• Axborot olish kompetentligi −
  • 1.3. Bo‘lajak mehnat ta’limi o‘qituvchilarini axborot olish kompetentligini rivojlantirish motivatsiyalari
  • Mavzu: Texnologiya fani o‘qituvchisini axborot olishga oid kasbiy kompetentligini




    Download 363,79 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/4
    Sana14.02.2024
    Hajmi363,79 Kb.
    #156388
    1   2   3   4
    Bog'liq
    \'Àõáîðîò îëèø êîìïåòåíòëèãè

    КОМПЕТЕНТ
    -ЛИК


    kompetentlik tartibini belgilashda kasbiy pedagogik ta’limning asosiy maqsadlariga 
    muvofiq ijtimoiy hamda shaxsiy tajribaning mohiyati, ijtimoiy jamiyatda kasbiy 
    faoliyatni tashkil etish jarayonida hayotiy kasb etadi. Ushbu nuqtai nazardan tayanch 
    kompetentlik: yaxlit – mazmunli, ijtimoiy – madaniy, o‘quv – bilish, axborot olish, 
    kommunikativ, ijtimoiy faoliyatli, shaxsning o‘z–o‘zini takomillashtirish turlariga 
    bo‘linadi. 
    O‘qituvchining axborot olish kompetentligi tayanch kompetentliklar sirasiga 
    kiradi va uning kasbiy faoliyatidagi zaruriy bo‘g‘in hisoblanadi. Ma’lumki, real 
    ob’ektlar (televizor, televizor, magnitofon, telefon, faks, kompyuter, printer, 
    modem) va axborot texnologiyalari (audio- va videoyozuv, elektron pochta, OAV, 
    Internet) vositasida axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish, tanlab olish, qayta 
    ishlash, saqlash va uzatish kabi ko‘nikmalar shakllanadi. Bu kompetentlik bo‘lajak 
    o‘qituvchining o‘quv predmetlari va ta’lim sohasida, shuningdek, atrof olamdagi 
    axborotga nisbatan faoliyat ko‘nikmalarini ta’minlaydi. Shu bilan birgalikda
    o‘qituvchining kasbiy kompetentliklari ko‘lami anchagina keng. 
    Pedagogning axborot olish kompetentligi axboriy muhit bilan o‘zaro 
    aloqadorlikdagi bilim, ko‘nikma, malaka va refleksiv ko‘rsatmalarning kompleksi 
    mavjudligida aks etadi. 
    Axborot olish kompetentligi − shaxsning kasbiy ahamiyatli integrativ sifati 
    bo‘lib, uning axborot olamida mo‘ljalni to‘g‘ri olish va faoliyat yuritish uchun zarur 
    bo‘lgan kompetensiyalar majmuini o‘zlashtirish darajasi bilan tavsiflanadi.
    1.3. Bo‘lajak 
    mehnat ta’limi o‘qituvchilarini axborot olish 
    kompetentligini rivojlantirish motivatsiyalari 
    Ta’lim jarayonini takomillashtirishning muhim omili oliy ta’lim tizimida 
    mehnat ta’limi o‘qituvchilari kasbiy kompetentligini yuqori darajada 
    shakllantirilishi bilan uzviy bog‘liq. Ushbu jarayon mehnat ta’limi o‘qituvchisini 
    tayyorlash mazmunini asoslash va kasbiy kompetentligini shakllantirish 
    texnologiyasini yaratishda muayyan o‘zgarishlarni amalga oshirish zaruriyatini 
    keltirib chiqaradi. 


    Hozirgi paytda mehnat ta’limi yo‘nalishi o‘quv rejasida talabalarni axborot 
    va kompyuter texnologiyalarining qo‘llanilish sohalari bilan tanishtiruvchi 
    “Informatika 
    va 
    axborotlar 
    texnologiyasi”, 
    “Internet 
    tizimi”, 
    “Mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish asoslari”, “Elektrotexnika va 
    radiotexnika”, kabi fanlar kiritilgan.
    Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, axborot va kompyuter texnologiyalarining 
    keng taraqqiyotiga qaramay, ularda bo‘lajak mehnat ta’limi o‘qituvchilarini 
    tayyorlash jarayonida foydalanish uchun zaruriy nazariy va amaliy, ilmiy – uslubiy 
    asoslar yetarli darajada ishlab chiqilmagan. Oliy ta’lim muassasalari mehnat ta’limi 
    yo‘nalishi o‘quv jarayonida kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning 
    quyidagi ikki yo‘nalishi mavjud
    6

    Birinchi yo‘nalishda bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish 
    kompyuter imkoniyatlarini bilishga, turli masalalarni yechishda ulardan foydalanish 
    malakalarini shakllantirishga olib keladi. 
    Ikkinchi yo‘nalishda kompyuter texnologiyalari o‘quv – tarbiya jarayonini 
    tashkil etish samaradorligini oshirishning muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi. 
    Oliy ta’lim muassasalari mehnat ta’limi yo‘nalishi o‘quv jarayonida axborot 
    texnologiyalaridan foydalanishning asosiy masalasi bu bo‘lajak mehnat ta’limi 
    o‘qituvchilarining intelektual imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat. Hozirgi 
    vaqtda o‘qitish tushunchasining o‘zi o‘zgarib bormoqda, bilimlarni o‘zlashtirish esa 
    axborotdan foydalana olishga, uni kompyuter yordamida egallashga o‘z o‘rnini 
    bermoqda. 
    O‘quv jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish to‘laligicha 
    qonuniyatga mos hodisadir. Faqat ta’limda ulardan foydalanishning samaradorligi 
    o‘qituvchi – talaba o‘zaro aloqasi tizimida kelib chiqadigan murakkab o‘zaro 
    aloqalarning o‘rnini bosishi, haqidagi aniq tasavvurlar bilan bog‘liq. Axborot 
    texnologiyalari o‘qitishning maqsad va mazmunini o‘zgartiradi, uning yangi 
    metodlari va tashkiliy masalalari paydo bo‘ladi.
    6
    .
    . Pedagogik ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. Monografiya. – 
    Toshkent: Fan, 2007. 


    Kompyuterlarning o‘qitish mazmuniga ta’siri talabalarga ko‘plab 
    imkoniyatlarni ochib beradi. Bu birinchi tomondan kompyuterlarning o‘quv 
    materiallarini namoyish etish imkoniyatlarining yuqoriligi, sun’iy intellekt 
    g‘oyalarini joriy etilishi bilan bog‘liqdir. Ikkinchi tomondan kompyuterlar o‘qitish 
    mazmuniga har xil evristik vositalarni olib kiritadi. Kompyuterlarning muhim 
    ahamiyatli tomonlaridan yana biri bu ularning integratsiyalashgan o‘quv fanlarini 
    yaratishga real imkoniyat vujudga keltirishidir. 
    Mehnat ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonini axborotlashtirish 
    quyidagilarni o‘z ichiga oladimehnat ta’limida o‘quv-metodik ishlarni tashkil etish; 
    mehnat ta’limi o‘qituvchisi va uning rolini o‘zgartirishga bo‘lgan talablarni ortishi; 
    axborot resurslarining mumkin bo‘lgan hajmining to‘satdan ortishi; axborot xizmati 
    ko‘rsatishning ahamiyati o‘sishi, ayniqsa, ta’limiy va ilmiy harakterdaligi; mehnat 
    ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashda virtual stendlar va laboratoriyalardan 
    foydalanishning ta’lim samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi; dasturiy 
    ta’minotlarning yaratilishi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda mashg‘ulotlarni yaqqol 
    tasavvur qilishlariga imkoniyat yaratilganligi va boshqalar. 
    Shu bilan birga, mehnat ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashda ta’lim tizimini 
    axborotlashtirish quyidagi o‘ta muhim masalalarni hal qilishni ta’minlaydi: mehnat 
    ta’limi sifati va samaradorligini oshirish; ta’lim olish ko‘rgazmaliligini ta’minlash 
    va uni osonlashtirish; milliy ta’limning jahon ta’lim tizimiga integratsiyalashuvini 
    ta’minlash; mehnat ta’limi jarayonida o‘qitishni individuallashtirish va 
    differensiyalash; teskari aloqani ta’minlash va o‘quv faoliyatini nazorat qilish
    mehnat ta’limi jarayonida mashq qilish va mustaqil tayyorgarlikni tashkil etish; 
    o‘quv vaqtini tejash; o‘quv axborotlarni kompyuter orqali vizuallashtirish; 
    o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarni modellashtirish; kompyuterda laboratoriya 
    mashg‘ulotlarini bajarish; ma’lumotlar bazasini yaratish va undan foydalanish; 
    o‘qituvchida axborot madaniyatini shakllantirish va boshqalar. 
    Bo‘lajak 
    mehnat 
    ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash jarayoniga 
    kompyuterlarni qo‘llashning shakl va metodlarini belgilashda, ularning yangi texnik 
    yechimni yaratishdagi axborotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi va undan amalga 


    oshirishning samarali yo‘llarini ishlab chiqishda foydalanishni e’tiborga olish lozim. 
    Bundan kelib chiqqan holda bo‘lajak mehnat ta’limi o‘qituvchilarining axborot 
    texnologiyalaridan foydalanishligini takomillashtirishdagi vazifalari tahlili asosida, 
    bu jarayonda kompyuterlarni qo‘llashning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini belgilab 
    oldik: 
    Mehnat ta’limi o‘qituvchisini kasbiy-pedagogik tayyorlash sifatini tubdan 
    oshirish uning mazmuni bilan bevosita bog‘liqdir. Oliy ta’lim muassasasida mehnat 
    ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashda axborot olish kompetentligini ta’minlaydigan 
    yangicha yondashuvlarni ilmiy asoslash dolzarb vazifa bo‘lib kelmoqda. 
    Mehnat ta’limi o‘qituvchilarining axborot olish kompetentligi uning kasbiy 
    kompetentligining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib, kelajakda axborotlashgan 
    jamiyatda o‘z munosib o‘rnini topishi uchun zamin yaratadi
    7

    Mehnat ta’limi o‘qituvchilarining axborot olish kompetentligi quyidagi 
    tajribalarni o‘zlashtirishni o‘z ichiga oladi: 

    axborot texnologiyalari sohasidagi bilish faoliyati tajribasi; 

    o‘z predmeti sohasida axboriy faoliyatni amalga oshirish tajribasi; 
    (axborot texnologiyalaridan foydalanib, metodik, loyihali, modelli masalalarni 
    yechish tajribasi); 

    kasbga yo‘naltirilgan axborot texnologiyalari sohasida ijodiy faoliyat 
    tajribasi; 

    pedagogik faoliyatda axborot texnologiyalaridan foydalanish bilan 
    bog‘liq qadriyatli munosabatni shakllantirish tajribasi. 
    Mehnat ta’limi o‘qituvchilarining axborot olish kompetentligini 
    shakllantirish jarayonining asosiy elementlari quyidagilardan iborat: 

    nashriy va grafik hujjatlarni namoyish etish uchun axborot 
    texnologiyalarini qo‘llash ko‘nikmasi; 
    7
    To‘rabekov F.S., Tulyakov A., Hamidov O. Mehnat ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy kompetentligini 
    shakllantirishda texnik vositalardan foydalanish // Mehnat va kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy kompetentligini 
    ta’minlashning integrativ texnologiyalari: Respublika ilmiy – amaliy anjuman materiallari.– Toshkent: JDPI, 2010. 



    darsda audio- va video materiallarni namoyish etish uchun axborot 
    texnologiyalarini qo‘llash ko‘nikmasi; 

    prezentatsiyalar yaratish ko‘nikmasi; 

    jadvallar, texnologik xaritalar yordamida ma’lumotlarni tizimlashtirish 
    va qayta ishlash ko‘nikmasi; 

    kompyuter yordamida qiyosiy jadvallar yaratish va qonuniyatlarni 
    aniqlash ko‘nikmasi; 

    jarayonlarni va ob’ektlarni modellashtirish, chizma va eskizlar 
    tayyorlash uchun uchun axborot texnologiyalarini qo‘llash ko‘nikmasi; 

    kompyuterli testlashdan foydalanish ko‘nikmasi; 

    pedagogik 
    masalarni 
    hal 
    etishda, 
    axborot 
    yig‘ishda, 
    telekonferensiyalarda ishtirok etishda, ilmiy, pedagogik va metodik ma’lumotlarga 
    murojaat qilishda Internetdan foydalanish ko‘nikmasi. 
    Mazkur ta’lim 
    yo‘nalishlaridagi 
    bakalavrlarning 
    axborot 
    olish 
    kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari quyidagicha: 

    o‘quv-bilish faoliyatining tarkibiy qismi bo‘lgan axborot olish 
    faoliyatini ta’limning barcha bosqichlarida dolzarblashtirish; 

    talabani axborotni olish, saqlash, qayta ishlash, uzatish bilan bog‘liq 
    bo‘lgan maxsus tashkil etilgan, rivojlantiruvchi o‘quv-bilish faoliyatiga jalb etish;

    o‘quv-bilish faoliyatining axborot olamidagi talabaning sub’ektiv 
    o‘rnini ta’minlash. 
    Axborot olish kompetentligiga ega bo‘lgan mehnat ta’limi o‘qituvchisi 
    quyidagi imkoniyatlarga ega: 
    a) o‘quv va ilmiy axborotlarga keng yo‘lning ochiqligi; 
    b) o‘quv jarayonini kompyuterlashtirishni amalga oshirish; 
    v) turli ko‘rinishdagi axborotlarni tizimlashtirish va umumlashtirish
    g) yangi axborot yaratish va uni kasbiy faoliyatda qo‘llash; 
    d) yangi o‘quv dasturlarini yaratish yoki yangilash; 
    e) hamkasblar bilan tezkor muloqot.


    Mehnat ta’limi o‘qituvchilarida axborot olish kompetensiyalarini 
    egallaganligining uch darajasi ajratiladi: 


    Download 363,79 Kb.
    1   2   3   4




    Download 363,79 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Texnologiya fani o‘qituvchisini axborot olishga oid kasbiy kompetentligini

    Download 363,79 Kb.
    Pdf ko'rish