• Foydalanish uchun adabiyotlar
  • Amaliy mashg‘ulot №9 Mavzu: Taqdimotlar muharrirlari va ularda ishlash. Ishning maqsadi
  • Amaliy matematika




    Download 0,65 Mb.
    bet5/8
    Sana25.12.2019
    Hajmi0,65 Mb.
    #4812
    1   2   3   4   5   6   7   8

    Nazorat uchun savollar:

    1. Elektron jadvallar qanday masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan?

    2. Excelning asosiy tavsiyanomasi qanday bo‘limlarni o‘z ichiga oladi?

    3. Ma’lumotlarni tartiblash usullari.

    4. Jadvalni formatlash turlari?

    Foydalanish uchun adabiyotlar:

    1. B.Mo‘minov. Informatika. O‘quv qo‘llanma. T.: “Tafakkur-bo‘stoni”, 2014 y.

    2. A.Abduqodirov, A.Xaitov, R.Shodiyev “Axborot texnologiyalari”. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. - T: “O’zbekiston”, 2001 y.

    3. A.Axmedov, N.Toyloqov “Informatika”. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. - T: “O‘zbekiston”, 2001 y. 272 b.

    4. A.Norov, L.Safarov, B.Shovaliyev. Informatika va informatsion texnologiyalardan laboratoriya ishlari. -Qarshi “Nasaf’ nashriyoti, 2004.

    5. www.ziyonet.uz - ZiyoNet axborot ta’lim portal


    Amaliy mashg‘ulot №9

    Mavzu: Taqdimotlar muharrirlari va ularda ishlash.

    Ishning maqsadi: Taqdimotlarni yaratish va ularda ishlashni o‘rganish.

    Nazariy ma’lumotlar: MS Power Point - grafik tasvirlar tayyorlash va prezentatsiyalar hosil qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda yaratilgan prezentatsiyalarda oddiy animatsiyalar tashkil qilish mumkin.

    Power Point dasturiy mahsuloti asosan prezentatsiyalar hosil qilishda ishlatiladi. Prezentatsiya - ma’ruza, biznes reja va hokazolar bo‘lishi mumkin. Har bir prezentatsiya bir nechta slayddan tashkil topgan bo‘lishi mumkin.



    MS Power Point yaratgan hujjatlarini Office ning boshqa muharrirlariga, Web sahifa ko‘rinishida, rasm ko‘rinishida (*.bmp,*.jpg) va boshqa ko‘rinishlarda eksport qilish imkoni berilgan.

    Odatda MS Power Point dasturini ishga tushirish uchun Windowsning «Пуск» tugmasi bosiladi, menyuning «Программы» bandidan MS Power Point nomli qismi ishga tushiriladi.

    MS Power Point ishga tushganda quyidagi oynani ko'ramiz

    «Strelka» orqali ko‘rsatilgan oynachada Power Point prezentatsiya yaratishning to‘rt xil variantidan birini tanlashni taklif etayapti:

    Power Point Masteri orqali prezentatsiya hosil qilish; (Bu variant tanlanganda so‘rovlar orqali qanday prezentatsiya hosil qilinishi kerakligi master orqali aniqlanib, shu talablarga javob beradigan prezentatsiya hosil qilinadi.)

    Biror shablon ko‘rinishidagi prezentatsiya hosil qilish; (Bu variantda esa, tayyor prezentatsiyalar shablonidan birortasi tanlanishi talab qilinadi. Tanlangan shablon ko‘rinishida perezentatsiya hosil qilib, foydalanuvchiga havola etiladi. Shablonlarning ham bir nechta turi bor, ular: «Общие», «Web-страницы», «Презентации», «Дизайны», «Презентаций». Masalan Web-sahifa hosil qilmoqchi bo‘lsak, «Web- страницы» bandidagi biror shablonni tanlaymiz va hokazo).

    Bo‘sh prezentatsiya hosil qilish; (1 ta slayddan iborat prezentatsiya hosil qilib beradi).

    Oldin hosil qilingan prezentatsiyani ochish. (Oldin yaratilgan prezentatsiyalar ro‘yxatidan keraklisini ochish imkonini beradi.) (2-rasm).


    Download 0,65 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0,65 Mb.