• Kalit so’zlar
  • Iqtisodchilarga ehtimollar nazariyasi va matematik statistikani amaliy-kasbiy




    Download 240.81 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/6
    Sana27.09.2023
    Hajmi240.81 Kb.
    #84380
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    15-16-лаборатория (5), 2- лабаратория, Mahamadiyev Nozim 1-labarotoriya l ish, KA 10-Mustaqil ishi, MTA 6-Amaliy ishi, 2-amaliy ma\'lumotlar tuzilmasi, 8 (1), 8-amaliy ish, 2 практическая, MENTAL KITOB 1, Mavzu Kompyuterning tashkiliy qismlari, asosiy ko‘rsatkichlari , 5-ma\'ruza, amaliy ish2, kV NH2IesNx8MRalj-qm01CRIxRZf75F, 4 mi


    International Conference on Developments in Education 
    Hosted from Amsterdam, Netherlands 
    httpseconferencezone.org April 30
    th
     2022 
    313 
    IQTISODCHILARGA EHTIMOLLAR NAZARIYASI VA 
    MATEMATIK STATISTIKANI “AMALIY-KASBIY 
    YOʼNALTIRILGANLIK” KONSEPSIYASI ASOSIDA 
    OʼQITISHNING AHAMIYATI 
    Nishonov Tulanmirza 
    Andijon davlat universiteti, Andijon, O’zbekiston, 
    tulanmirza1@gmail.com
     
    Annotatsiya. Iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlash, ularning kasbiy kompetentligini 
    rivojlantirish iqtisodiy fanlar bilan bir qatorda matematika fanlarini oʼrganish, xususan 
    ehtimoliy-statistik usullarni oʼzlashtirish bilan bevosita bogʼliq. Shuning uchun talabalarning 
    iqtisodiy tafakkurini rivojlantirishda ehtimollar nazariyasi va matematik statistika muhim o’rin 
    egallaydi. Ushbu fanni o’qitishning ham o’z muammolari yetarlicha. Ushbu maqolada 
    ehtimollar nazariyasi va matematik statistikani “amaliy-kasbiy yoʼnaltirilganlik” konsepsiyasi 
    asosida oʼqitishning dolzarbligi asoslangan va bu jarayonni amalga oshirishning mexanizmlari 
    yetarlicha misol va masalalar bilan birgalikda keltirib o’tilgan.
    Kalit so’zlar: ehtimollar nazariyasi, matematik statistika, iqtisod, amaliy-kasbiy masalalar
    muammoli amaliy-kasbiy masalalar. 
    Asosiy qism. Oliy taʼlim muassasalarida iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlash, ularning kasbiy 
    kompetentligini rivojlantirish iqtisodiy fanlar bilan bir qatorda matematika fanlarini oʼrganish, 
    xususan ehtimoliy-statistik usullarni oʼzlashtirish bilan bevosita bogʼliq. Har bir iqtisodiy 
    jarayonlardagi ichki va tashqi oʼzgaruvchanlik, yaʼni variatsiyalar ana shu ijtimoiy-iqtisodiy 
    hodisalarning variatsion belgilari asosida oʼrganilib, ularning rivojlanish qonuniyatlarini 
    ehtimollar nazariyasi va matematik statistika usullari belgilab beradi. Tahliliy xulosalar 
    maʼlum ehtimollik darajasi bilan baholanadi, bu esa muayyan tekshirish natijalari qanday 
    chegarada yotishi mumkinligini, ishonchli ekanligini anglatadi [1], [12].
    Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika oʼz usullari bilan ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni 
    tavsiflaydi va odatda sonlardan iborat boʼlgan statistik maʼlumotlar asosida oʼrganilayotgan 
    jarayonning variatsion qonuniyatlarini aniqlashga xizmat qiladi [2]. 
    Boʼlajak iqtisodchi mutaxassislarni kasbiy tayyorlashga yoʼnaltirilgan ehtimollar nazariyasi va 
    matematik statistika mazmuni xususiyatlari, oʼqitish masalalari baʼzi muammolardan holi 
    emas. Аyniqsa “oʼqitishning amaliy-kasbiy yoʼnaltirilganligi” tamoyilining kasbiy 
    kompetentsiyani rivojlantirishga taʼsir imkoniyatlari kam oʼrganilgan [3], [8]. 
    Respublikamizda ehtimollar nazariyasi va matematik statistikani oʼqitish va oʼrganishning 
    nazariy-metodik asoslari, oʼqitish metodikasini takomillashtirish masalalari I.M.Gaysinskaya, 
    X.Ochilova, J.Qudratov, D.V.Manevich, U.X.Xonqulov tomonidan oʼrganilgan [7], [11], [12], 
    [16], [17]. 
    Iqtisodiyot taʼlim yoʼnalishlarida matematika, xususan ehtimollar nazariyasi va matematik 
    statistikani oʼqitish va uning mazmunini kasbiylashtirish boʼyicha N.V.Panina, А.G.Elenkin, 
    Ye.V.Аleksandrova, I.N.Konovalova, S.O.Dolgopolova, R.Sh. Xusnutdinov, Yo.Аbdullaev, 
    N.M.Soatov va boshqalar tomonidan bir qancha tadqiqotlar olib borilgan [9], [18], [19]. 
    Matematika taʼlimi uzviy va izchil muayyan amaliy tajriba, mashqlardan boshlanadi hamda 
    abstrakt tushunchalarga tomon boriladi. Kasbiy tajriba esa amaliyotda shakllanadi. Shu 
    maʼnoda ehtimollar nazariyasi va matematik statistikani oʼrganishda “oʼqitishning amaliy-
    kasbiy yoʼnaltirilganligi” alohida ahamiyatga ega.



    Download 240.81 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 240.81 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodchilarga ehtimollar nazariyasi va matematik statistikani amaliy-kasbiy

    Download 240.81 Kb.
    Pdf ko'rish