Makrodarajadagi tashkiliy mexanizmlar asosida. Bevosita va bilvosita
turistlar xavfsiziigini ta’minlash bilan bog‘liq davlat va jamoa tarkiblari yordarnida
amalga oshiriladi. Bular huquqiy, tartibni saqlash kuchlari (militsiya, razvedka
xizmatlari) jinoyatchilikning oidini oladi; bojxona tarkibi - bular eksport - import,
kontrabanda bilan kurashadilar; qutqaruv xizmatlari (tog‘ hududlarida, o‘rmonlar-da, yong‘indan, tibbiy, FHV va boshqalar.) - odamlami tabiiy ofatlar va texnogen xavflari
mavjud joylardan qutqaradilar. Tashqi ishlar vazirligi - vaqtinchalik kelgan
mamlakatda har xil holatlargatushib qolgan fiiqarolarga konsullik himoyasi
xizmatini taqdim etadilar. Soiiq qo‘mitasi - iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi
kurashadi, standartlashtirish xizmati - iste’moichilarga taklif etiladigan tovar va
xizmatlar soni va sifatini nazorat qiladi, prokuratura - davlat va shaxsga qarshi
harakatlami oidini oladi, veterinariya va sanepideraiologiya xizmati - sanitariya
talablarini tekshiradi va boshqalar
3. Mikrodarajadagi tashkiUy mexanizm asosida. Bu sayohatchilarga bevosita
xizmatlar taklif etuvchi turistik korxonalardir. Masalan: turtirma marshrutni
sertifikatlaydi, sug‘urta kompaniyasi - sayohatchi hayotini sug‘uitalaydi,
mehmonxona yong‘in va epidemiologik xavfsizlikni ta’minlaydi, avtotransport
korxonalari mashinalaming texnik holatini tekshiradi. Mahalliy jamoa ham tashrif
buyuruvchilaming xavfsiziigini ta’minlashlari shart. Buning uchun gidlar maxsus
tayyorgarlikdan o‘tadiIar, marshrutlar xavfsizligi (yo‘llar toshloq, zaharli
o‘simliklar, yowoyi hayvonlar) tekshiriladi, turistlar maxsus moslamalar (palatka,
qutqaruv jileti, dori-darmon) bilan ta’minlanadi, qutqaruvchilar va o'rmon xizmat-
lari guruh kelgani va ulaming bu yerda bo‘Iish muddati haqida ogohlantiriladi.
Turistning o‘zi ham xavfsizlik qoidalariga rioya qilishi shart. Ya’ni uning hayoti va
sog‘iig‘iga nimalar xavf solishini anglashi, qabul qilingan talablarga rioya qilishi,
hushyor bo‘lishi zarur.
|