2. Triggerlarning turlari va ularning tasnifi. Triggerlarning ichki tizimi
Trigger deb, shunday qurilmaga aytiladiki, ikkita turg‘un holatdan birida tura olib, bir holatidan ikkinchisiga kirish signali ta’sirida o‘tadi. Trigger holati kirish signali orqali aniqlanadi. Trigger ketma-ket raqamli qurilmaning baza elementi hisoblanadi. Unda 0 yoki 1 saqlanishi mumkin. Ketma-ket raqamli qurilmaning sxemalarida triggerlar ikkita chiqish qismiga ega: 1) to‘g‘ri Q (1) chiqish; 2) inversli Q (chiqish 0). Triggerni 1 holatiga uning chiqish qismidagi Q yuqori sathli signal (1), Q chiqish qismida esa past sath (0) bo‘ladi. Triggerni 0 holatiga Q chiqish qismida kichik sathli (0) signali, Q chiqish qismida esa yuqori sathli (1) mos keladi. Triggerlarning kirish qismlari informatsion (axboriy) va yordamchi (boshqaruvchi)larga bo‘linadi. Informatsion (axboriy) kirish qismiga kelayotgan signallar trigger holatini boshqaradi. Yordamchi (boshqaruvchi) kirish qismiga kelayotgan signallar esa, triggerni avvaldan kerak bo‘lgani holatiga o‘tkazish va sinxronlashtirish uchun xizmat qiladi. Yordamchi kirish qismlari axboriy sifatida qo‘llanilishi mumkin. Triggerni kirish qismlari uning strukturasiga va vazifasiga bog‘liq bo‘ladi. Triggerning axboriy kirish qismlari S,R,J,K,D,T boshqaruvchi kirish qismlari esa, C,V harflari bilan belgilanadi. Triggerlar uchun standart belgilanish ma’lum. Bu yerda S va R axboriy kirish bo‘lib, Q va Q chiqishlari, T trigger belgisidir. Inversli chiqish qismi doira Q shakli bilan belgilangan.
Mantiqiy elementlardan tashkil topgan triggerlar.
Trigger mantiqiy elementlarning ulanishi, ya’ni chiqishdan kirish qismiga teskari aloqa sxemasida tasvirlanganidek qurilishi mumkin. Trigger 0 (Qq0, Qq1) holatda bo‘lsa, R va S kirish qismida 0 signallar beriladi. Trigger holati o‘zgarmaydi. Haqiqatan ham, birlik chiqish signal Q sxemadagi ИЛИ (YOKI) sxemasining 1-nomerli kirishiga keladi. Shu sxemaning chiqish qismida Rq0 ekanligi inobatga olinsa, birlik chiqish signali hosil bo‘ladi. Bu signal 2-nomerli HE (INKOR) sxemasining kirish qismiga keladi. Natijada ushbu sxemaning chiqish qismida, ya’ni Q chiqishida avvalgidek signal 0 bo‘ladi. Sxema 2-chiqish qismidan 0 signali 3-nomerli ИЛИ (YOKI) sxemasini biron kirish qismiga keladi. Ushbu sxemaning ikkinchi kirish S qismiga ham 0 signali beriladi. Natijada 3-sxemaning chiqish qismida nol signali bo‘ladi. Bu signal 4-nomerli НE (INKOR) sxemaning kirish qismiga keladi va chiqish qismida birlik signal, ya’ni triggerni nol holati (q1, Qq0) tasdiqlanadi. Shuningdek, agarda trigger 1 holatda bo‘lsa, v R va S kirish qismlarida nol signali bo‘lsa, bunday holat saqlangan bo‘ladi.
Endi, faraz qilaylik, triggerning kirish qismiga nol holatda (Qq0, Qq1) bo‘lganida, axboriy signallar Sq1, Rq0 keladi. S signal ta’sirida ИЛИ (YOKI) 3-nomerli sxemaning chiqish qismida birlik signal bo‘ladi. Bu holda НET (YO‘Q) 4-nomerli sxemasining chiqish qismida signal 0 bo‘ladi. Demak, trigger birlik (Qq1, Q q0) holatiga o‘tadi. Haqiqatan ham, chiqish signali DQq0 4-nomerli НET (YO‘Q) sxemaning chiqishidan 1-nomerli ИЛИ (YOKI) sxemaning kirish qismiga keladi. Ushbu sxemaning chiqish qismidan nol signali 2-nomerli HE (YO‘Q) sxemasining kirish qismiga keladi. Natijada ushbu sxemaning va Q ning chiqishida, 3-nomerli ИЛИ (YOKI) sxemasining kirish qismiga keladigan birlik signali hosil bo‘ladi. Agar S ni kirish qismidagi birlik signali olib tashlansa, trigger birlik holatida qolaveradi. Triggerni nol holatiga o‘tkazish uchun R kirish qismiga birlik signali berilishi hamda S kirish qismiga esa nol signali berilishi lozim. Triggerni birlik holatidan nol holatiga o‘tkazish yuqorida bayon etilganidek amalga oshiriladi. Triggerni teskari aloqali sxemadan tashkil etilishi, uni asosiy qurilishini tashkil etadi. Bu uslubdan foydalanib turlicha trigger sxemalarini tashkil etish mumkin.
To‘g‘ri kirishli asinxron RS trigger.
Ushbu triggerlar ikkita informatsion (axboriy) S va R kirishga ega bo‘lib, 1 va 0 larni mos ravishda belgilaydi: to‘g‘ri Q va inversli Q. RS trigger ikkita mantiqiy element ИЛИ-HET (YOKI-YO‘Q) lardan tuzilgan. RS triggerning grafik belgilanishi rasmda keltirilgan bo‘lib, faoliyat qonuniyati jadvalda keltirilgan. Jadvaldan ko‘rinadiki, Stq1, Rtq0 signallar kombinatsiyasida trigger 1 (Qtq1q1) holatiga, avvalgi holatidan Qt qat’i nazar o‘tadi. Stq0, Rtq1 signallari terilganda trigger 0 (Qtq1q0) holatiga o‘tadi. Signallar Stq0, Rtq0 kombinatsiyasida trigger holati o‘zgarmaydi, ya’ni tq1 holda trigger holati Qtq 1qQt bo‘ladi. Signallar Stq1, Rtq1 yig‘indisi man etilgan bo‘ladi, chunki u trigger ish rejimini buzadi va noaniq holatga olib keladi.
RS triggerlarda, to‘g‘ri boshqarish kirish bilan birlik signal sathiga ega. Elementni bir holatdan ikkinchi holatga o‘tkazuvchi signallar aktiv deb ataladi. RS-triggerlarni qurish uchun, aktiv signal 1 darajali bo‘ladi. Triggerning tq1 holati (jadval) Karno kartasi ko‘rinishida berilishi mumkin. Karno kartasidan foydalanib, minimal bul funksiyasini RS trigger ishlashini qurish mumkin:
Keltirilgan ifodadan ko‘rinadiki, RS trigger 1 holatda, kirish qismiga Stq1 yoki 1, agarda Rtq0 va trigger Qtq1 holatida bo‘lsa o‘rinli bo‘ladi.
Inversli kirishga ega bo‘lgan RS asinxron trigger.
Ushbu turdagi triggerlar И-НET (VA-YO‘Q) mantiqiy elementlarda quriladi. Bunda 0 (nol) sath signalning aktiv kirishi, 1 sath esa passiv. Axboriy kirishlari va mos ravishda bunday triggerlarni signallarining inversli ( S R, ) ko‘rinishda belgilash qabul qilingan. Bunday holda inversli kirishga ega bo‘lgan trigger, to‘g‘ri kirishli triggerdagidek. RS triggerni, И-НET (VA-YO‘Q) mantiqiy elementlarda ishlashi jadvalda keltirilgan bo‘lib, bundan ko‘rinadi S R = = 0 kombinatsiyasi man etilgan, S R = = 1 yig‘indi neytraldir. Bunda, agarda ИЛИ-НЕT (YOKI-YO‘Q) elementli triggerning har ikkala kirish qismidagi signallar nolli bo‘lib neytral kombinatsiyani tashkil etsa, И-НЕT (VA-YO‘Q) elementli trigger uchun u man etiladi. Asinxron RS trigger tezkorligini qurilmaning holatini kechikishi tT, har bir elementda kechikish tE yig‘indisi bilan aniqlanadi. Hozirgi holat uchun tTQ2t.
Statik boshqaruvli RS trigger.
Sinxron RS trigger asinxronlidan C kirish qismi mavjudligi bilan farqlanib, unga sinxronlashtiruvchi (taktli) signallar beriladi. Sinxron trigger asinxron RS triggerdan va kombinatsion raqamli qurilmadan tuzilgan. sinxron, trigger И-НЕT (VA-YO‘Q) elementlaridan qurilgan. 1-sxema uchta S, C, R kirish qismlariga va ikkita chiqish qismiga ega bo‘lgan kombinatsion raqamli qurilmani tashkil etadi (KSU-KRQ). 1-sxema ikkita И-НET (VA-YO‘Q) elementlardan tuzilgan asinxron RS triggerni tashkil etadi. Kombinatsion raqamli qurilmaning (KSU-KRQ) kirish mantiqiy elementlari Cq0 bo‘lganda blokirovkalangan (yopiq) bo‘ladi. Ularning chiqish qismlaridagi qiymat 1 birlikka ega va kirish S va R signallariga bog‘liq bo‘lmaydi. И-НET (VA-YO‘Q) elementli sinxron RS trigger uchun birlikdan tashkil topgan signallar yig‘indisi neytral bo‘ladi. Trigger o‘z holatini saqlaydi. Cq1 bo‘lganda, RS asinxron triggerning kirish qismiga axboriy R va S signallarni uzatish uchun, kombinatsion raqamli qurilmaning (KSU-KRq) kirish mantiqiy elementlari sxemalari ochiq bo‘ladi. Demak, ruxsat etilgan signal mavjudligida, sinxron trigger asinxron trigger qoidasi bilan ishlaydi. И-НET (VA-YO‘Q) elementli asinxron RS triggerni ishlash qonuniyatini jadvaldan ko‘rish mumkin. Jadvalda sinxron RS triggerning ishlash prinsipini ko‘rsatuvchi Karno kartasi tasvirlangan. Karno kartasidan foydalanib, sinxron RS triggerning ishlash prinsipini tushunish uchun, minimal bul funksiyasini olish mumkin:
Agar kirish qismlari S va R larga 1 birlik berilayotgan bo‘lib, yoki 1 birlik ushbu kirish qismlarida bo‘lmasa, QS bir birlik holatini sinxron RS trigger saqlaydi. Rasmda sinxron RS triggerning grafik belgilanishi И-НET (VA-YO‘Q), И-ИЛИ-НЕT (VA-YOKI-YO‘Q) mantiqiy elementlarda hamda ularning kombinatsiyalarida ham ko‘riladi. Triggerni umumiy turg‘un holatiga o‘tish vaqti tt uchta mantiqiy elementlarning vaqt ushlanishi te yig‘indisiga teng:
tTQ3tE
Dinamik boshqaruvli sinxron trigger.
C kirishda, 0-darajadan 1-darajaga yoki aksincha bo‘lishi uchun dinamik boshqaruvli sinxron triggerda, axborotning o‘zgarish holatini qabul qiladi. Dinamik boshqaruvli RS trigger rasmdagidek qurilishi mumkin.
Agarda Cq0 bo‘lganda, kirish qismiga R va S qandaydir axboriy daraja berilsa, C kirish qismida darajani 0 dan 1 ga almashtirilsa, 1-element chiqishida 0 hosil bo‘ladi, u 3-element kirish qismiga ulanadi va uning chiqish qismida 1-darajani S kirishdagi qiymatdan qat’i nazar ta’minlaydi. Mantiqiy S uziladi va hech qanday o‘zgarishni R va S trigger kirishida qabul qilmaydi. Bu jarayon C kirishda 0 daraja 1 darajaga o‘tgunicha bo‘ladi. Shuningdek, dinamik kirishli RS triggerni mantiqiy ИЛИ-НЕT (YOKI-YO‘Q) elementlarda ko‘rish mumkin.
Bu yerda axborot triggerni R va S kirishda Cq1 darajani Cq0 darajaga almashinuvida qabul qilinadi. Bunday tirggerning shartli belgilanishi rasmda tasvirlangan. Rasmda esa dinamik kirishga ega bo‘lgan D triggerning sxemasi keltirilgan, uning shartli belgilanishi esa rasmda tasvirlangan.
D kirishda triggerda axborot qabul qilish, C kirishdagi 0-darajani 1-darajaga almashinishida sodir bo‘ladi. Dinamik kirishga ega bo‘lgan JK triggerning sxemasi rasmda, uning shartli belgilanishi esa rasmda tasvirlangan. Triggerni Qtq1 holatidan Qtq1q0 holatiga o‘tishi Kq1 va Qtq1 hamda KQtq1 bo‘lganida sodir bo‘ladi. Boshqa holda avvalgi belgilangan Qtq1qQt holat saqlanadi. RS triggerdan JK triggerni hosil qilish uchun S R, asinxron RS triggerni kirish qismida SqJQt va RqKQt sathni ta’minlash lozim. Kirish belgisi S ni J ga, R ni K ga almashtirib, RS trigger chiqish qismini 1 va 2 element kirishiga teskari aloqa kiritib, JK dinamik kirishli trigger sxemasini hosil qilamiz.
|