|
Mavzu: «Uzatmalar qutisini qismlarga ajratish va yig‘ish»
|
bet | 3/4 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #255392 |
Bog'liq uzatmalar-qutisininqismlarga-ajratish-va-yigishBirlamchi val 8 ilashish muftasining yetaklanuvchi diski siquvchi disk orqali maxovik bilan tutashadi, ikkilamchi val 7 esa birlamchi valdan shesternyalar tishlashish orqali burovchi momentni asosiy uzatmaga o‘tkazib beradi. Ko‘rsatilgan chizmadagi 1,2 va 3 shesternyalar yetakchi valda surilib, valdagi 4, 5 va 6 chi qo‘zg‘almas shesternyalar bilan tishlashish natijasida harakat ikkilamchi valga uzatiladi. Buning uchun richag orqali sirpanuvchi o‘qni surib, qo‘zg‘aluvchi shesternyani ayri ta’sirida birortasini uzatmaga ta’luqli qo‘zg‘almas shesternyasi bilan tishlashtiriladi. Shesternyalar to‘liq tishlashgan holatda valni fiksator qaydlab qo‘zg‘alishga yo‘l qo‘ymaydi. Bu ko‘rilgan misolda uchta uzatma mavjud bo‘lib, I-uzatma 1 va 6, II-uzatma 2 va 5 III-uzatma esa 3 va 4 shesternyalarning ilashish natijasida harakat uzatiladi. - Birlamchi val 8 ilashish muftasining yetaklanuvchi diski siquvchi disk orqali maxovik bilan tutashadi, ikkilamchi val 7 esa birlamchi valdan shesternyalar tishlashish orqali burovchi momentni asosiy uzatmaga o‘tkazib beradi. Ko‘rsatilgan chizmadagi 1,2 va 3 shesternyalar yetakchi valda surilib, valdagi 4, 5 va 6 chi qo‘zg‘almas shesternyalar bilan tishlashish natijasida harakat ikkilamchi valga uzatiladi. Buning uchun richag orqali sirpanuvchi o‘qni surib, qo‘zg‘aluvchi shesternyani ayri ta’sirida birortasini uzatmaga ta’luqli qo‘zg‘almas shesternyasi bilan tishlashtiriladi. Shesternyalar to‘liq tishlashgan holatda valni fiksator qaydlab qo‘zg‘alishga yo‘l qo‘ymaydi. Bu ko‘rilgan misolda uchta uzatma mavjud bo‘lib, I-uzatma 1 va 6, II-uzatma 2 va 5 III-uzatma esa 3 va 4 shesternyalarning ilashish natijasida harakat uzatiladi.
- Bunday konstruksiyaning kamchiligi shesternyalar qo‘shilishi paytida ularning tishlari bir-biriga urilish sababli yeyilishi jadallashadi. Shesternyalarning massasi va aylanishlar soni orasidagi farq qancha katta bo‘lsa ularning qo‘shilish chog‘idagi zarb kuchi shuncha shiddatli bo‘ladi, bu sinishga ham sabab bo‘ladi. Zamonaviy avtomobillarda uzatmalarni shovqinsiz, zarbsiz ulash, boshqarishni yengillashtirish, ishonchli ishlashini ta’minlash va ishlash muddatini oshirish maqsadida maxsus qurilma talab etiladi. Qo‘yilgan barcha talablarni bajarishni ta’minlovchi mexanizm bu sinxronizatordir.
Sinxronizatorli uch pog‘onali tezliklar qutisining chizmasi 6-rasmda ko‘rsatilgan.
|
| |