• Foydalanish uchun adabiyotlar
  • Amaliy mashg‘ulot №7-8 (4-soat) Mavzu: MS Excel elektron jadvalining imkoniyatlari. Ishning maqsadi
  • Topshiriqlar
  • Amaliy matematika




    Download 0,65 Mb.
    bet3/8
    Sana25.12.2019
    Hajmi0,65 Mb.
    #4812
    1   2   3   4   5   6   7   8

    Nazorat uchun savollar:

    1. Wordda obyektlar bilan ishlash deganda nimalar nazarda tutilgan ?

    2. Qanday yozilgan matnni jadvalga o‘tkazib bo‘ladi ?

    3. Jadvalda matnlarni necha xil usulda joylashtirish mumkin ?

    4. WordArt qanday obyekt ?

    Foydalanish uchun adabiyotlar:

    1. S.S.G‘ulomov va boshqalar “Axborot tizimlari va texnologiyalari”. Oliy o‘quv yurti talabalari uchun darslik. - T: “Sharq”, 2000 y. 529 b.

    2. A.Abduqodirov, A.Xaitov, R.Shodiyev “Axborot texnologiyalari”. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. - T: “O’zbekiston”, 2001 y.

    3. A.Axmedov, N.Toyloqov “Informatika”. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. - T: “O‘zbekiston”, 2001 y. 272 b.


    Amaliy mashg‘ulot №7-8 (4-soat)
    Mavzu: MS Excel elektron jadvalining imkoniyatlari.

    Ishning maqsadi: MS Excelda ma’lumotlarni kiritish va tahrirlashni o‘rganish.

    Nazariy ma’lumotlar: Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minotining tarkibiy qismiga kiruvchi Microsoft Office 2010 paketidagi asosiy vositalardan biri jadval muharriri deb ataluvchi MS E xcel 2010 dasturidir. MS Excel 2010 Windows operatsion qobig‘i boshqaruvida elektron jadvallarni tayyorlash va ularga ishlov berishga mo‘ljallangan.

    Elektron jadvallar asosan iqisodiy masalalarni yechishga mo‘ljallangan bo‘lsada, uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa sohaga tegishli masalalarni yechishga ham, masalan, formulalar bo‘yicha hisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar ko‘rishga ham katta yordam beradi. Shuning uchun Excel 2010 dasturini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi va har bir foydalanuvchidan Excel 2010 bilan ishlay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish talab etiladi.

    Microsoft Excel 2010 elektron jadvali hisoblash vositasi sifatida qaralib, iqtisodiy va moliyaviy masalalarni yechishda yordam beribgina qolmay, balki har kungi xarid qilinadigan oziq-ovqatlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari hamda bankdagi hisob raqamlari hisob-kitobini olib borishda ham yordam beruvchi tayyor dasturdir.

    Excel dasturida faylga standart nom - Книга1 taklif qilinadi. Foydalanuvchi xohlagan vaqtda nomni o‘zgartirishi mumkin. Bu darchada saqlamoqchi bo‘lgan fayl nomini yozamiz, tipini tanlaymiz (standart holda -*.xls taklif qilinadi) va hujjatni saqlamoqchi bo‘lgan joyni ko‘rsatamiz va oxirida Сохранить tugmasi bosiladi.



    Ba’zi hollarda raqamli ma’lumotlar yanada tushinarli bo‘lishi uchun diagramma ko‘rinishda tasvirlashga to‘g‘ri keladi. Diagrammalar satr va ustunlardagi ma’lumotlarni ko‘rgazmali ifodalashning grafik ko‘rinishidir. Microsoft Office paket dasturlarida diagrammaning har hil turlarini hosil qilish imkoniyati mavjud. Quyida diagrammaning mavjud turlari keltirilgan oyna.

    Biz bularni Microsoft Excel dasturida ko‘rib chiqamiz. Diagramma hosil qilish uchun avvalombor raqamli ma'lumot kerak bo'ladi. Misol uchun keyingi oynada keltirilgan ma'lumotlar berilgan bo'lsin.

    Berilgan F.I.Sh. larning ballarini solishtirish diagrammasini hosil qilish uchun:

    Kerakli ma’lumotlar (F.I.Sh., Ball ustunlari) belgilanadi

    “Вставка” ilovasi “Диаграммы” guruhidan kerakli diagramma turi tanlanadi, masalan gistogramma.

    Diagramma tanlanganda panelda yangi “Конструктор” va “Формат” ilovalari hosil bo‘ladi.



    Topshiriqlar:

    1. MS Excel ni ishga tushuring.




    Ish olib borilayotgan jadvalning barcha yacheykalarini ajratib ko‘rsatish. Joriy darchadagi ishchi jadvalning barcha yacheykalarini ajratib ko‘rsatish uchun sichqoncha asosiy chap tugmasini bosgan holda sichqonchani harakatga keltiring.

    3.So‘ngra klavishni qo‘yib yuboring. Asboblar panelida rasmdagi harakatlarni bajaring. Ekranda belgilangan yacheykalar uchun jadval hosil bo'ladi.


    , &relxan. anring

    Qatorlar tartibini belgilang. Ishchi jadvalning har bir qatori tartib raqamiga ega bo‘lib, u 1 dan to 65536 gacha raqamlanadi. Bu qatorlarning keragini tanlab olish sichqoncha yoki klaviaturadagi tugmalar majmuini bosish orqali amalga oshiriladi.

    Katakchalarga ma’lumot kiriting. Bir necha so‘zdan iborat matn yacheyka (katak) ga sig‘magan bo‘lsa, matnni ko‘rish uchun (Yacheyka bichimi) buyruqlarini tanlang va bayroqcha (флажок) belgisini «переносить по словам» degan ibora ustiga joylasht S un kengligini o‘zgartiring.

    «Формат»—«Столбец» (Ustun) — «Ширина» (Kenglik) buyruklarini ketma-ket tartib bilan tanlab, «Ширина столбцов» (Ustun kengligi) muloqot oynasida parametrga kerakli qiymat beriladi va «Ok» tugmasi bosiladi.

    «Формат—Столбец-Автоподбор ширины» (Kenglikni avtomatik tanlash) buyrug‘ ’ini bajarishQatorlar balandligini o‘zgartiring. Qatorlarga ma’lumotlarni kiritish uning shriftiga, ya‘ni kiritilayotgan belgilarning o‘lchamiga bog‘liq bo‘lib, ko‘pincha «Normal» bichimi (стиль) ishlatiladi yoki «Формат»—«Строка» (Satr) — «Высота» (Баландлик) buyrug‘i olinadi.

    Sonlarni kiriting. Har bir yacheykaga kiritilayotgan sonlar o‘zgarmaslar (konstantalar) sifatida qabul qilinadi. MS Excel da sonlar quyidagi 1,2,3,...9,0,+,—,(),/, $,%,E,e belgilari orqali kiritiladi.

    Agar yacheykadagi belgilar o‘rnida «reshetka» (#####) paydo bo‘lsa, tanlangan bichimdagi sonlar ustun kengligiga sio‘magan hisoblanadi. Bunday hollarda ustun kengligini o‘zgartirish yoki boshqa sonli bichimlashga o‘tish kerak bo‘ladi.


    Download 0,65 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0,65 Mb.