29
valyuta kursi qadrsizlanganda qat’iy pul-kredit siyosati, valyutaning qadri maqsadli
darajadan ko‘proq oshganda yumshoq pul-kredit siyosati yuritiladi.
Valyuta kursini targetlash rejimi aniqligi va oddiyligi sababli aholi, xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlari va bozorning boshqa ishtirokchilari tomonidan oson
tushuniladi.
Mazkur rejimning yana bir ijobiy tomoni moliyaviy institutlar yaxshi
rivojlanmagan sharoitlarda ham u o‘zining samaradorligini saqlab qoladi. Bunday
vaziyatda valyuta kursiga pul-kredit siyosati choralari va valyuta intervensiyalari
orqali ta’sir ko‘rsatiladi.
Shu bilan birga, kapital oqimlari kuchli bo‘lgan davrlarda ushbu rejimni
samarali qo‘llash imkoniyati cheklanadi va iqtisodiy inqiroz davrida markaziy
bankning valyuta kursini barqarorlashtirish borasidagi vazifasini qiyinlashtiradi.