|
Mavzu: uchburchakning asosiy elementlari: medianasi, balandligi va bissektrisasi
|
bet | 2/3 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 276,5 Kb. | | #113560 |
Bog'liq Uchburchakning-asosiy-elementlari-mavzusida-dars-ishlanmaUchburchak va uning turlari
Uchburchakka ta`rif bering ?
|
Uchburchak turlarini sanang ?
|
O`tkir burchakli uchburchak bilan o`tmas burchakli uchburchak farqini ayting ?
|
Bu savol – javoblar orqali o’tilgan mavzularga doir bilimlar mustahkamlab olinadi.
O`xshashligi
1. Uchburchak uchidan chiqadi
2. Qarshisidagi tomonga tushadi.
I. Yangi mavzuni yoritishga hozirlik:
Mavzuda maktab geometriya kursi uchun an’anaviy bo'lgan o'quv materiali bayon etilgan. Uchburchak va uning turlari haqida о`quvchi to'liq ma`lumotga ega bo‘lganligi sababli, ushbu mavzuni o'tishga asos bor. Наг bir uchburchakda uchta mediana, uchta balandlik va uchta bissektnsa o’tkazish mumkinligi darslikda chizmalar orqali mazmunli berilgan.
I I. Yangi mavzuni yoritish.
Uchburchak uchini shu uch qarshisidagi tomonning o`rtasi bilan tutashtiruvchi kesma uchburchak medianasi deyiladi
U chburchak burchagi bissektrisasining uchburchak ichida yotgan qismi uchburchak bissektrisasi deyiladi
U chburchak uchidan shu uch qarshisidagi tomon yotgan to`g`ri chiziqqa tushirilgan perpindikulyar, uchburchak balandligi deb ataladi
o‘quvchilar 4ta guruhga bo’linadi Har bir guruhga 3 tadan teng yonli, teng tomonli, to'g'ri burchakli, ixtiyoriy tomonli bir xil turdagi uchburchaklardan tarqatiladi. O‘quvchilar uchburchaklarga mediana, bissektrisa va balandliklar yasaydilar va xulosalarini aytadilar.
III. Yangi mavzuni mustahkamlash:
darslikda yechib ko'rsatilgan masala mavzuni mustahkamlashga asos bo`ladi.
u chburchakning medianasi, bissektrisasi va balandltoi tushunchalarini mustahkamlash maqsadida sinf 4 ta guruhga bo'linadi va quyidagi mashqlar guruhlar uchun mustaqil ish sifatida beriladi:
1. MNK uchburchakning MK = 6 sm tomoniga NP mediana o'tkazilgan. PK kesma qanchaga teng?
Yechish: Bizga MK tomon berilgan 6sm. NP esa shu tomonga tushgan mediana. Bundan ko`rinadiki PK=MK/2=3
2 COD uchburchakning DN bissektrisasi o'tkazilgan. Agar CDO=100° ga teng bo‘lsa, ODN qancha bo'lishi mumkin?
Yechish: Bizga D=1000 berilgan, DN esa Bissektrisa. Bissektrisa xossasiga ko`ra ODN d ning yarmiga teng.
3.KPE uchburchakning KH balandligi o`tkazilgan. KHE nimaga teng.
Yechish: Balandlik ta`rifiga ko`ra Balandlik qarshisidagi tomonga perpendikular tarzda o`tadi ya`ni 900 ga teng.
IV. ABC uchburchakda A= B= C=600 va BD balandlik. ABD uchburchakning burchaklarini toping.
Y echish: Bizga uchburchak burchaklari berilgan bulardan berilgan uchburchak muntazam uchburchak ekani kelib chiqadi. Tabiiyki balabdlik asosga 900 da tushadi bu esa DBC=300 , BDC=900 va c esa 600 ekani kelib chiqadi
Javoblar doskada birgalikda muhokama qilinadi.
|
| |