REJA:
Ilmiy tadqiqotning tarkibiy qismlari:
kirish
asosiy qism
xulosa
adabiyotlar
perefraza (havola, iqtibos, sitata, abzas).
Amaliy
mashg‘ulot
№10
10-MAVZU:
Dastlabki ilmiy tadqiqot yozish
Dastlabki ilmiy tadqiqot haqida ma lumot:
Kirishning samaradorligi maqsadni va ma’lumotning qo‘llanilish ko‘lamini
kitobxonga tushuntiradi. Xulosa sarlavhada berilgan ixtiyoriy savolga javobni va asosiy
punktlarning yakunini o‘zida aks ettirishi lozim. O‘qish faoliyatida, odatda, kirish ham,
xulosa ham, asosiy qismdan so‘ng yoziladi.
Kirish va asosiy qism (
Asosiy tarkibni kiritish)
Kirish, odatda, vazifaning umumiy hajmining 10%ini tashkil qiladi. Shu sababli,
2000 ta so‘zdan iborat esselarda kirish 200 ta so‘zdan iborat bo‘lishi lozim.
■
Essening kirishi, odatda, nimadan iborat bo‘ladi? Quyidagi ro‘yxatga e’tibor
bering va ulardan qo‘shiladigan punktlarni tanlang.
Kirishning tarkibiy tuzilishi Barcha kirishlar ham yuqoridagi
elementlarni o‘zida mujassamlashtirmaydi.
1
■
Quyidagilarning qaysi biri asosiy va qaysi biri ixtiyoriy bo‘lishini tanlang.
Kirishga aniq bir na’muna mavjud emas, chunki ko‘p narsa siz olib borayotgan va
davom etayotgan ishning turiga bog‘liq. Lekin quyidagilar uning umumiy xususiyati:
(a)
Kerak bo‘lsa kalit so‘zlar ta’rifining berilishi.
(b)
Kerak bo‘ladigan axborot.
(c)
Bu mavzu haqidagi boshqa mualliflarning ishlaridan namuna.
(d)
Ishning maqsad va vazifalari.
(e)
Sizning tadqiqot uslubingiz.
(f)
Siz tomoningizdan belgilanadigan biror-bir chegaralar.
(g)
Ishingizning rejasi.
Esselarni
boshlash, asosan, imtihonlarda juda qiyin bo‘ladi, ikkilanish esa
qimmatli vaqtiningizni behuda sarflanishiga sabab bo‘ladi. Birinchi gaplar umumiy
bo‘lishi lozim, ammo kitobxonning mavzuga diqqatini
qaratishi uchun noaniqroq
bo‘lishi lozim, ular odatda quyidagi qonuniyatda bo‘ladilar:
Iboraning vaqti
Mavzu
Rivojlanish
Hozirda
Suv resurslarini boshqarish
Xalqaro kelishmovchiliklar
buning paydo bo‘lishiga
sabab bo‘ldi
2008-yildan beri
Elektron transportlar
Muhim tijorat taklifi bo‘ldi
Juda ham umumiy va noaniq kirish gaplarini qo‘llashning oldini olish muhim
ahamiyat kasb etadi. Solishtiring:
“Oliy o‘quv muassasalarida elektron ta’limning tajribasini baholash” mavzusidagi
essening kirishidan olingan parchani o‘rganing:
a)
Sarlavhadagi bir necha so‘z va iboralarni aniqlashtirish kerak bo‘ladi, chunki
ular keng tushunilmasligi mumkin:
Bu terminning bir qator talqinlari mavjud, ammo bu maqolada “elektron ta’lim”
internet orqali ma’lumot almashiladigan ixtiyoriy turdagi ta’limga tegishli.
b)
Kitobxonga sizning ishingizning kengroq matni haqida ogohlantirish foydali. Bu
ham sizning olib borgan ishingizning qadrini ko‘rsatishi mumkin:
O‘rganish bilimlarga asoslangan zamonaviy iqtisodiyotning muhim ajralmas qismi
hisoblanadi. Hisoblash mashinalari va texnologiyaning
taraqqiyoti natijasida, internet
bilimlar almashishning muhim vositasiga aylandi.
c)
Uzun maqolalar alohida adabiyotlar sharhiga ega bo‘lgan bir paytda,
qisqa
esselar uchun bu mavzu haqida tanish bo‘lish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o‘z
ishini oqlaydigan ilmiy tadqiqotlarda bo‘shliqlar yaratishi mumkin:
Ko‘plab tadqiqodchilar (Veb va Kirstin, 2003; Honiga va boshqalar, 2006)
sog‘liqni saqlash va biznesda elektron ta’limni baholashgan,
ammo hozirgacha oliy
ta’lim muassasalarida talabalarning bunday ta’lim tizimiga yetarlicha e’tibor
berilmagan.
d)
Kitobxon siz nimani tushuntirmoqchiligingizni anglashi uchun o‘z tadqiqotingiz
maqsadini aniq shakllantiring:
Bu tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalaridagi elektron ta’lim tizimi
bo‘yicha o‘qiyotgan talabalarning tajribalarini o‘rganish edi.
e)
Uslub - bu siz qo‘ygan maqsadga erishishni ko‘rsatuvchi jarayondir:
Avvalo, bir necha tadqiqotlar olib borildi, keyin esa 200 ta talabaning elektron
ta’lim tizimidagi tajribalarini o‘rganish uchun so‘rov o‘tkazildi.
f)
Siz esseingizning har bir aspekti bilan alohida ish ko‘ra olmaysiz,
shuning
uchun o‘z ishingizni chegaralashingiz lozim:
Shu narsa aniqki, bu tadqiqot ma’lum bir chegaralar bilan cheklandi, asosan,
talabani tanlash, bu farmatsevtika va qishloq xo‘jaligidagi talabalar bilan cheklangan.
g)
Kitobxonga sizning munozaralaringizni tushuntirish uchun ishingizning tarkibiy
tuzilishini tushunishingiz lozim:
Ish quyidagicha shakllangan. Birinchi bo‘lim, asosan,
talabalarning tajribasi
borasida chegaralarga e’tibor qaratilgan tadqiqotlarning tahlilini o‘z ichiga oladi.
Ikkinchisi esa so‘rovning metodologiyasi bilan natijalarning tahlilini o‘zida
mujassamlashtiradi va oxirgisi elektron ta’lim dasturlarini olib borishning oqibatlarini
qamrab oladi.