|
Mavzu: Tortma analiz farmasevtik kimyoda. I. Kirish
|
bet | 2/6 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 33,39 Kb. | | #142340 |
Bog'liq Mavzu Tortma analiz farmasevtik kimyodaII.Asosiy qism.
Miqdor analizi, miqdoriy analiz — analitik kimyoning asosiy boʻlimlaridan biri; tekshirila-yotgan namuna tarkibidagi komponentlar miqdori (massasi, konsentratsiyasi va shahrik.) yoki miqdoriy nisbatlarni aniqlash usullari. Komponentlar sifatida atomlar, molekulalar, izotoplar, funksional guruhlar, fazalar va shahrik. Boʻlishi mumkin. Analiz qilish uchun olingan moddaning miqdoriga koʻra, makrousullar (namuna massasi 0,1 g dan ortiq), yarim mikro-usullar (0,01—0,1 g), mikro usullar (0,001—0,01 g), submikrousullar (0,1– 1 mg) va ultramikro usullar (0,1 mg dan kam) farq qilinadi. Analiz qilinayotgan modda komponentlarini namuna tarkibidagi miqdoriga koʻra, shartli ravishda asosiy (massasiga nisbatan 1 — 100%), asosiy boʻlmagan (0,01 — 1%) va iz yoki qoʻshimchalarga (0,01% dan kam) boʻlinadi.
Modda tarkibini miqdoriy tekshirishdan oldin ortacha namuna – dastlabki moddaning kichik ulushini togri tanlay bilish kerak. Ortacha namunada hamma komponentlarning miqdoriy tarkibi tekshiriladigan moddaning hamma massasidagi ularning tarkibiga mos kelishi lozim. Tuzlar, kislotalar, ishqorlar eritmalarining, gomogen qotishmalarning ortacha namunasini tanlash oson, chunki ayni moddalarning tarkibi ularning xohlagan hajmida va joyida bir xil boladi. Bir jinsli bolmagan (rudlar, toshkomir kabi) moddalarning ortacha namunasini tanlash murakkabdir. Shu sababli har bir turdagi modda uchun davlat standartlariga mos keladigan ortacha namuna tanlashning korsatmasi boladi.
Moddaning tanlab olingan ortacha namunasi zich (germetik) bekitiladigan idishlarda saqlanadi, kerak bolganda undan analiz uchun moddaning zarur miqdori olinadi. Bordiyu moddaning ortacha namunasi qattiq holatda bolsa, uni havonchada maydalanadi, song analiz uchun mos keladigan tortimi olinadi. Analizni bajarishi uchun zarur bolgan modda miqdori tortim deb ataladi. Moddaning agregat holatiga va aniqlash xususiyatiga qarab modda tortimi olishda har xil idishlar qollaniladi. Qattiq modda tortimini soat oynasida, suyuq va uchuvchan moddalar tortimini esa byukslarda olish mumkin. Qattiq moddalar shpatellar yoki shisha, chinni qoshiqchalar yordamida, suyuq moddalarni kichik pipetkalardan foydalanib olinadi. Modda tortimining miqdori otkaziladigan analitik aniqlashning xususiyatiga bogliq boladi. Agar aniqlash gravimetrik metod bilan olib borilsa va amorf chokma hosil bolsa, modda tortimi shunday hisob boyicha olinadiki, choktiriladigan shakl qizdirilgandan keyin hosil boladigan tortma shaklning massasi 0,1-0,3 g bolishi kerak. Kristallik chokmalar uchun tortim massasi 0,5 g atrofida, namlikni aniqlash uchun modda tortimi 1-2 g miqdorda bolishi lozim.
Tekshiriladigan moddaning tortimi tegishli idishlarda olinadi. Avval toza va quruq idish analitik tarozida tortib olinadi. Songra hisobdagi tortimga yaqin massadagi modda texnik tarozida tortib olinadi va oldindan tortilgan idishga solinadi va analitik tarozida aniq tortiladi. Bosh idishning massasini va idishning ichidagi moddasi bilan birgalikdagi massasini bilgan qolda, ular orasidagi farq asosida moddaning tortimi massasini aniqlanadi. Songra moddani miqdoran eritish uchun ishlatiladigan idishga solinadi. Eritishni sovuqda, zarur bolsa isitib olib boriladi. Erituvchi sifatida kopincha suv yoki kislotalar ishlatiladi.
Olingan tortimni eritishda tekshiriladigan moddaning 0,5-1% li eritmasi hosil boladigan miqdorda suv qoshiladi. Eritish hajmi 200-300ml bolgan kimyoviy stakanda bajariladi.
Dori modda miqdorini aniqlash
Granula tarkibidagi ta’sir qiluvchi moddaning miqdorini aniqlash uchun 0,5 g aniq tortma olinadi. Xususiy maqolalarda maxsus ko‘rsatmalar bo‘lmasa, granulalardagi dori moddalarning miqdoridagi chetlanish +10% ga ruxsat etiladi.
|
| |