Tog’ay to’qimasi hajayralari Jalolova Nilufar




Download 6 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi6 Kb.
#49812
Bog'liq
Tog’ay to’qimasi hajayralari-fayllar.org
Òog’ay òo’qimasi, Каримова, Bog‘cha yoshidagi bolalarning yashash sharoiti va psixik rivojla, mehnat shartnomasi namuna texnik xodimlar uchun, 6xbnN40M2JxSSXGXDhjoFISuLDZVdGY17Us8rcwE

Tog’ay to’qimasi hajayralari

Tog’ay to’qimasi hajayralari

Jalolova Nilufar

Togay to’qimsi hujayralari tuzilishi va vazifasiga ko’ra xondrosit va xondroblastlarga bo’linadi.


  • Togay to’qimsi hujayralari tuzilishi va vazifasiga ko’ra xondrosit va xondroblastlarga bo’linadi.

      Xondosit togay to’qimasining asosiy qismini tashkil etadi. Odatda, yumaloq yoki ovalsimon shaklda bo’lib, tashqi yuzasi noteks, hujayra yuzasida mikrovorsinalarga o’xshash o’simtalar bor. Har bir togay hujayrasi yoki bir nechta hujayradan tashkil topgan bir guruh hujayralar to’qimaning oraliq moddasida hosil bo’lgan bo’shliqlarda joylashadi.

Togay hujayralarining bo’shliqda hosil qilgan guruhi izogen guruh deyiladi. Odatda, bunday guruhlar bitta ko’payishi natijasida hosil bo’ladi. Har bir togay hujayrasida bittadan, ayrimlarida ikkitadan yadro bo’lib, bu yadrolar ichida bo’yoqlarga yaxshi bo’yaladigan bitta yoki ikita yadrocha bo’ladi.

Elektron mikroskopda hujayra sitoplazmasida mitoxondriy, donador endoplazmatik to’r va yaxshi rivojlangshan Golji kopleuksini ko’ramiz. Yosh togay hujayralarida mitoxondriylarning soni odatda ko’p bo’ladi, boshqa orgaoidlarning shakli ham aniq ko’rinadi.

Xondroblast kam tabaqalangan yosh hujayra bo’lib, shakli yassi, o’rtasida bitta yadrosi bor. Togayning ustki pardasiga yaqin joylarida ko’p uchraydi. Xondroblast doim ko’payib turish xususiyatiga ega. Ko’payishi natijasida yangi togay hujayralari-xondrositlar hosil bo’ladi. Natijada togay periferik qismiga qarab o’sadi. Togayning bunday o’sishigaperiferik (oppozision) o’sish deyiladi.

Xondroblastlarning ikkinchi xususiyati hujayralararo modda-kollagen hosil bo’lishida aktiv ishtirok etishdir. Kollagen hujaylralararo modda bo’lib, uning tarkibida tropokollagen, elastik va togayning asrsiy moddasi uchraydi. Xondroblast sitoplazmasida RNK ko’p, hujayra orgaoidlari ham yaxshi rivojlangan.

Togay to’qimaning hujayralararo moddasi. Togay to’qimaning hujayralararo moddasi kollagen (xondrin) va kamroq uchraydigan elastik tolalardan hamda asosiy amorf moddadan tashkil topgan. Xondrin tolachalari ximiyaviy tuzilishiga ko’ra biriktiruvchi to’qima tarkibida uchraydigan kollagen tolachalarga o’xshaydi. Mikroskopda oddiy nur yordamida ko’rinmaydi uni ko’rish uchun tripsin, bariyli suv bilan impregnasiya qilish kerak. Shunda tolachalarning to’rsimon shaklda joylashganldigi yaxshi ko’rinadi.

Togay to’qimasining asosiy amorf moddasi protein va uglevoddan tashkil topgan. Ular bir-biri bilan mustahkam birikishi natijasida togayning asosiy moddasi-xondramukoid birikmasi hosil bo’ladi, ya’ni bunda xonldroitin sulfat kislota ogsil bilan birikadi. Gistologtk preparatlarda xondroitin sulfat kislota asosiy bo’yoqlarga bazofil, ya’ni to’q bo’yaladi. Kollagen tolachalar oksifil, ya’ni ancha och bo’yaladi.

Togay to’qimasi tarkibida tolalar va xondromukoid modda notekis joylashganligi uchun bo’yalishi ham turlicha bo’ladi. Togay hujayralari va izogen guruhlarining atrofida xondromukoid ko’p bo’lib, to’qimaning boshqa joylariga nisbatan bo’yoqlarga bazofil, ya’ni to’q bo’ladi.

Xondromukoid moddalarning to’qimada notekis joylashishi yoshi o’tgan organizmda ro’y rost ko’zga tashlanib turadi. Bunday jarayon natijasida to’qima pishiqligini yo’qotadi. Keyinchalik uning ichki qismlarida, ya’ni oziq modda yetib borishi qiyin joylarda kalsiy tuzlari yig`ilib, to’qimani yanada mo’rt, sinuvchan qilib qo’yadi. Bu to’qima elastikligini yo’qotdi, degan so’zdir.

Gialin (yaltiroq) togay to’qima. Gialin togay organizmda uchraydigan togaylarning asosiy qismini tashkil etadi. Gialin togay nafas olish sistemasining havo o’tadigan naysimon qismi bilan embrion skeletining ko’pgina qismini tashkil etadi. Bundan tashqari, qovurgalarning to’sh suyagi bilan birikadigan joyda, uzun naysimon suyaklarning epifiz va diafiz qismlari tutashadigan joylarida (metaepifizar togay), skelet suyaklarining bo’gim yuzalarida uchraydi.

Bo’yalmagan togay to’qima yaltiroq, och pushti bo’lib, tashqi tlmondan biriktiruvchi to’qimadan iborat yupqa parda, ya’ni togay ustki pardasi (perixondriy) bilan o’ralgan. Bu parda asosan uzunchoq shakldagi togay hujayrasi-fibroblast va kollagen tolalardan tashkil topgan tutamlardan tuzilgan. Bularning orasida qon tomirlar bilan nerv tolalari tarqalgan.

Xondroblastlarning bo’linishi natijasida hosil bo’lgan yosh xondrositlar asta-sekin ajralib chiqib, togay to’qima hujayrasiga-xondrositga aylanadi. Togay pardasining ostida esa saosan duksiomn yosh xondrositlar bo’ladi. To’qimaning ichki qavatlarida xondrositlar ovalsimon yoki govak bo’ladi.

Ayrim xondroblastlarining bo’linishi natijasida hosil bo’lgan hujayralar bir-biridan uzoqlashib ketmay bitta kapsula ichida qolib, hujayra guruhini hosil qiladi. Bunday guruhga izogen guruhi deyiladi. Buni yuqoirida eslatib o’tgan edik.

To’qima ichidgi ayoim xondrositlar ham ko’payiщ xususiyatiga ega. Ana shunday ko’payish xususiyatiga ega bo’lgan hujayra I tip xondrositlar deyiladi. Demak, ma’lum bo’lishicha, togay to’qimada ikki xil o’sish jarayoni kechadi. Birinchi togay ustki pardasidagi xonroblastlarning ko’payishi natijasida (oppozision) o’sish sodir bo’lsa, ikkinchi to’qima ichidagi I tip xondrositlarning o’sishidir.

Togayning asosiy amorf moddasi yuqori molekulali polianin, galaktozaminglikol, glikozaminglikal, xondriosulfat, keratosulbfat, gailuronat va siadat kislota, geparindan tashkil topgan. Bular oqsillar bilanbirikishi natijasida hosil bo’lgan proteoglikaning molekulyar strukturasi togayni egiluvchan qilib turadi.



http://fayllar.org
Download 6 Kb.




Download 6 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tog’ay to’qimasi hajayralari Jalolova Nilufar

Download 6 Kb.