Mavzu: Texnologiya fani o‘qituvchisini axborot olishga oid kasbiy
kompetentligini
1. Bo‘lajak mehnat ta’limi o‘qituvchilariga qo‘yiladigan zamonaviy
talablar
2. Bo‘lajak mehnat ta’limi o‘qituvchilarini axborot olish kompetentligini
rivojlantirish pedagogik muammo sifatida
3. Bo‘lajak mehnat ta’limi o‘qituvchilarini axborot olish kompetentligini
rivojlantirish motivatsiyalari
Mehnat ta’limi - bu o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilar tomonidan
bajariladigan aqliy va jismoniy faoliyatlar jarayonidan iborat bo‘lib, yakuniy
natijada ularning mehnat qurollari, vositalari va jarayonlari haqidagi bilimlarini
hamda ma’lum sohadagi ishlab chiqarish mehnatini bajarish uchun zarur amaliy
ko‘nikma va malakalarini egallashlariga, ongli ravishda kasb tanlashga hamda
jamiyat va shaxs farovonligi yo‘lida mehnat faoliyatiga qo‘shilishlariga imkon
beruvchi shaxsiy sifatlarini va tafakkurlarini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv
fanidir
1
.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi fanini o‘qitishning
maqsadi – o‘quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblar
bilan tanishtirish ularda dastlabki mehnat ko‘nikmalarini va malakalarini mehnatga
qiziqish va mehnatsevarlikni shakllantirish, ularni mehnat va kasblarni qadrlashga
ularning ahamiyatini tushinishiga o‘rgatish hamda kasb tanlashga tayyorlash orqali
ularning kasbgacha tayyorgarligini amalga oshirishdan hamda jamiyat va shaxs
faoliyati farovonligi yo‘lida mehnat faoliyatiga qo‘shilishiga imkon beruvchi
shaxsiy sifat va tafakkurni shakllantirishdan iborat.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi ta’limiy – tarbiyaviy va
rivojlantiruvchi vazifalarni bajarish lozim bo‘ladi:
Maktabda mehnat ta’limi bo‘yicha tashkil etiladigan o‘tkaziladigan
mashg‘ulotlar quyidagi vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutadi:
1
Mehnat ta’limidan optimallashtirilgan “Davlat ta’lim standarti” 2010 yil .
- turli ishlab chiqarish sohalari mazmuniga taalluqli dastlabki ma’lumotlarni
o‘rgatish, o‘lchash-tekshirish asboblaridan, ma’lumot manbalaridan foydalana olish,
mehnat amaliyotlarini bajarish, erishilgan mehnat natijalarni belgilangan talablar
bilan taqqoslash orqali xulosa chiqarishga o‘rgatish;
- xalq xo‘jaligining turli sohalarida ishlatiladigan texnika va texnologiyalar
to‘g‘risida bilimlar berish, inson faoliyatining turli sohalari bilan amaliy mehnat
orqali yaqinroq tanishishlariga imkon yaratish;
- mexanizatsiyalashtirilgan va elektrlashtirilgan vositalar bilan ishlashni,
texnologik bilim va malakalarni, mehnat qonunchiligi, xavfsizlik texnikasi,
sanitariya-gigiyena qoidalari asoslarini;
- o‘quvchilarni bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari talablari asosida sifatli,
raqobatbardosh iste’mol mollari, mehnat mahsulotlari yetishtirish va yetishtirilgan
mahsulotlarni iste’molchilarga etkazish vositalarini o‘rgatish, ish boshqaruv
(menejerlik) unsurlari, homiylik, ishbilarmonlik sifatlarini shakllantirish va
rivojlantirib borish;
- o‘quvchilar bilimga intilish va mehnatga muhabbat, mehnat kishisiga
nisbatan hurmat hissini singdirish, ularni jamoatchilik, Vatanga sadoqat ruhida
tarbiyalash;
- xalq hunarmandchiligi kasblarini o‘rgatish orqali xalqning milliy ruhini,
yashash tarzini, an’analarini tiklash va rivojlantirish. Milliy qadriyatlar, tarixiy
yodgorliklar, xalq ustalarining boy merosini o‘rgatish, ulardan o‘z amaliy
faoliyatlarida foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlash;
- yangi ishlab chiqarish va axborot texnologiyalari, yangi texnika va
jihozlarning qo‘llanilishi sohalarini zamonaviy talablar darajasida va jahon
tajribalariga mos holda o‘rganishlarini ta’minlash;
- turli sohalarga oid kasbiy faoliyat turlarida qo‘llaniladigan asbob-
uskunalar, jihozlar, moslamalardan foydalanishni o‘rgatish;
- o‘quvchilarda umummehnat ko‘nikma va malakalarini shakllantirish,
ularning qiziqishi, qobiliyati, kasbiy moyilliklariga ko‘ra, kasb-hunar turlarini
tanlashga asos bo‘ladigan sifatlarni, umummehnat madaniyatini shakllantirish va
rivojlantirish.
Mehnat ta’limi fanining mazmunida shartli ravishda 5-9 sinflardan boshlab
o‘quvchilar kamida uchta yo‘nalish bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rishlari nazarda
tutiladi. Masalan, qiz, o‘g‘il bolalar hamda ular uchun umumlashgan yo‘nalishlar
tanlanishi mumkin.
Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llash kabi vazifalarni
ko‘pchilik o‘quv predmetlarda, mehnat ta’limi bilan birgalikda hal qilinadi. Bu
vazifalarni hal qilishda mehnat ta’limi alohida ahamiyat kasb etadi, chunki mehnat
ta’limi bo‘yicha tashkil etilgan mashg‘ulotlarida o‘quvchilarni unumli mehnatga
jalb etish, hozirgi zamon ishlab chiqarishi asoslari bilan tanishtirish, ularda
zamonaviy ishchi kasblariga muhabbat uyg‘otish va boshqa shu kabilar haqida
etarlicha to‘liq tassavvur hosil qilish uchun qulay sharoitlar vujudga keladi.
Ko‘rsatilgan vazifalardan tashqari yana ikkinchi darajali vazifalar ham
qo‘yiladi va ular asosan mehnat ta’limi doirasida hal qilinadi yoki ular umumiy o‘rta
ta’lim maktabi vazifalari bo‘lib, o‘ziga xos maxsus vositalar yordamida amalga
oshadi. Masalan, texnik ijodkorlikning rivojlanishi, tajriba ishlarida qatnashish
maktab sharoitida asosan mehnat ta’limi jarayonida va u asosida tashkil qilingan
sinfdan tashqari ishlarda ro‘y beradi. Materiallarga ishlov berish, mashinalarga
xizmat ko‘rsatish va boshqalarga oid amaliy bilim va malakalarning shakllanishi
haqida ham shuni aytish mumkin.
Mehnat ta’limi jarayonida jismoniy faoliyat aqliy faoliyat bilan
omuxtalashadi. O‘quvchilarning buyumlarni konstruksiyalash, ularni tayyorlash
texnologiyasini ishlab chiqish va boshqa qator ijodiy vazifalarni hal qilishlariga
to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, mehnat ta’limi fikrlash faoliyati bilan birga amalga
oshadi, bu esa o‘quvchilarning aqliy rivojlanishiga imkon beradi.
Mehnat ta’limi jarayonida estetik tarbiya uchun sharoitlar yaratiladi. Agar
o‘quvchilar chiroyli buyumlar yasashsa, jamiyatga foyda keltirganlaridan ma’naviy
qoniqish hosil qiladilar va estetik zavq ham oladilar. Shu bilan ularda badiiy did ham
tarbiyalanadi, shakllarning uyg‘unligi haqida to‘g‘ri tasavvurlar tarkib topadi.
Ikkinchi darajali vazifalardan o‘quv predmeti sifatidagi mehnat ta’limi
mazmuniga qo‘yiladigan talablar kelib chiqadi:
1. Mehnat ta’limi mazmunini o‘quvchilarning yosh xususiyatlari hamda
ta’lim jarayonida qo‘yiladigan vazifalarni hisobga olgan holda bosqichlarga ajratish
maqsadga muvofiq.
2. O‘quv dasturlarining mazmunida o‘qitish bosqichlari orasidagi izchillik
nazarda tutilishi kerak. Buning uchun hamma sinflar uchun dasturlarni yagona
tuzilma bo‘yicha tuzish lozim. Maktablarning ish tajribasi bunday tuzilma
quyidagilarni o‘z ichiga olishi zarurligini ko‘rsatmoqda: materiallarning xossalari
haqidagi nazariy ma’lumotlarni tajribalar jarayonida ularni o‘rganishni;
materiallarga ishlov berish va unda ishlatiladigan mehnat qurollarini; ishlab
chiqarish jarayoni va sharoitida materiallarga ishlov berishni; mazkur materiallarga
ishlov berish bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy kasblarning tavsiflarini.
3. Mehnat ta’limi mazmunini tabaqalashtirishni ta’minlash uchun uni har xil
variantlarda berish. Mehnat ta’limining qaysi bosqichlarida uning mazmunini
tabaqalashtirish maqsadga muvofiqligi va uni amalga oshirishda nimalarga amal
qilish kerakligini aniqlash zarur.
4. O‘quvchilar har xil dasturlar bo‘yicha o‘qitilishi mumkin, ammo ularning
hozirgi zamon ishlab chiqarishi asoslari haqidagi tasavvurlari hajmi bir xil bo‘lishi,
buning uchun barcha dasturlarga bilim va malakalarning ba’zi stabil hajmi kiritilishi
zarur. Bu o‘z navbatida o‘quvchilarning politexnik tayyorgarligi bir xil saviyada
bo‘lishini ta’miinlashga imkon beradi.
Bugungi kunda mehnat ta’limi o‘zining ilmiy, nazariy va amaliy, moddiy –
texnik, ijtimoiy – pedagogik muammolarini hal etishda, uning an’anaviy mazmunini
isloh qilishda quyidagi nomutanosibliklar va ziddiyatlar mavjudligi ko‘zga
tashlanmoqda:
- ijtimoiy–iqtisodiy siyosiy va ma’naviy sohada ro‘y berayotgan o‘zgarishlar
bilan umumiy o‘rta ta’lim maktabalarida olib borilayotgan mehnat ta’limining ilmiy-
uslubiy, pedagogik va moddiy-texnik jihatdan istiqbol talablari darajasida
majmuaviy ta’minlanishining nomutonosibligi;
- ilmiy–texnik to‘garaklar, ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalari zamonaviy
iqtisodiyot va xo‘jalik yuritishning yangi shakllari va mazmuning mehnat
ta’limining mazmuni vositalari va uslublarida etarli darajada o‘z aksini
topmaganligi;
- mehnat ta’limining hozirgi kundagi an’anaviy mazmuni, maqsadi shakli
vositalari va uslublarida Respublikamizning milliy etnik, hududiy–tarixiy
xususiyatlari va sharqona tafakkur mezonlarining aks etmaganligi;
- mehnat ta’limining o‘ziga xos bo‘lgan hususiyatlarini hisobga olib, uni
amalga oshirish mexanizmlarining pedagogik, psixologik, fiziologik va didiaktik
asoslarining etarli darajada ishlab chiqilmaganligi;
- umumiy o‘rta ta’lim maktablarida amalga oshirilmagan mehnat ta’limining
istiqbolli yo‘nalishlari bilan oliy pedagogik ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan
pedagog kadrlar kasbiy malaka darajalarining nomutanosibligi.
Yuqorida qayd etilgan kamchiliklar va ziddiyatlar mehnat ta’limini tubdan
yangilashga, isloh qilishga zaruriyat tug‘dirgan asosiy sabablar bo‘lib hisoblanadi.
Olib borilgan kuzatuvlar hozirgi kunda respublikamiz umumiy o‘rta ta’lim
maktablari tizimida o‘quvchilarning texnologik ta’limiga e’tibor etarli emasligini
ko‘rsatdi. Buning asosiy sababi bo‘lib o‘quvchilarni mehnatga tayyorlashning
mavjud dasturlari hozirgi ijtimoiy – iqtisodiy sharoitlarda o‘sib borayotan yosh
avlodning talab va qiziqishlarini qondira olmasligidir.
Demak mehnat ta’limi o‘qituvchisi umumiy o‘rta ta’lim maktablari
o‘quvchilariga yangi texnika va texnologiya axborot beruvchi shaxs hisoblanadi. U
har tomonlama bilimdon, o‘z kasbiga nisbatan iqtidorli inson bo‘lish kerak. Buning
uchun esa u oliy pedagogik ta’lim muassasalarida umumkasbiy fanlardan chuqur
bilimlarni egallashlari, ularni o‘z faoliyatida qo‘llay olishi kerak.
|