la d i. Y oki te m irb e to n
    konstruktsiyasining haqiqiy holatini va xizmat m uddatini aniqlash uchun bunday iqlim sharoitida tayorlanadigan va ishlatiladigan konstruktsiyalarni nafaqat tashqi kuchlar —ta ’siriga, balki harorat va namlikning ta ’siriga ham hisoblash lozim.
    Markaziy Osiyo quruq issiq iqlimining o'ziga xos xususiyati shundan
    iboratki, bu yerda havo harorati va namligining kundalik, oylik va yillik o'zgarishi juda katta bo'ladi. Bu hududlarda yozda — iyun, iyul, avgust oylarida temirbeton konstruktsiyalarning kungay sirtlari kunduzi 70°C ga qadar qiziydi, tunda 20°C qadar pasayadi. Havoning nisbiy namligi yoz oylarida o ‘rtacha 20—40 foiz oralig'ida, kunduzi 10 foiz ga qadar pasayishi mumkin. Markaziy Osiyo sharoitida yil davomida yog'ingarchilik ham bir maromda bo'lmaydi. Yog'ingarchilik miqdori bir yilda 250—300 mm ni tashkil etadi, ba'zi yillari 450—480 mm gacha etadi. Yog‘ingarchilikning asosiy qismi qish va bahor fasliga to'g'ri keladi, yozda esa juda kam bo'ladi. Ba’zan yozda umuman yomg'ir yog'maydi. Bu havodagi namlikning yanada kamayishiga olib keladi. Havo haroratining yuqoriligi va atrof muhit nisbiy namligining kamligi temirbeton elementlarda sezilarli darajada harorat, kirishish, ichki kuchlanish va deformasiyalarni vujudga keltiradi.
    Quyosh radiasiyasidan muhofaza etilmagan temirbeton konstruksiyalarini hisoblashda qurilish me’yorlari QM Q2.01.07-96 [10] tashqaridagi havo haroratining me'yoriy qiymatlarini yozda { tTH) va qishda (Z^)quyidagi formulalar orqali aniqlashni tavsiya etadi:


    Markaziy Osiyo iqlim sharoitida temirbeton konstruksiyalari davriy o‘zgaruvchan harorat va namlik ta'sirida boMadi. Sutka davomida kunduzi haroratning ko‘tarilishi, namlikning kamayishi, kechasi esa aksincha, haroratning pasayishi va namlikning ortib borishi kuzatiladi. Harorat va quyosh radiasiyasining o‘zgarishi natijasida betondagi temperatura maydoni elementning kesim yuzasi bo‘ylab uzluksiz ravishda o‘zgarib boradi [6].


    Harorat va namlikning element kesimi bo‘ylab notekis tarqalishi elementda xususiy harorat — kirishish kuchlanishlarning paydo bo’lishi va elementning yorilishini tezlashtiradi. Kesim yuzasi bo‘yicha haroratning tarqalishi vaqt davomida to ‘g‘ri chiziqli emas. Temperatura maydonini hisoblashda eng yomon sharoit uchun doimiy bo’lmagan temperatura maydoni shartli ravishda doimiy deb qaraladi. Bunda bir yo‘nalishda harorat chiziqli tarqaladi deb qaraladi. Boshqa yo‘nalishda esa uni ixtiyoriy o‘zgaradi deb olinadi. Bunda chiziqli harorat epyurasini shartli ravishda ikkiga boMish mumkin:
    1. Haroratning kesim yuzasi bo‘ylab bir xil tarqalishi elementning uzayishiga yoki qisqarishiga olib keladi. Bunda element boshlang‘ich yuqori temperatura bilan o'rtacha temperatura farqiga, ya'ni yilning issiq va sovuq davridagi vaqtiga hisoblanadi.
    2. Elementning uzunligi o'zgarmagan holda kesim yuzasi bo'yicha haroratning notekis o'zgarishi element egriligining o'zgarishiga olib keladi. Bunda element kesim yuzasi betonning tashqi va ichki sirtlaridagi eng katta harorat farqiga, shuningdek, yilning issiq hamda sovuq davridagi vaqtiga hisoblanadi.
    Quruq issiq iqlim sharoitida qiziydigan elementlarni hisoblash chog’da, betonning yalpi yuzasi yoki uning siqilgan qismi yuzasi ogMrlik markazini, shuningdek, yalpi kesim statik va inersiya momentlarini aniqlashda
    yalpi kesimni qizimagan, mustahkamligi yuqori boMgan betonga keltirib olinadi [12]. Buning uchun kesim balandlik bo'ylab bir necha qismga boMib chiqiladi. Keltirilgan yuza Aml quyidagi formuladan topiladi:


    Xulosa
    Hozirgi sharoitda sun’iy inshootlarni loyihalash uchun ularni konstruktiv
    shakllarini har xil ashyolardan eng maqbullarini ishlab chiqish yo‘li bilan
    takomillashtirishni hisobini va konstruksiyalarni yaratish hamda ishchi chizmalarni
    tayyorlash uchun maxsus kompyuter dasturlaridan foydalanishni taqazo etadi.
    Hozirgi zamon avtomobil yo‘lidagi sun’iy inshootlarni qurish uchun
    kompleks mexanizatsiyalashgan inshoot qismlarini ishlab chiqarishni
    uzluksizligini tashkil qilish va ularni bir maromda yig‘ishdan iborat. Keyingi
    yillarda yig‘ma temirbeton konstruksiyalar bilan bir qatorda yaxlit temirbetondan
    foydalanilmoqda, bu esa katta ishonchli konstruksiyani ta’minlamoqda.
    Betonni quruq issiq iqlim sharoitida sinalganda ham shunga o ‘xshash natijalar olingan. Quruq issiq iqlim sharoitidagi betonning mustahkamligi me’yoriy sharoitda qotgan betonga nisbatan 15—20 foiz kamdir. Beton 60°C ga qadar qizdirilganda uning elastiklik moduli 10—22 foiz kamayadi.
    Bundan ko'rinadiki, beton haroratining ortishi, uning elastiklik moduli va mustahkamligiga sezilarli darajada ta’sir etar ekan.
    Quruq va issiq iqlim betonning kirishishi va tob tashlashiga ham sezilarli ta'sir etadi. Jumladan, havo namligining 70 foiz (me'yoriy namlik) dan 30 foizga qadar pasayishi betonning kirishishi va tob tashlashini 50 foizga oshirishi mumkin.

    Foydalanilgan adabiyotlar.
    1. Asqarov B.A., Nizomov Sh.R., Yermatov I. T. Proektirovaniye i raschet
    injenernix soorujeniy. Elektronnoye uchebnoye posobiye. Т., 2003.
    2. Asqarov B.A., Nizomov Sh.R. T em irbeton va tosh-g‘isht
    konstruksiyalari. Т., « 0 ‘zbekiston», 2003.
    3. Baykov V.N., Sigalov E.Ye. Jelezobetonniye konstruksii. М., 1991.
    4. QM Q 2.03.01-96. Beton va tem irbeton konstruksiyalar.
    0 ‘zRDAQQ Т .,1998.
    5. Nizomov Sh.R ., Xobilov B.A., Usmonov F.T. Tem irbeton
    konstruksiyalari. Т., «Mehnat», 1992.
    Download 121.73 Kb.




    Download 121.73 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Temirbeton ko‘prik va yo’l o’tkachgichlarning qoplama konstruksiyalari

    Download 121.73 Kb.