Mavzu: «Uzatmalar qutisini qismlarga ajratish va yig‘ish»




Download 0,64 Mb.
bet1/4
Sana27.05.2024
Hajmi0,64 Mb.
#255392
  1   2   3   4
Bog'liq
uzatmalar-qutisininqismlarga-ajratish-va-yigish

MAVZU: «Uzatmalar qutisini qismlarga ajratish va yig‘ish».

Reja :

1. Uzatmalar qutisini ko‘rsatilgan ketma-ketlikda qismlarga ajratib olish.

2.Uzatmalar qutisining ichki tuzilishi.

3. Bir-biriga nisbatan o‘rnatilishi va ishlashini o‘rganib yana o‘z o‘rniga yig‘ish.


Zamonaviy avtomobillarda pog‘onali va pog‘onasiz uzatmalar qutisi qo‘llanadi. Pog‘onali uzatmalar qutisi asosan tishli (shesternyali) mexanizmdan tashkil topgan.
Avtomobilning har xil yo‘l sharoitiga moslashib tezlik va tezlanishni ta’minlab, uzatish soni har xil qiymatga ega bo‘lgan bir nechta juft tishli shesternyalar orqali amalga oshiriladi. Yengil avtomobillarda uzatish soni uch, to‘rt yoki besh pog‘onali, yuk avtomobilida esa to‘rt, besh ba’zan sakkiz va undan ham ko‘proq bo‘ladi.
Uzatmalar qutisining pog‘onasi qanchalik ko‘p bo‘lsa, dvigatelning quvvatidan unumli foydalanish imkoniyati shuncha ortadi va yonilg‘i sarfini kamaytirish imkoniyatini beradi.
Tezliklar qutisining turlari quyidagicha tasniflanadi:
  • Tishli uzatmaning turiga qarab

  • A) Qo‘zg‘almas o‘q yoki valli
    B) Qo‘zg‘aluvchi o‘q yoki valli (planetar mexanizmli)
  • Shesternyalarni o‘zaro tishlashishiga qarab

  • A) Qo‘zg‘aluvchi shesternyali
    B) Doimiy tishlashib turuvchi shesternyali
  • Vallarni avtomobilga nisbatan joylanishi

  • A) Uzunasiga joylashgan
    B) Ko‘ndalang joylashgan
  • Val soniga qarab

  • A) Ikki valli
    B) Uch valli
    C) To‘rt valli
  • Tezlikni almashlab qo‘shish turiga qarab

  • A) Mexanik
    B) Gidravlik
    C) Gidromexanik (aralashgan).

Barcha turdagi tezliklar qutisi tezlikni avtomobilning tortish kuchi va yo‘l sharoitiga qarab o‘zgartirish imkonini beradi.
Zamonaviy avtomobillarda uzatmalar shovqinsiz, ya’ni zarbsiz ulash, boshqarishni osonlashtirish, ishonchli ishlash muddatini oshirish maqsadida uzatmalar qutisining turli konstruksiyalari yaratilmoqda.
Haydovchining qo‘l kuchi bilan harakatga keltiradigan mexanik qurilmali uzatmalar qutisi keng tarqalgan. Ba’zi avtomobillarda o‘tag‘onligi yuqori bo‘lishi uchun taqsimlash qutisi qo‘llaniladi. Uzatmalar qutisini zarbsiz qo‘shish imkonini sinxronizator deb ataluvchi mexanizm bajaradi. Unining tuzilishi 1-rasmda ko‘rsatilgan.

Download 0,64 Mb.
  1   2   3   4




Download 0,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: «Uzatmalar qutisini qismlarga ajratish va yig‘ish»

Download 0,64 Mb.