Bular:  –  valyuta intervensiyasi




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana18.05.2024
Hajmi1,73 Mb.
#242816
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Микро. Макро. Курс иши намуна

Bular: 

 valyuta intervensiyasi; 

devalvatsiya; 

revalvatsiya; 

 valyuta rezervlarini diversifikatsiyalash. 
 valyuta intervensiyasi
Markaziy bank deviz siyosatining keng tarqalgan 
shakli hisoblanadi. Markaziy bankning milliy valyuta kursiga ta’sir etish 
maqsadida valyuta bozorida chet el valyutalarini sotib olish yoki aksincha, sotish 
valyuta intervensiyasi deyiladi. 
Hozirgi davrda valyuta intervensiyasidan ko’ zlangan asosiy maqsad valyuta 
kursining qisqa vaqt oralig’ ida kutilmaganda yuzaga keladigan keskin 
tebranishlariga barham berish hisoblanadi. 
Deviz siyosatining instrumentlaridan yana biri devalvatsiyadir. 
Devalvatsiya
– (lotincha so’ zdan olingan bo’ lib, «qadrining tushishi» degan ma’noni anglatadi) 
milliy valyutaning chet el valyutalariga yoki xalqaro hisob-kitob pul birliklariga 
nisbatan qadri tushishidir. Inflyatsiyaning kuchayishi va mamlakat to’ lov 
balansining salbiy qoldiqqa ega bo’ lishi devalvatsiyaning kelib chiqishiga sabab 
hisoblanadi. Uning yuzaga kelishida quyidagi 2 xil sabab qayd qilinadi: 

eksportni rag’ batlantirish; 

milliy valyutaning rasmiy kursi bilan uning real xarid quv-vati o’ rtasida 
sezilarli tafovutning paydo bo’ lishi. 


19 
Revalvatsiya
– (lotincha so’ zdan olingan bo’ lib, «qadrini oshirish» 
ma’nosini anglatadi) milliy valyutaning chet el valyutalariga erkin, xalqaro hisob-
kitob pul birliklariga nisbatan qadrining oshishidir. Uning kelib chiqishiga sabab 
inflyatsiyaning nihoyatda past darajada bo’ lishi va uzoq vaqt davomida mamlakat 
to’ lov balansining aktiv qoldiqqa ega bo’ lishi, milliy firma va kompaniyalarning 
jahon savdo bozorida raqobatbardoshligidadir. 
Jahon amaliyotida revalvatsiya devalvatsiyaga nisbatan kam qo’ llaniladi, bu 
jarayonni faqat dunyoning eng rivojlangan industrial mamlakatlari amaliyotidagina 
uchratish mumkin. 
Deviz siyosatining yana bir muhim instrumentlaridan biri – bu valyuta 
rezervlarini diversifikatsiya qilishdir. 
 valyuta rezervlarini diversifikatsiya qilish
deganda bir vaqtning o’zida bir 
necha valyutada rezervlarni tashkil qilish tushuniladi. Bu valyuta rezervlarining 
tarkibi barqaror bo’ lgan valyutalar hisobidangina amalga oshiriladi. 

Download 1,73 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish