|
mavzu. Turizm bozori va xizmatlari tushunchasi, ularning xususiyatlari Ma’ruza xajmi soat Reja
|
bet | 5/6 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 1,64 Mb. | | #117096 |
Bog'liq 2 mavzu - Individual tur. Guruhli tur
- Xizmatlar paketi (to‘plami) Amaliyotda asosiy turistik mahsulot bu xizmat ko‘rsatish majmuasidir, ya’ni turistlarga yagona paketda sotiluvchi xizmatlarning standart to‘plami. Xizmatlar paketi (to‘plami)-turoperator tomonidan yaratilgan bo‘lib, ma’lum xizmatlar to‘plamidan: tashish, joylashtirish, ovqatlanish, ekskursiyalar va h.k.dan iborat turistik mahsulotdir. Turdagi xizmatlar paketi turist tomonidan tanlangan turistik dam olish turi bo‘yicha ularning ehtiyojlari va sayohat maqsadidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. Tur va uning paketini shakllantirishda turistlar bilan ishlashning ikki varianti mavjud:
- a) buyurtmali turlar sotilishi;
- b) inklyuziv turlar sotilishi.
Turto‘plam (turpaket) – iste’molchilarga guruhli yoki individual variantlar bo‘yicha taqdim etiladigan xizmatlar to‘plamiga kiradi. Turpaketni tashkillashtirishga ta’sir etuvchi omillar: - Turto‘plam (turpaket) – iste’molchilarga guruhli yoki individual variantlar bo‘yicha taqdim etiladigan xizmatlar to‘plamiga kiradi. Turpaketni tashkillashtirishga ta’sir etuvchi omillar:
- berilgan sayohatga talabning mavjudligi;
- xizmatlar, infratuzilma, moddiy bazaning mavjudligi;
- aviakompaniyalar va boshqa transport kompaniyalari bilan munosabati;
- jo‘natuvchi va qabul qiluvchi mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar;
- hamkor turistik tashkilotlar bilan munosabat;
- belgilangan mamlakatda turizmning rivojlanish darajasi;
- belgilangan mamlakatning siyosiy barqarorligi.
Buyurtmali tur. - Buyurtmali tur.
- Buyurtmali turlarni sotishda dasturni shakllantirish va xizmatlar tarkibini Yaxlitlash turist xohishiga binoan, uning bevosita ishtirokida amalga oshiriladi. Turistga taklif etilayotgan dam olish maskanida turli xil tur xizmatlarning har biri bo‘yicha turli xizmat ko‘rsatish variantlari taklif etiladi:
- joylashtirish-joylashgan joyi va turi, darajasi bo‘yicha turli xil mehmonxonalar;
- ovqatlanish-turli variantlar (to‘liq yoki yarim pansion, yoki umuman ovqatlanishsiz) shved stoli yoki «alya kard» va h.k.;
- ekskursiyalar va ko‘ngilochar xizmatlar;
- transport xizmatlari – aviauchish variantlari, temiryo‘l tashuvlari, avtomobil ijarasi va h.k.;
- sport va davolanish kurort xizmatlari;
- viza xizmatlari, shuningdek, sug‘urta xizmatlari.
- Yuqorida aytilganidek, bunday turlarni tuzishda turistning o‘zi bevosita ishtirok etishi ham mumkin.
|
| |