• Uzatmalar qutisini qismlarga ajratish va yig‘ishda texnika xavfsizligi
  • -rasm. Sinxronizatorli uch pag‘onali tezliklar qutisi




    Download 0,64 Mb.
    bet4/4
    Sana27.05.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #255392
    1   2   3   4
    Bog'liq
    uzatmalar-qutisininqismlarga-ajratish-va-yigish

    6-rasm. Sinxronizatorli uch pag‘onali tezliklar qutisi:
    1-yetakchi val shesternyasi; 2-tishli bor konusli latun halqa; 3-mufta; 4-vilka (ayri);
    5-halqa; 6-ikkilamchi val shesternyasi; 7-qaydlovchi (stopor) barmoq;
    8-qo‘shish shesternyasi; 9-shesternyaning tishli gardishi.
    Konus shaklida yasalgan latun halqa 5 sirtida tishli gardish yasalgan. Sinxranizator yordamida uzatmani qo‘shish jarayonini ko‘rib chiqamiz. Bunda ayri 4 bilan mufta 3 shesternya 6 tomon o‘nga suriladi. Avval mufta ponalagich orqali biriktiruvchi halqaning III-uzatma shesternyasidagi konus yuzasiga qisilguncha suradi. Shunda konus yuzalarda hosil bo‘lgan ishqalanish hisobiga biriktiruvchi halqa 2 muftaga nisbatan juda kichik tirqish hosil qilib buriladi.Bu holatda halqa tishlarining bir-biriga uchma-uch tiralishiga olib keladi, shu sababli halqa katta kuch bilan shesternyani konus yuzasiga to‘liq siqadi. Qo‘shadigan shesternya 8 bilan halqaning, shuningdek yetaklanuvchi valning burchak tezligi tenglashadi, shu tufayli mufta yanada o‘nga siljiydi va uning tishlari tishlashib, so‘ngra shesternya 4 ning tishli gardishi 9 ga to‘liq surilib, oson shovqinsiz ilashadi.
    Uzatmalar qutisini qismlarga ajratish va yig‘ishda
    texnika xavfsizligi
    Ish avvalida uzatmalar qutisidagi moy to‘kilgan bo‘lib, ish joyi, asbob-uskunalar moy bo‘lishi va to‘kilishiga yo‘l qo‘yilmasin, bu sirpanib yiqilish yoki qo‘lni shikastlanishiga olib keladi. Moy to‘kilgan hollarda darhol yog‘och qirindi sepilib, quruq holatga kelguncha tozalab olinsin va artilsin. Uzatmalar qutisi moslama yoki maxsus stendga ishonchli mahkamlansin. Asbob-uskunalar o‘z vazifasi bo‘yicha ishlatilsin. Qo‘zg‘aluvchi detallarni olishda va o‘rniga qo‘yishda qo‘lni qisib qolishdan ehtiyot bo‘ling.
    Podshipniklarni chiqarishda moslamani to‘g‘ri joylashtirib, vintni siltamasdan burashga harakat qiling. Pressda chiqarish imkoniyati bo‘lsa valni tik holatda bo‘lishini ta’minlang. Agar val holati o‘zgarsa, pressni to‘xtatib, bosuvchi gidrotsilindrni orqaga qaytarib, valni qaytadan tik holatga keltirgach chiqarishni davom eting. Valdagi shlitsalarni zarbadan saqlang, aksincha shesternyalarni chiqarish va kiritishiga yo‘l qo‘ymaydi.
    Rezbali birikmalarni ko‘rsatilgan burash momentidan ortiq mahkamlamang, bu boltni uzilib ketishi va shikastlanishga sabab bo‘ladi. Urib chiqarish va kiritish moslamalarini to‘g‘ri yo‘naltiring. Uni zarba berish joyidan 25-50 mm pastroqdan ushlang. Bolg‘a dastagi ishonchli o‘tqazilgan bo‘lib, toza va quruq holatda ishlatilsin. Yaroqsiz – asbob uskunalardan foydalanish man etiladi, bu xavfsiz ishlashning asosiy tamoyili bo‘lib, unumli ishlashga imkon beradi.
    Asboblarni ishlatishda ularni toza bo‘lishi va o‘z joyiga qo‘yilishiga odatlaning. Har qanday ishni bajarishda shoshilib, chala bajarmang. Ehtiyotkorlik baxtsiz hodisa va shikastlanishni oldini oladi, buni unutmang!
    Download 0,64 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Sinxronizatorli uch pag‘onali tezliklar qutisi

    Download 0,64 Mb.