• Mavzu: Vallarga ishlov berish tipaviy texnologik jarayonlari
  • Vallar aniqligi bo’yicha guruhlanishi
  • Mavzu: Vallarga ishlov berish tipaviy texnologik jarayonlari




    Download 334.92 Kb.
    Sana05.04.2024
    Hajmi334.92 Kb.
    #189216
    Bog'liq
    Abdulaziz maxsus kurs (2)
    algoritmlash va dasturlash, dreamweaver mx imkoniyatlaridan fojdalanib orgatuvchi dasturlar yaratish metodikasi , RNB TEST LOGO ОРАЛИККА ШУНДАН ОЛИНДИo\'zb 3 30807

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI Olmaliq filiali “ Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi «Mashinasozlik texnologiyasi (maxsus kurs)» fanidan MUSTAQIL ISH Bajardi: 7b-20MT guruh talabasi Jasurov A Tekshirdi: Normurodov U

    Mavzu: Vallarga ishlov berish tipaviy texnologik jarayonlari

    Mavzu: Vallarga ishlov berish tipaviy texnologik jarayonlari

    • Reja:
    • 1.Vallarga ishlov berish
    • 2.Vallarning sinflanishi
    • 3.Vallar aniqligi bo’yicha guruhlanishi

    Mashinalarning mexanik uzatmalarida vallar yuqori yuklanishlar va aylanishlar sharoitida ishlaganligi sababli ularning konstruksiyalariga yuqori talablar qo‘yiladi. Vallar aylanma jismlar sinfiga kiradi va ular konstruksiyasi bo‘yicha silliq, pog‘onali, yaxlit va g‘ovak ko‘rinishlarda bo‘ladi. Vallar geometrik o‘qining shakliga ko‘ra to‘g‘ri, tirsakli, krivoshipli va ekssentrikli turlarga bo‘linadi. Mashina va mexanizmlarda pog‘onali vallar ko‘proq qo‘llaniladi. Val uzunligining diametriga nisbati 10 dan kichik bo‘lsa bikr vallar ushbu qiymat 10 dan katta bo‘lsa bikrmas vallar, ya'ni l/d < 10 - bikr, l/d > 10 -bikrmas vallar hisblanadi. Bikrmas vallarga ishlov berish (yo‘nish, jilvirlash va xok.) da lyunetlardan foydalaniladi. Podshipnik osti bo‘yinchalariga ega bo‘lgan va tishli g‘ildirak, shponka ariqchasi, shlitsali va rezbali yuzalarga ega bo‘lgan pog‘onali vallarni tayyorlash boshqa ko‘rinishdagi vallarga sermehnatli jarayon hisoblanadi. Vallarni tayyorlash iqtisodiyligi nuqtai nazardan qaraganda konstruksiyasida pog‘onalari diametri o‘rta pog‘onasi diametriga yoki valning oxirgi pog‘onasi diametriga nisbatan o‘sib borish tartibida joylashgan konstruksiyali vallar texnologiyabop hisoblanadi.

    Mashinasozlikda "vallar" sinfiga o‘qlar, barmoqlar, halqalar, sapfalar va boshqa aylanma sirtga ega bo‘lgan detallar (silindrik yoki konussimon) ham kiradi

    Vallar aniqligi bo’yicha guruhlanishi

    • Vallar aniqligi bo‘yicha 4 guruxga bo‘linadi: 1) o‘ta aniq vallar - ishchi bo‘yinchalari 4-5 aniqlik kvalitetlari bo‘yicha boshqa sirtlari 6-7 aniqlik kvalitetlari bo‘yicha; 2) aniq vallar - asosiy ishchi sirtlari 6-aniqlik kvaliteti bo‘yicha, boshqa sirtlari - 8-aniqlik kvaliteti bo‘yicha; 3) normal aniqlikdagi vallar - ushbu vallarning sirtlari 8-9 aniqlik kvaliteti bo‘yicha tayyorlanadi; 4) past aniqlikdagi vallar - asosiy sirtlarining o‘lchamlari 10-14 aniqlik kvalitetlari bo‘yicha tayyorlanadi.

    Vallarning o‘lchamlari aniqligiga, geometrik shakli va aloxida sirtlarining o‘zaro joylashishiga hamda xizmat vazifasidan kelib chiqqan holda quyidagi talablar qo‘yiladi: 1) valning barcha uchastkalari o‘qdoshligi va to‘g‘ri chiziqliligi belgilangan joizlik qiymati chegarasida - 0,03-0,06 mm/m bo‘lishi; 2) valning o‘tqazuvchi bo‘yinchalarining bazaviy bo‘yinchalariga nisbatan radial tepishi 0,01-0,03 mm chegarasida bo‘lishi; 3) valning tayanch yon sirtlari yoki o‘yiqlarining o‘q bo‘yicha tepishi 0,01 mm dan oshmasligi; 4) shponka ariqchalari yoki shlitsalari va o‘qlarining parallellikdan chetga chiqishi 100 mm uzunlikda 0,01 mm dan oshmasligi; 5) pog‘onalarining uzunligi joizliklari 0,05 – 0,2 mm gacha; 6) valning ishlov beriladigan bo‘yinchalari ellipssimonligi va konussimonligi ularning diametrlari joizligining 0,2-0,4 qiymati miqdorida bo‘lishi;

    7) valning tishli g‘ildirak o‘rnatiladigan o‘tqazish bo‘yinchalari sirtlari - Ra=0,5–2,0 mkm, dumalash podshipniklari o‘rnatiladigan o‘tqazish bo‘yinchalari - RZ = 0,63 – 2,0 mkm, sirpanish podshipniklari o‘rnatiladigan o‘tqazish bo‘yinchalari - RZ = 0,2 – 0,5 mkm, yon sirtlari - 3,2 – 10 mkm g‘adir- budirlikda ishlov berilishi; 8) vallardagi markazlovchi teshiklar tayyor detallarda saqlanib qolishi (agar valga qo‘yilgan texnik talablarda boshqa holatlar nazarda tutilmagan bo‘lsa); 9) vallar zagotovkalarida darzlar, rakovinalar va boshqa nuqsonlar bo‘lmasligi; 10) vallarni payvandlashga yo‘l qo‘yilmasligi; 11) aloxida mas'uliyatli vallar 100% qattiqlikka nazoratdan o‘tkazilishi; 12) vallarning barcha ishlov berilgan sirtlari omborga topshirishdan avval zanglashga qarshi moylanishi kerak.

    Xulosa: Vallarga ishlov berish ularning sinflanishi , aniqliklari va shu kabu vallar haqida ko’p malumotlarga ega bo’ldim.

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI Asosiy adabiyotlar 1. Bursev V.M. i dr. Texnologiya mashinostroeniya. V 2-x t. -M.: Izd. MGTU im. N.E. Baumana, 1998 g. 563 s. 2. Suslov A.G. Texnologiya mashinostroeniya. –M.: Mashinostroenie, 2013. – 336 s. 3. M.F. Pashkevich i dr. Texnologiya mashinostroeniya: uch. pos. /pod red. Pashkevicha N.F. -Minsk: Novoe znanie, 2008. – 478 s. 4. Omirov A., Kayumov A. Mashinasozlik texnologiyasi. -Toshkent: O‘zbekiston, 2003.- 382. 5. Mirzaev A.A. Sotvoldiev A.E. Mamurov E.T. Mashinasozlik texnologiyasi (maxsus qism). O‘quv qo‘llanma. Farg‘ona-texnika, 2010-212 b. 6. Matalin A.A. Texnologiya mashinostroeniya. – M.: izd. Leningr. otd. Mashinostroenie, 1985. - 556 b


    Download 334.92 Kb.




    Download 334.92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Vallarga ishlov berish tipaviy texnologik jarayonlari

    Download 334.92 Kb.