Topshiriqlar:
Korxona ishchilari haqida MB jadvalini tuzing.
Jadval strukturasini tuzing va unga ma’lumotlarni kiritish uchun forma tayyorlang. (Maydon nomlari: tabel nomeri, ЬоЧ™ nomi, ismi va familiyasi, tugilgan yili, oylik maoshi va boshqa).
Forma yordamida 10 ta ishchi uchun ma’lumot kiriting.
Berilgan ishchining familiyasi bо‘yicha uning oylik maoshini chiqarish uchun sо‘ravnoma tayyorlang.
Talabalar haqida MB jadvalini tuzing.
Jadval strukturasini tuzing va unga ma’lumotlarni kiritish uchun forma tayyorlang. (Maydon nomlari: talaba kartochkasi nomeri, ismi va familiyasi, tugilgan yili, fakulteti, guruh nomeri, stipendiyasi va b.).
Forma yordamida 10 ta talaba uchun ma’lumot tayyorlang.
Berilgan talaba familiyasi bо‘yicha stipendiya miqdorini ekranga chiqarishga sо‘ravnoma tayyorlang.
Avtovokzal haqida MB jadvalini tuzing.
Jadval strukturasini tuzing va unga ma’lumotlarni kiritish uchun forma tayyorlang. (Maydon nomlari: avtobus nomi, nomeri, jо‘nash vaqti, manzil nomi, chipta narxi va boshqa).
Forma yordamida 10 ta avtobus uchun ma’lumot tayyorlang.
Fakat bitta manzil bо‘yicha ma’lumot olish uchun sо‘ravnoma tayyorlang.
Nazorat uchun savollar:
MB deb nimaga aytiladi?
MS Access 2010 qanday dastur?
MS Access 2010 qanday obyektlari bor?
Maydon nima? Yozuv nima?
Foydalanish uchun adabiyotlar:
R. A. Fayziyev, M.A. Tillashayxova. Microsoft Access MBBTda ishlash. T. 2004 y.
E.G‘aniyev, D.Jomurodov “Zamonaviy kompyuterlardan foydalanish sirlari”. Toshkent-“Ma’rifat- Madadkor”-2002 y.
B.Mo‘minov. Informatika. O‘quv qo‘llanma. T.: “Tafakkur-bo‘stoni”, 2014 y.
A.Norov, L.Safarov, B.Shovaliyev. Informatika va informatsion texnologiyalardan laboratoriya ishlari. -Qarshi “Nasaf’ nashriyoti, 2004.
www.google.ru - axborotlar qidirish tizimi
Amaliy mashg‘ulot №13
Mavzu: Ma’lumotlar bazasidan so‘rovlar va hisobotlar yaratish
Ishning maqsadi: Ma’lumotlar bazasidan so‘rovlar va hisobotlar yaratishni o‘rganish.
Nazariy ma’lumotlar: Запрос (So‘rov)lar tashkil qilish
MB ga kirish uchun «So‘rov» dan foydalaniladi. Bu jarayon MB darchasining Запрос (So‘rov) bo‘limida yaratish tugmasini bosish bilan boshlanadi va ekranda quyidagi muloqot darchasi paydo bo‘ladi. MB ga kirish uchun Запрос tuzishning bir qator usullari taklif qilinadi:
Конструктор - mustaqil ravishda yangi so‘rovlar tuzish.
Простой запрос (oddiy so‘rov) - mavjud aniq maydonlarni tanlab olish yo‘li bilan so‘rovlar tuzish. Перекрестный запрос (qiyosiy so‘rov) - MB da mavjud bo‘lgan bir nechta jadval va so‘rovlarni chatishmasidan yangi so‘rovlar yaratish.
Повторяющиеся записи (takrorlanuvchi yozuvlar) jadvalda yoki so‘rovlarda takrorlanuvchi yozuvlarni qidirib topish uchun so‘rovlar tuzish.
Записи без подчененных (bog‘lanmagan yozuvlar) joriy jadvalga mos kelmaydigan yozuvlarni qidirib topish uchun so‘rovlar tuzish.
Xullas, Запрос yordamida asosiy MBdan natijaviy (foydalanuvchini qiziqtirgan) jadval tashkil qilish va uni qayta ishlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Запрос bilan ishlaganda ma’lumotlarni saralash (filtrdan o‘tkazish), jamlash, ajratish, o‘zgartirish mumkin. Ammo bu amal har bajarilganda asosiy MB da hechqanday o‘zgarish sodir bo‘lmaydi. Bundan tashqari, Запрос yordamida «natijalarni hisoblash», o‘rta arifmetik qiymatini topish, yig‘indi hosil qilish yoki biror maydon ustida matematik amallar bajarish mumkin.
MBda ajratish uchun «So‘rov»
Запрос hosil qilishning turlari ko‘p. Ammo eng ko‘p qo‘llaniladigani Запрос на «выборки» (Tanlashini tashkil qiluvchi so‘rov) Accessda “So‘rov” tashkil qilishning 3 ta usuli mavjud: avtomatik ravishda, qo‘lda va мастер (usta) yordamida.
Запрос tashkil qilish uchun maxsus SQL (Structured Query Language) tili mavjud, ammo bu tilda ishlash ancha murakkab, shuning uchun ham Access da maxsus «Namunaviy so‘rov blanki» tashkil qilingan. Bunda Запрос elementlarini darchalararo tashish orqali amalga oshirish mumkin. MB ga Запрос bilan kirish «Создать» tugmasini bosish bilan amalga oshiriladi. Uning muloqat darchasi «Новый запрос» deb ataladi. Unda «Конструктор» holatida ish yuritiladi. Shunda MB tuzilmasidan kerakli jadval va uning maydonlari Запрос bo‘yicha tanlanadi. Jadval tanlash «Добавление таблиц» (Jadval qo‘shish) muloqat darchasida sodir bo‘ladi. Bunda MBdagi barcha jadvallar ro‘yhati bor. Ajratilgan jadvallar blankning yuqori qismiga Добавить (Qo‘shish) tugmasini bosish bilan amalga oshiriladi.
Namunaviy Запрос blankasini to‘ldirish
Namunaviy blank 2 ta paneldan iborat. Yuqori qismida Запрос ga asoslanadigan jadvallar ro‘yxati tuzilgan. Quyi qismida esa Запрос tuzilmasi bo‘yicha tuziladigan natijaviy jadval o‘z aksini topgan. Blankning maydon yoziladigan sathida jadvaldan kerakli maydon nomlari ajratib o‘tkaziladi. Jadval nomi kerakli satrga maydonlarni ko‘chirish jarayonida avtomatik tarzda yoziladi.
«Saralash» degan satrda «sichqoncha» tugmasi bosilsa, biror maydondagi ma’lumotlar saralanadi. Запрос blankida Условия отбора (tanlash sharti) satri mavjud bo‘lib, unda natijaviy jadvalni qoniqtiradigan shart mezoni joylashgan bo‘ladi. Запрос Вид tugmasini bosish bilan natijaviy jadval hosil bo‘ladi. Natijaviy jadvaldan chiqish uchun «Вид» tugmasiga yana bir bor bosish lozim.
Parametrlar bo‘yicha «So‘rov» tuzish
Ba’zan foydalanuvchi ma’lumotlar bazasidan muayyan parametrlar bo‘yicha ma’lumotlarga muxtoj bo‘lib qoladi. Ana shunday vaziyatlarda Запрос ni parametrlar bo‘yicha tashkil qilish lozim bo‘lib qoladi. Shunday maqsad qo‘yilganda SQL tilining maxsus buyrug‘i LIKE[...] orqali Запрос ni tashkil qilish mumkin. Kvadrat qavs ichida foydalanuvchi uchun ixtiyoriy matn kiritish mo‘ljallangan. Masalan, LIKE[mamlakat nomini kiriting]. Ushbu buyruqni условие отбора (tanlash sharti) yozilgan satrga joylashtirish lozim. Запрос ishga tushirilgach, muloqot darchasi ochilib foydalanuvchi uchun parametr kiritish imkoni paydo bo‘ladi.
So‘rov da hisoblash jarayoni
Natijaviy jadvalda boshqa maydonlar bo‘yicha hisoblashni tashkil etish natijalari yoziladigan maydon hisob maydoni deyiladi. Bunda maydon nomi o‘rniga hisoblash formulasi va kvadrat qavs yoziladi. Ushbu jarayonni klaviaturaning Shilt+F2 tugmasini bosish bilan ham bajarish mumkin.
Bunda yordamchi область ввода (kiritish xududi) muloqat darchasi ochilib, unda uzun formulalarni ham kiritish imkoniyati ochiladi. Ba’zan hisoblash maydonini saralash maydoni ham qilish mumkin. Hisoblashni tashkil qiladigan Запрос ham namunaviy so‘rov blankida o‘z aksini topadi. Bunda maydon nomi o‘rniga formula yoziladi. Formulaga kvadrat qavs ichida hisoblanadigan maydon nomi ham kiritiladi. Ammo torgina maydonga uzun formulalarni kiritib bo‘lmaydi. U holda Shift+F2 tugmachani bossak, u holda yordamchi muloqot darchasi paydo bo‘ladi va istalgan uzunlikdagi formulalarni kiritish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Natijaviy «So‘rov» tuzish texnologiyasi
«So‘rov» lar nafaqat kerakli ma’lumotni olish va uni ishlash uchun, balki natijaviy hisoblashlar tashkil qilish imkonini ham beradi. Masalan, qandaydir yozuv (qator) lar guruhi bo‘yicha o‘rta arifmetikqiymatini yoki yig‘indisini topish. Bu holda ham namunaviy so‘rov blanki yordamila ish bajariladi, ammo yozuvlarni biror belgisiga qarab alohida guruhlarga jamlash talab qilinadi va bunda guruhlash degan yordamchi qator paydo bo‘ladi. Ushbu qatomi namunaviy blankka kiritish uchun asboblar panelidagi E ga kursomi keltirib «sichqoncha» chap tugmasini bosamiz:
O‘zgartirishlar «so‘rovi»ni tuzish
Avtomatik ravishda yangi jadval tuzishda yoki hisoblash natijalari asosida jadval hosil qilishda vaqtinchalik natijaviy jadval tuziladi va bu jadvaldan yangisini hosil qilishda yoki o‘zgartirishda foydalaniladi. Bu holatda «So‘rov» ni o‘zgartirishning bir necha usullari mavjud:
jadval tuzish so‘rovi,
jadval tarkibidagi ma’lumotlarni yangilash so‘rovi,
yozuvlarni kiritish so‘rovi,
yozuvlarni yo‘qotish so‘rovi.
Buning uchun Запрос tavsiyanomasidagi Создать buyrug‘i bilan Конструктор tartibida ish yuritiladi.
Nazorat uchun savollar:
MB deb nimaga aytiladi?
MS Access 2010 qanday turdagi kattaliklar bilan ishlaydi?
Oddiy zapros qanday yaratiladi?
MS Access 2010da hisobot obyekti vazifalari nima?
Foydalanish uchun adabiyotlar:
R. A. Fayziyev, M.A. Tillashayxova. Microsoft Access ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida ishlash. T. 2004 y.
E.G‘aniyev, D.Jomurodov “Zamonaviy kompyuterlardan foydalanish sirlari”. Toshkent-“Ma’rifat- Madadkor”-2002 y.
B.Mo‘minov. Informatika. O‘quv qo‘llanma. T.: “Tafakkur-bo‘stoni”, 2014 y.
A.Norov, L.Safarov, B.Shovaliyev. Informatika va informatsion texnologiyalardan laboratoriya ishlari. -Qarshi “Nasaf’ nashriyoti, 2004.
www.google.ru - axborotlar qidirish tizimi
|