30
valyuta bozorida cheklovlarning o‘rnatilishi natijasida iqtisodiyotda xufyona
valyuta bozori va turli ayirboshlash kurslarining yuzaga kelishiga sabab
bo‘ladi;
•
milliy valyuta ayirboshlash kursining bir necha marta rejali devalvatsiyasi
amalga
oshirilganda, devalvatsion va inflyatsion kutilmalarning kuchayishi
oqibatida inflyatsiya darajasi oshishi xatari yuzaga keladi;
•
nominal ayirboshlash kursi qat’iy belgilanadigan sharoitda real ayirboshlash
kursining oshishi to‘lov balansining yomonlashishiga va iqtisodiyotda
devalvatsion xatarlarning ortishiga olib keladi;
•
narxlar darajasi va ayirboshlash kursiga bo‘lgan bosimning kuchayishi
markaziy banklarning moliyaviy barqarorlikni ta’minlashdagi imkoniyatiga
nisbatan ishonchsizlikni keltirib chiqaradi. Mazkur sharoitda barqarorlikni
ta’minlashga foiz stavkalarining oshirilishi orqali erishiladi. Bu esa o‘z
navbatida, iqtisodiyotning real sektori rivojlanishiga o‘zining salbiy ta’sirini
ko‘rsatadi.
Xorijiy
mamlakatlar, shu jumladan, mustaqil davlatlar hamdo‘stligi
davlatlari tajribasi ayirboshlash kursini targetlash oltin-valyuta zaxiralarining
sezilarli darajada kamayishi, kursning sun’iy ravishda ushlab turish oqibatida
mahalliy ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshligining pasayishi,
eksport sektori
rivojlanishining sekinlashishi va iqtisodiyotning tashqi omillarga ta’sirchanligining
oshishi kabi qator salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.
Bugungi kunda aholining inflyatsion kutilmalari ko‘p jihatdan valyuta
bozoridagi almashuv kursining dinamikasi bilan bog‘liqligini inobatga olgan holda,
qisqa muddatli davrda milliy valyuta kursining barqarorligini ta’minlash pul-kredit
siyosatining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Bunda, almashuv kursi barqarorligini ta’minlash vazifasi bevosita markaziy
bankning to‘g‘ridan-to‘g‘ri intervensiyalari hisobiga emas, balki quyidagi
choralarni bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirish orqali ta’minlanadi:
•
qisqa muddatli davrda valyuta kursi o‘zgarishi tebranishlari kengligini
bosqichma-bosqich oshirish yo‘li bilan valyuta bozoridagi talab va taklif
31
muvozanatiga erishish hamda valyuta bozorini ta’minlanganlik
darajasini
oshirish;
•
pul-kredit siyosatining foiz va boshqa instrumentlarini ustuvor ravishda
qo‘llash hamda bank tizimida tegishli hajmdagi likvidlikni saqlab turish
orqali valyutaga bo‘lgan talabga ta’sir ko‘rsatish.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun Markaziy bank “xalqaro valyuta
zaxiralarining neytralligi” tamoyiliga amal qiladi, ya’ni ishlab chiqaruvchilardan
qimmatbaho metallarni xarid qilish natijasida bank
tizimiga tushgan milliy
valyutadagi mablag‘larning sterilizatsiyasini amalga oshiradi.
Shu bilan birga, iqtisodiyotda mavjud yuqori inflyatsion bosimning milliy
valyuta kursi barqarorligiga salbiy ta’sirini inobatga olib, kelajakda valyuta
kursining barqarorligini ta’minlash ko‘p jihatdan inflyatsiya darajasini
pasaytirishga bog‘liq bo‘ladi.
Real almashuv kursining muvozanatli darajasini ta’minlash
uchun valyuta
kursining dinamikasi ichki bozordagi hamda asosiy savdo hamkor mamlakatlardagi
narxlar darajasining o‘zgarishini o‘zida aks ettirishi kerak.
Ushbu jihatlar hamda valyuta bozorining joriy rivojlanganlik darajasini
inobatga olgan holda, Markaziy bank intervensiya siyosatida dastlabki
bosqichlarda asosiy e’tibor fundamental omillar emas, balki qisqa muddatli davrda
valyuta bozorida talab va taklifning nomuvofiqligi natijasida yuzaga keladigan
valyuta kursidagi keskin tebranishlarning oldini olishga qaratiladi.
O‘rta muddatli istiqbolda ichki valyuta bozorini
rivojlantirish vazifasiga
valyutani tartibga solish va valyuta kursi shakllanishini liberallashtirish, jumladan,
almashuv kursi tebranishi chegaralarini oshirish vositasida erishiladi.
Bu, o‘z navbatida, valyuta bozorining rivojlanish va ta’minlanganlik
darajasini oshirishga hamda valyutaga bo‘lgan talab va taklifning muvozanatiga
erishish uchun bozor mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Valyuta svopi, valyuta opsionlari, fyucherslar va shu kabi instrumentlarni
amaliyotga joriy qilinishi valyuta bozorini rivojlantirish va valyuta almashuv kursi
barqarorligini ta’minlash uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratadi.
32
Inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish jarayonida samarali pul-kredit
siyosatini amalga oshirish, o‘z navbatida, pul-kredit siyosati instrumentlari ta’sirini
cheklovchi omillarni aniqlash va bartaraf qilishni talab etadi.
Iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi
pul-kredit siyosati
instrumentlari
samaradorligiga
hamda
uning
transmission
mexanizmini
ko‘rilayotgan choralarni iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga o‘z vaqtida va to‘liq
o‘tkazish imkoniyatiga bog‘liq.
Pul-kredit siyosatini rivojlantirishning hozirgi bosqichida zamonaviy pul-
kredit instrumentlarini joriy etish, amaldagilarini takomillashtirish va ularning
ta’sir mexanizmini mustahkamlash, shuningdek ichki iqtisodiy cheklovlarni
bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni
amalga oshirishga ustuvor
ravishda e’tibor qaratiladi.
Yangi iqtisodiy voqelikda pul-kredit instrumentlaridan foydalanish
samaradorligini oshirish chora-tadbirlari kompleksida majburiy zaxira talablarini
takomillashtirish ham ko‘zda tutilgan.
Bunda, amaldagi majburiy zaxiralash tartibi banklarning likvidligiga
qo‘yilgan prudensial talablarni hisobga olgan holda zaxiralash me’yorlari,
valyutasi va hisoblash bazalarini optimallashtirish orqali takomillashtiriladi.