O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
“AMALIY MATEMATIKA” KAFEDRASI
“TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANIDAN
Amaliy mashg’ulot bo’yicha
uslubiy ko’rsatma
NAMANGAN – 2019
Tayyorlangan ushbu amaliy mashg’ulot bo’yicha “Talimda axborot texnologiyalari” fani amaliy mashg’ulotlarini olib borish uchun mo’ljalngan. Amaliy mashg’ulot mavzulari fanning ishchi va o’quv dasturi asosida tuzildi.
Tuzuvchilar:
o’q.S.Toshboyev
o’q. O. Temirov
o’qt. O.Alixanov
Taqrizchilar:
p.f.n. N.Otaxanov
f.m.f.n. A.Imomov
Ushbu amaliy mashg’ulot Amaliy matematika kafedrasining 2019 yil ___________dagi №1-sonli kafedra yig’ilishida ko’rib chiqilgan va foydalanish uchun tavsiya etilgan.
Amaliy mashg‘ulot №1
Mavzu: Ovoz, grafik va matnli axborotlarni kodlash.
Ishning maqsadi: Ovoz, grafik va matnli axborotlarni kodlashni o‘rganish.
Nazariy ma’lumotlar: EHMda saqlanadigan eng kichik axborot o‘lchov birligi bit deb qabul qilingan. 8 bitdan iborat ketma-ketlik bayt (inglizcha byte- belgi degani) deb ataladi. Har bitta belgi uchun kompyuter xotirasidan 1 bayt joy ajratiladi. Shunday qilib, 8 ta 0 va 1 raqamlaridan tashkil topgan ketma- ketliklar jami 256 ta bo‘lib, ular 256 xil turli belgilarni kodlash, masalan, kirill va lotin alifbosining katta va kichik harflarini, raqamlarni, tinish belgilarni va boshqalarni kodlash imkonini beradi.
Bit va baytlardan tashqari quyidagi kattaroq birliklardan ham ikkilik ma‘lumotlarda axborotning miqdorini o‘lchash uchun foydalaniladi:
1 Kbayt = 210 bayt = 1024 bayt (taxminan 1 ming bayt)
1 Mbayt = 220 bayt (taxminan 1 mln bayt)
1 Gbayt = 230 bayt (taxminan 1 mlrd bayt)
Kiritilayotgan belgi yoki harfni kompyuter “tanishi” uchun, ular xotirada saqlanishi o‘z-o‘zidan ma’lum. Lekin bunday belgi yoki harflarning ikki ming xil ko‘rinishlarini saqlash lozim, bu esa o‘z navbatida ularni xotirada saqlash uchun o‘ta qiyin muammoni yuzaga keltiradi. Shuning uchun bu belgilar (rus, lotin alifbosi harflari, tinish belgilari, arifmetik amal belgilari va h.k.) mashinada sonlar (0 va 1) bilan kodlanadi.
Axborotni ma’lum bir qonun-qoida asosida kompyuterda qayta ifodalash kodlash deyiladi.
Deyarli barcha zamonaviy kompyuterlarda har bir belgiga 8 bit (1 bayt) ketma-ketlik mos keladi. Masalan, I harfiga 11101001, L harfiga 11101100, K harfiga 11101011, D harfiga 11100100, M harfiga 11101101 va h.k. kodlari mos keladi.
Masalan, “ILM” so‘zi 24 bitdan iborat quyidagi ketma-ketlik bilan kodlanadi: 111010011110110011101101,
11101001 1110110C11101101
v 4 v J 4 v /
I L M
Eski telegrafda, masalan, axbarot Morze alifbosi bilan, ya’ni nuqta va tirelar ketma-ketligi ko‘rinishida kodlashtirilar va yozilar edi.
Kompyuter ixtiyoriy harfni “tanishi” uchun uning xotirasiga harflar har xil usulda yozilgan bo‘lishi kerak. Shuning uchun darslikdagi matn harflarini kompyuter tanishi uchun uning xotirasiga harf va belgilarning taxminan 2 ming xil ko‘rinishlarini saqlash kerak. Bu juda mushkul va qimmatga tushadigan ish. Bi jarayonlarni soddalashtirish uchun barcha harflarni 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9 raqamlari bilan almashtirish mumkin. Shu yo‘sinda tanish belgilarni ham raqamlar orqali kodlash imkoniyati bo‘ladi. Masalan, nuqtani 36, vergulni 37 bilan va h.k. Ko‘pgina zamonaviy kompyuterlarda har bit belgiga 8 bitlik (1 bayt) ketma - ketlik mos qo‘yiladi. 8 ta nol va birlardan tashkil topgan turli ketma-ketliklar jami 28=256 ta bo‘lib, ular 256 xil turli belgilarni kodlash, masalan, lotin, rus, alifbosining katta va kichik harflari, raqamlar, tinish belgilar va boshqa belgilarni kodlash imkonini beradi.
Nol va birlar ketma-ketligi bilan grafik axborotlarni ham kodlash mumkin. Gazetadagi rasmga diqqat bilan razm solsangiz u mayda nuqtalardan tashkil topganligini ko‘rasiz. Turli poligrafiya uskunalarida bu nuqtalarning zinchligi turlicha bo‘ladi. Masalan, “Toshkent oqshomi” gazetasida rasm “xalq ta’limi” jurnalidagi rasmga qaraganda aniqroqdir. Ko‘pcilik gazetalardagi rasmlarda bir santimetrlik uzunlikda 24 ta nuqta bo‘ladi, ya’ni 10X10 santimetrli rasm taxminan 57600 nuqtalardan iborat. Agar bular faqat oq va qorq nuqtalardan iborat bo‘lsa, u holda ularning har birini 1 bit bilan kodlasa bo‘ladi. Agar nuqtalar har xil bo‘lsa, u holda bitta nuqtaga bir bit etarli bo‘lmaydi. Ikki bit bilan nuqtaning to‘rt xil rangini: 00-oq, 01-ochkulrang, 10-to‘q kulrang, 11-qora rangni kodlash mumkin. Uch bit 8 xil rangni, 4 bit 16 xil rangni kodlash imkoninni beradi va h.k.
Topshiriq:
Axborotlarni kodlash haqida tushuncha bering.
Axborotlarning turlarini ayting.
Axborotlarning miqdoriy ifodalanishini tushuntiring.
Topshiriq:
Axborot miqdorini uning o‘lchov birliklari yordamida ifodalang:
0‘zingiz haqingizdagi ma’lumot (ism, familiya, manzilgoh) qancha bit, bayt, kilobayt, megabayt va gigabayt bo‘lishini hisoblang.
Yumshoq magnitli disk hajmini o‘lchov birliklarda ifodalang.
Kompyuterning qattiq diski (vinchesteri) hajmini o‘lchov birliklarda ifodalang.
Kompakt disk hajmini o‘lchov birliklarda ifodalang.
Flesh disk hajmini o‘lchov birliklarda ifodalang.
Agar 45A sahifali kitobning har bir sahifasi 30 ta satr va har bir satrida 65 tadan belgi mavjud bo‘lsa, kitobdagi jami belgilar necha bit, bayt, kilobayt, megabayt va gigabaytlardan iborat bo‘lishini hisoblang. Bu yerda A - talabaning guruh jurnalidagi tartib raqami.
3-topshiriq.
Respublikamizga ilk bor qanday rusumli EHM qayerga o‘rnatildi?
Respublikamizda “Informatika” fanini rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlardan kimlarni bilasiz?
Mamlakatimizda “Informatika va axborot texnologiyalari” rivojlanishi haqida qanday Qonun va Qarorlar ishlab chiqarilgan?
Axboriy jarayonlarga misollar keltirib daftaringizga yozib keling?
Axborot sohasida qanday keskin o‘zgarishlar ro‘y bergan? Bu o‘zgarishlarni o‘rganib keling?
Respublikamizda axborotlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur qanday qismlarga bo‘linadi?
O‘zbekistonda birinchi marta Internet festivali qachon bo‘lib o‘tdi?
Nazorat uchun savollar:
“Informatika” fani haqida nimalarni bilasiz?
Axborot nima? U haqida nimalarni bilasiz?
Axborot texnologiyalar nima?
Axborotlashgan jamiyat deganda qanday jamiyatni tushunasiz?
Axborotning qanday miqdoriy o‘lchovlari mavjud?
Axborot qanday saqlanadi?
Axborotlarni kodlash nima, axborotlarni kodlashga qanday zaruriyat bor?
Triada va tetrada tushunchalarini izohlang.
Foydalanish uchun adabiyotlar:
S.S.G‘ulomov va boshqalar “Axborot tizimlari va texnologiyalari”. Oliy o‘quv yurti talabalari uchun darslik. - T: “Sharq”, 2000 y. 529 b.
A.Abduqodirov, A.Xaitov, R.Shodiyev “Axborot texnologiyalari”. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. - T: “O‘zbekiston”, 2001 y.
A.Axmedov, N.Toyloqov “Informatika”. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. - T: “O‘zbekiston”, 2001 y. 272 b.
Amaliy mashg‘ulot №2
Mavzu: Kompyuter va mobil qurilmalar operasion tizimlari.
Ishning maqsadi: Kompyuter va mobil qurilmalar operasion tizimlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish.
Nazariy ma’lumotlar:
Operatsion tizimlar.- foydalanuvchi bilan kompyuter orasidagi muloqotni ta’minlaydi;
kompyuter qurilmalari orasidagi ma’lumot almashinishini boshqaradi va nazorat qiladi;
ma’lumotlarni joylashtirishda kompyuter resurslaridan (xotira, tashqi xotira) unumli foydalanishni ta’minlaydi;
boshqa dasturlarni yuklaydi;
tarmoq operatsiyalarini bajaradi va h.k.
Hozirgi kunda ishlatilayotgan operatsion tizimlarga misol tariqasida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
MS Windows. SMP (Symmetric Multiprocessind) ko‘p protsessorli, ko‘p masalali, grafik interfeysga ega bo‘lgan operatsion tizim. x86, x86-64, IA-64, ARM, Alpha, MIPS, Power PC platformalarda ishlaydi. Plug and Play texnologiya bilan ta’minlangan, klassterizatsiya, masofadan o‘rnatish xizmati (RIS- remote installation service) bilan ta’minlangan.
Fayl tizimi imkoniyatlari:
Fayl tizimini tiklash;
Katta hajmdagi fayllarni ishlatish;
Fayl himoyasi;
Fayllarni siqilgan holda saqlash va h.k.
Vazifasiga ko‘ra, Windows operatsion tizimining bir qancha xillari mavjud: server uchun, ishchi stantsiyalar uchun, cho‘ntak kompyuterlari uchun.
Hozirgi kunda shaxsiy kompyuterlarning ko‘pchiligida aynan shu operatsion tizim o‘rnatilgan.
Solaris. Solaris - Sun Microsystems tomonidan yaratilgan grafik qobig‘li operatsion tizim. Solaris operatsion tizimi avval boshdan yopiq manbali kod bilan chiqarilganiga qaramay, hozirda uning anchagina qismi ochiq manbali kodga ega qilib kompaniya tomonidan ommalashtirilgan. Hozirda IBM, Intel, Hewlett-ackard, Dell va boshqa bir nechta ishlab chiqarnvchi kompaniyalar o‘zining x86 va AMD64 platformali tizimlarida Solaris operatsion tizimini ishlatadi.
Mac OS X. Mac OS X (Mek OS Ten) — Apple korporatsiyasining POSIXga mos keladigan operatsion tizimi. Mach mikroyadrosi asosida Makintosh (Macintosh) kompyuterlari uchun ishlab chiqariladigan, himoyalangan xotira va ko‘p masalali operatsion tizimdir. Mac OS X tarkibida Xcode dastur yozish muhiti bo‘lib, Si, C++, Objective-C, Ruby i Java tillarida dastur yaratish imkoniyatini beradi. Xcode yordamida bir nechta platformada (x86, PowerPC) ishlay oladigan dasturlarni (Universal Binary) yaratish mumkin.
Linux. Linux - GNU loyihasi doirasida ishlab chiqarilgan. Linux yadroli UNIXsimon operatsion tizimlarning umumlashgan nomidir. GNU/Linux operatsion tizimlar oilasi Intel x86, IA-64, AMD64, PowerPC, ARM va boshqa platformalarda ishlaydi.
Boshqa operatsion tizimlardan farqli ravishda GNU/Linuxning bitta rasmiy standart komplekti mavjud emas. Buning o‘rniga GNU/Linux Linux yadroga GNU dasturlari qo‘shilgan ko‘plab distributivlarni yetkazib beradi.
Bizning mamlakatimizda Mandriva Linux 2007.1 asosida erkin tarqatiladigan Doppix 2008.0 Edu ochiq operatsion tizim distributivi yaratilgan. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda “Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo‘llab quvvatlash” markazi loyihasi asosida tayyorlangan bu operatsion tizim ta’lim muassasalarida ishlatishga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘zbek, rus, ingliz tillaridagi interfeysga ega. Dastur distributivini http://www.doppix.uz/ internet manzilidan ko‘chirib olish mumkin.
Hozirgi kunda Windows operatsion tizimlariga talab yuqori. Asosiy sabab unda keng qamrovli grafik interfeysning mavjudligi. Bu esa foydalanuvchilarga uni tez o‘zlashtirish imkonini beradi.
1-topshiriq:
Operatsion tizim nima?
Qanday operatsion tizimlarni bilasiz?
Operatsion tizimlar qanday vazifalarni bajaradi?
Shaxsiy kompyuterlarda qanday operatsion tizimlar ishlatiladi?
O‘zbek tilidagi operatsion tizimlar haqida ma’lumot bering.
Nazorat uchun savollar:
Operatsion tizim nima?
Qanday operatsion tizimlarni bilasiz?
Operatsion tizimlar qanday vazifalarni bajaradi?
MS DOS nimani bildiradi?
VIOS ning vazifasi. URL nima?
Foydalanish uchun adabiyotlar:
S.S.G‘ulomov va boshqalar “Axborot tizimlari va texnologiyalari”. Oliy o‘quv yurti talabalari uchun darslik. - T: “Sharq”, 2000 y. 529 b.
A.Abduqodirov, A.Xaitov, R.Shodiyev “Axborot texnologiyalari”. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. - T: “O‘zbekiston”, 2001 y.
A.Axmedov, N.Toyloqov “Informatika”. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. - T: “O‘zbekiston”, 2001 y. 272 b.
Amaliy mashg‘ulot №3
Mavzu: Xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar va utilitalar.
Ishning maqsadi: Xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar va utilitalar bilan ishlashni o‘rganish.
Nazariy ma’lumotlar: Diskni tekshirish (Scan Disk) dasturi. Scan Disk dasturi disklardagi nosozliklarni tekshiradi, papkalar va asosiy diskdagi fayllarning xatoliklarini aniqlaydi.
Пуск/Программы/Стандартные/Служебые программы ost menyusida Проверка диска (ScanDisk) bo‘limi nomi sichqoncha bilan 2 marta bosilsa, ekranda bu dasturning muloqot darchasi hosil bo'ladi. Bu darchada tekshirilishi kerak bo'lgan disk nomlarini tanlash mexanizmi aks ettirilgan.
Tekshirish ikki - Standart (Стaндaртнaя) yoki baholovchi (Пoлнaя) holatda bajarilishi mumkin. Bu holatlardan keraklisi va xatoliklarni avtomatik to‘g‘rilash (Испрaвлять omn6Kii aBToMa™4ecHM) holati tanlanib 3anycK tugmachasi bosiladi.
Amaliyot tizim qobiqlariga Volkov Commander, Norton Commander, Windows Commander , Total Commander qobiq dasturlarini kiritish mumkin. Ushbu amaliy mashg‘ulotda hozirda keng foydalanilayotgan Total Commander qobiq dasturi haqida ma‘lumot berilgan mumkin.
Total Commander - Windows muhitida fayl va papkalar bilan ishlashni yengillashtiruvchi dastur hisoblanadi.Ushbu dasturni quyidagi ikki usul orqali yuklash mumkin.
«Пуск» ^ «nporpaммы» ^ Total Commander;
Ish stolidagi yorlig‘iga sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosish orqali;
1-topshiriq. Total Commander dasturining imkoniyatlari bilan tanishish:
Dastur bilan ishlashda klaviatura tugmalaridan keng foydalanish ishni yengillashtiradi.
Fayl va papkalardan nusxa olish, ko‘chirish,qayta nomlash,o‘chirish kabi amallar oson bajariladi.
Arxivlavgan fayllar va kataloglar bilan ishlash imkoniyati mavjud. Fayllarni arxivga joylash va arxivdan olish oson amalga oshiriladi. Dasturda quyidagi arxivatorlardan foydalanish mumkin: RKZIP, ARZIP, LHA, RAR ACE, TAR, TGZ.
Dasturlarni oddiy ishga tushirish uchun buyruqlar satridan foydalanish mumkin.Buning uchun dastur nomi tanlanishi yoki CTRL + ENTER tugmalarni bosish kerak..
Fayllarni va fayllardagi matnlarni izlash imkoniyati mavjud.
Fayllarni ko‘rish imkoniyati mavjud (F3 yoki ALT + F3).
Quyidagi formatda arxivlangan fayllar arxivini ochish imkoniyati mavjud: ZIP, RAR, ACE, TAR.
Foydalanish uchun adabiyotlar:
S.S.G‘ulomov va boshqalar “Axborot tizimlari va texnologiyalari”. Oliy o‘quv yurti talabalari uchun darslik. - T: “Sharq”, 2000 y. 529 b.
A.Abduqodirov, A.Xaitov, R.Shodiyev “Axborot texnologiyalari”. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. - T: “O‘zbekiston”, 2001 y.
A.Axmedov, N.Toyloqov “Informatika”. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. - T: “O‘zbekiston”, 2001 y. 272 b.
Amaliy mashg‘ulot № 4
Mavzu: Virus va antivirus dasturiy vositalari bilan ishlash.
Ishning maqsadi: Kompyuter viruslari va ulardan himoyalanishni o‘rganish.
Nazariy ma’lumotlar: Kompyuter virusi - bu maxsus yozilgan dastur bo‘lib, u boshqa dasturlarga qo‘shilishi (ya’ni uni zararlashi) mumkin, shuningdek kompyuterda noma’qul harakatlarni amalga oshirishi
mumkin. Ichida virus bo‘lgan dastur «zararlangan» deyiladi. Bunday dastur ishni boshlaganda boshqaruvni avvalo virus amalga oshiradi. Virus boshqa dasturlarni topadi va zararlaydi, shuningdek qandaydir buzg‘unchi harakatlarni bajaradi (masalan, diskdagi fayllarni va shu fayllar joylashgan jadvalni ishdan chiqaradi (buzadi) operativ xotirani bo‘lar-bo‘lmas «axlat» bilan to‘ldiradi va h.k.). Virus o‘zini yashirish maqsadida dasturni zararlantirish harakatlari har doim ham bajarilavermaydi. Ular faqat muayyan sharoitda amalga oshadi. Virus kerakli harakatlarni bajarib bo‘lgandan so‘ng, u boshqaruvni o‘sha dasturga beradi (virus shu dasturning ichida yotadi) va u oldingidek ishlayveradi. Shu bilan bir qatorda virus bilan zararlangan dastur xuddi viruslanmagan dastur kabi faoliyat ko‘rsatadi.
Antiviruslarni quyidagicha guruhlash mumkin:
Bu turdagi antiviruslar fayllarda viruslarning bayt kombinatsiyalari mavjudligini tekshirib, mos bo’lgan axborotni ekranga chiqarib beradi. Ba’zi detektor dasturlar viruslarning yangi turlariga moslasha oladi, buning uchun shu viruslarga mos bo’lgan baytlar kombinatsiyasini belgilab berish kerak. Doktorning vazifasi zararlangan fayllar va disk sohalarini tekshirib, ularni dastlabki holatiga qaytarishdir. Tiklanmagan fayllar, odatda, ishlatib bo’lmaydigan holga tushadi yoki yo’q qilib yuboriladi.
vaksina dasturlar yoki иммунизaтoр lar disk yoki dasturlarni shunday o’zgartiradiki, bu narsa dasturlarning ishida namoyon bo’lmaydi, lekin vaksinatsiya ishlatilgan virus dastur va disklarni zararlagan deb hisoblanmaydi.
Topshiriqlar:
Detektor va doktor-viruslar bilan zararlangan fayllar va zararlantiruvchi virus turini aniqlaydigan dasturlar (Aids, doktor Web, Virus Scan, NU VS).
Virus asosan necha fazaga ega?
Kompyuter virusi qanday namoyon bo’ladi?
Fayllar virus bilan qanday hollarda zararlanishi mumkin?
Diskdagi faylli tizimini o‘zgartiradigan viruslar qanday?
Ko‘rinmas va o’zi differensiallanuvchi viruslar qanday?
BOOT -viruslar qanday bo‘ladi?
Viruslardan himoyalanishning qanday vositalari mavjud?
Doctor Web antivirus dasturi.
Nazorat uchun savollar:
Virus nima?
Antivirus nima?
Antivirus dasturlar haqida nima bilasiz?
DrWeb antivirus dasturida ishlashni tushuntiring?
Foydalanish uchun adabiyotlar:
S.S.G‘ulomov va boshqalar “Axborot tizimlari va texnologiyalari”. Oliy o‘quv yurti talabalari uchun darslik. - T: “Sharq”, 2000 y. 529 b.
A.Abduqodirov, A.Xaitov, R.Shodiyev “Axborot texnologiyalari”. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. - T: “O’zbekiston”, 2001 y.
E.G‘aniyev, D.Jomurodov, A.Mo‘minov “Zamonaviy kompyuterlarni boshqarish”. Toshkent - “Fan va texnologiya”- 2004 y.
www.google.ru - axborotlar qidirish tizimi
www.ziyonet.uz - ZiyoNet axborot ta’lim portal
Amaliy mashg‘ulot №5
Mavzu: Matnli hujjatlarni formatlash va tahrirlash. (2 soat)
Ishning maqsadi: Matnli hujjatlarni yaratish, formatlash va tahrirlashni o‘rganish.
Nazariy ma’lumotlar: Word tahrirlagichi ishga tushgach unda hujjat darchasi “Документ 1” nomi bilan beriladi. Siz u yerda matn kirita boshlashingiz mumkin.
Agar matn kiritayotganingizda so‘zda biror harf qolib ketsa, uni kiritish uchun kursorni o‘sha yerga olib borib harfni bosish kifoya. Natijada harf o‘sha yerga o‘rnatiladi va qolgan harflar bittadan o‘ngga siljiydi.
Shriftni qalin, qiya yoki tagiga chizilgan qilib yozmoqchi bo'lsangiz mos ravishda uskunalar
panelining — uskunalaridan foydalanish kerak. Agar har bir abzatsni tartibli raqamlab yozmoqchi
uskunasidan foydalanasiz. Agar har bir abzatsni ro'yxat qilib, ya'ni har bir abzats oldidan
bo‘lsangiz
nuqtacha qo'yilgan qilib yozmoqchi bo'lsangiz ' uskunasidan foydalanasiz. Agar hujjatlarni ikkita yoki
undan ko'proq kolonka (ustun) lar shaklida yasamoqchi bo'lsangiz == uskunasidan foydalanasiz.
Matn kiritayotganda [Enter] tugmasi bosilishi yangi abzats ochadi.
Matnni chap tomonga, markazga, o'ng tomonga taqab yoki ikki tomonini ham tekislab yozish uchun
mos ravishda — uskunalardan foydalanasiz. Odatda matn ikki tomondan tekislab yoziladi.
Matnda abzats qo‘ymoqchi yoki qatorlar o‘rtasidagi intervalni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz menyuda “ФОРМАТ” bo‘limining “АБЗАЦ...” buyrug‘ini ishlatasiz. Ekranda quyidagi darcha hosil bo‘ladi.
Topshiriqlar:
1.MS Word 2007 ni ishga tushiring. Buning uchun ekranning quyi chap qismida joylashgan Masalalar paneli (Панели задачи) dagi «Пуск» tugmasi bosiladi.
2.Ochilgan muloqot oynasidan «Все программы», undan «Microsoft Office» so‘ngra «Microsoft Word» (Bundan keyingi hollarda Word deb yuritamiz) buyrug‘i tanlanadi va sichqoncha ko‘rsatkichi orqali ishga tushuriladi.
3. Ochilgan ish sohasida ixtiyoriy biror matnni kiriting.
4.Matnni lotin va kiril alifbosida kiritishni bajaring.
Buning uchun harflarni lotin (EN) yoki kiril (RU) alifbosiga o‘tkazish, klaviaturadagi «Shift+Alt» klavishlarini birgalikda bir marta bosish orqali amalga oshiriladi yoki masalalar panelidan quyidagicha tanlash bilan bajariladi.
5. Wordda ishni yakunlash.
6.MS Word ning oynalari (menyular satri va asboblar paneli) bilan tanishib, ularning vazifasini o'rganib chiqing.
7.MS Word ning chizo‘ich markeri bilan tanishib, sarlavha, asosiy matn va abzatslarni qo‘yishni o'rganing.
8.Abzats qo'yish
9.Sinov matni (hujjat) ni fayl sifatida kompyuter xotirasida saqlang. Saqlash uchun «Файл» menyusidag «Сохранить как...» bandi tanlanadi va kerakli ketma-ketlik bajarilib hujjat saqlanadi.
10. Asboblar panelidagi ■
11. Hosil qilingan (saqlangan) faylning nusxasini ko‘chiring. Buning uchun dastlab fayl tanlanadi, so‘ngra sichqoncha ko‘rsatgichi shu faylga keltirilib, uning o‘ng (yordamchi) klavishi bosiladi va konteks menyudan «Копировать» buyrug‘’i tanlanadi.
tugmachani tanlash bilan ham hujjatni ochish mumkin.
12.Hujjatni formatlang. Buning uchun matn qismi ajratib olinadi. So‘ng «Форматирование» asboblar panelidan «Шрифт» bandi tanlanib, ochilgan muloqot oynasidan ixtiyoriy shriftlarni tanlash mumkin. Shrift o‘lchami, yozuv stili (Ж, К, Ч, обычный) satrlarini tanlash bilan belgilangan simvollarni formatlash mumkin. Bu holatni sichqoncha yordamida ham bajarsa bo‘ladi:
|