ijodiy tafakkurli, malakali, bilimli mutaxassis, ayni paytda shaxsiy insoniy sifatlari
shakllangan barkamol kadrlarni tayyorlash maqsadini ko‘zlaydi.
Yangilangan ta’lim tizimini joriy etishda har bir bo‘lajak o‘qituvchining o‘z
faniga va barkamol avlod ta’lim-tarbiyasiga
oid kasbiy kompetentligini
shakllantirish va ularni pedagogik faoliyatda izchil qo‘llay bilish mahoratiga ega
bo‘lishi bugungi kunning muhim talabidir.
O‘qituvchining kasbiy kompetentligi pedagogikyechimlar qabul qilish
jarayoni bilan tavsiflanadi. Bu, ayniqsa, pedagoglarda ta’lim jarayonida vujudga
keladigan muammolarni ko‘ra olish, mustaqil
ravishda aniq bir pedagogik
maqsadlar va masalalar qo‘ya olish, ularningyechimlari topa olish, tahlil qilish,
olingan natijalarni baholay olish kabilarni rivojlantirish muammosining
dolzarbliligini oshiradi.
Dastlab “kompetensiya” va “kompetentlik” tushunchalariga to‘xtalsak.
“Kompetentlilik” tushunchasi (lotinchadan competenlia, compete so‘zidan
olingan bo‘lib – “birgalikda erishaman, qozonaman, mos kelaman, to‘g‘ri kelaman”
degan ma’noni beradi) lug‘atlarda esa “nimadir to‘g‘risida fikr yuritishga yo‘l
beradigan bilimlarga ega bo‘lish”, “xabardor bo‘lmoq, huquqli bo‘lmoq”
degan
ma’noni bildiradi
2
. “Kompetentli” inson o‘z ishida qandaydir masalani bilag‘oni deb
tan olingan, xabardor bo‘lgan, obro‘li, to‘la huquqli, doiralarda vakolatga ega
bo‘lgan, qobilyatli degan ma’nolarni anglatadi. Amalda barcha lug‘at tuzuvchilar
“kompetentlik” va “kompetensiya” kategoriyalarini chegaralab qo‘yadilar.
Kompetentlik ta’rifi o‘xshash va bir birini o‘rnini egallaydi (to‘ldiradi), shu bilan bir
vaqtda kompetensiya so‘zi uchun yagona izohlash yo‘q, bu tushuncha “vakolatlar
yig‘indisi (huquq va majburiyatlar) qandaydir organ yoki lavozimli shaxsning,
qonun, nizomlar bilan belgilab qo‘yilgan ushbu organ yoki boshqa holatlar”,
“nimanidir to‘g‘risida fikr yuritishga yo‘l beradigan bilimlarga ega bo‘lish (egalik
qilish)”, “kimdir yaxshi xabordor bo‘lgan savollar to‘plami (sohasi)” tushuniladi.
Shuningdek pedagogik kompetentsiya ta’rifi quyidagicha ham bo‘lish mumkin:
“pedagoglik maxoratiga ega shaxs sifatida obro‘lilik, sezish, tajriba kabi masalalar,
2
Katta ensiklopedik lug‘at L.N.Azrilyan tahriri ostida –M. “Huquqiy madaniyat” fondi, 1994-528 bet
hodisalar to‘plami (doirasi);
vakolatlar doirasi, savollar, hodisalarni nimalarnidir
yurgizishga to‘g‘ri keladigan soha”, “pedagog shaxsining shaxsiy imkoniyatlari”
uning malakasi (bilim, tajriba), muayyan doiradagi qarorlarni ishlab chiqishda
qatnashishni ta’minlaydigan yoki muayyan bilimlar o‘quvlar borligi evaziga o‘zini
xal
etishi tushuniladi
3
. Shuningdek ilmiy adabiyotlarda “kompetentlik” va
“kompetensiya” tushunchalari ko‘p ko‘rinishda bo‘ladi. 1.1.-rasm
1.
Kompetentlik – kasb talablariga mos kelishlik darajasini individual tavsifi
(ko‘rsatkichi) (Markova A.K.).
2.
Kompetentlik – tushunchalar tizimi va tushunish bo‘lishligini talab
etadigan, amaliy faoliyatni amalga oshiruvchi qobilyat, yuzaga keladigan muammo
va vazifalarni tezkor hal qilishga imkoniyat yaratuvchi, o‘ylashning mos ravishdagi
tipi (Milovanova N.G., Prudayeva V.N.).
3.
Kompetentlik – shaxsning o‘zaro bog‘liq sifatlari yig‘indisi (bilimi,
ko‘nikmalari, uquvlari, faoliyat usullari), muayyan doiradagi predmetlar va
jarayonlarga nisbatan zaruriy sifatiy mahsuldorlik
faoliyati uchun beriladi
(Xutorskiy A.V.).
4.
Kompetentlik – shaxsning kompetensiyasi to‘g‘risida o‘z fikri yohud
atrofdagilar fikri, lekin bu ularni muayyan hayotiy holatlardagi huquqlarida
namoyon bo‘ladi degani emas.
5. Kompetentlik – “obro‘lilik, to‘la huquqlilik”
4
.
Kompetensiya – ma’lum bir sohada sifatli produktiv faoliyat olib borish
uchun zarur bo‘lgan mutaxassisning ta’limiy tayyorgarligiga qo‘yilgan talabdir.
Kompetentlik
– inson tomonidan faoliyat
predmetiga tegishli
kompetensiyalarni egallaganlikdir.
Kompetentlikning M.A.Choshanov ta’rifiga ko‘ra formulasi:
Kompetentlik
– bu talabaning shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega kasbiy
faoliyatni amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning
3
Lomakina O.YE Xorijiy tillarni o‘qitish tizimini loyihalashni texnologik asoslari: konsepsiya, nazariya, amaliyot:
Monografiya-Volgograd: “Peremena”, 2002-224 bet
4
Akof R. Bo‘lajak korparatsiyani rejalashtirish. M. 1985-327 b.
egallanishi hamda ularni kasbiy faoliyatda qo‘llay olishi bilan ifodalanadi. Mazkur
o‘rinda «kompetentlik» tushunchasining mohiyati ham to‘la ochiladi,
u quyidagi
ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: kompetentlik talabalarning shaxsiy sifatlari
to‘plami hamda kasbiy sohaning tayanch talablari sifatida.
5
1.1.-rasm
Ta’lim mazmunining o‘quv rejadagi fanlar bloklari (barcha fanlar uchun),
fanlararo (fanlar to‘plami uchun) va predmetli (ma’lum bir fan uchun) tarzda
guruhlanganligi bois quyidagi uch darajani namoyon etuvchi kompetentlikni e’tirof
etish mumkin;
1.
Tayanch kompetentlik (ta’limning gumanitar,
ijtimoiy-iqtisodiy
mazmuniga ko‘ra);
2.
Fanlararo kompetentlik (umumkasbiy tayyorgarlikning o‘quv fanlari va
ta’lim bloklarining ma’lum doirligiga ko‘ra);
3.
Bitta predmet (fan) bo‘yicha kompetentligi (maxsus o‘quv fani
doirasida aniq va ma’lum imkoniyatga egaligiga ko‘ra).
Pedagogik oliy ta’lim muassasalarida ta’limning har bir bosqichi uchun
ta’lim bloklari va o‘quv fanlari darajasida tayanch kompetentlik aniqlanadi. Tayanch
5
Muslimov N.A. Bо‘lajak kasb ta’limi о‘qituvchilarini kasbiy shakllantirish. Monografiya. – T.: Fan, 2004
.
Билимнинг
мобиллиги
Методнинг
мослашувшан
-лиги
Тафаккурнинг
танқидийлиги