• Xoliq Xoliqovich Xoliqov oliy ma’lumotli pedagok, 2005-yil TDMU ni pedagogika yo’nalishi biologiya mutaxassisligi bo’yicha bitirgan
  • Umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori Salim Salimovich Salimov nomidan, keyingi o‘rinlarda «Ish beruvchi»




    Download 20.99 Kb.
    bet1/2
    Sana14.03.2024
    Hajmi20.99 Kb.
    #171212
      1   2
    Bog'liq
    mehnat shartnomasi namuna texnik xodimlar uchun
    Tog’ay to’qimasi hajayralari-fayllar.org, Òog’ay òo’qimasi, Каримова, Bog‘cha yoshidagi bolalarning yashash sharoiti va psixik rivojla, 6xbnN40M2JxSSXGXDhjoFISuLDZVdGY17Us8rcwE, Yong\'in xavfsizligi slayd taqdimot (1), CHME3 TEPLOVOZNING TUZILISHI

    1. Shahrisabz tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 000000-umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori Salim Salimovich Salimov nomidan, keyingi o‘rinlarda «Ish beruvchi» deb ataladi va fuqaro Xoliq Xoliqovich Xoliqov keyingi o‘rinlarda «Xodim» deb ataladi, mazkur shartnomani quyidagilar haqida tuzdik:
    2. Xodim Xoliq Xoliqovich Xoliqov oliy ma’lumotli pedagok, 2005-yil TDMU ni pedagogika yo’nalishi biologiya mutaxassisligi bo’yicha bitirgan
    1-malaka toifa sertifikatini 2008-yil olgan.
    Shahrisabz tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 000000-umumiy o’rta ta’lim maktabiga 9-razryad bilan kasbi bo‘yicha qarovul lavozimiga ishga qabul qilinadi.
    3. Shartnoma – asosiy ish bo'yicha hisoblanadi.
    4. Shartnoma muddati – nomuayyan muddatga.
    5. Shartnoma bo'yicha ishlash – 2022 yil 05 sentyabr kunidan tuzilgan deb hisoblanadi.
    6. Sinov muddati – sinovsiz.
    7. Xodimning majburiyatlari:
    a) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hamda boshqa qonunlar va qonunchilik hujjatlariga rioya qilish;
    b)Lavozim yo‘riqnomasida belgilangan o‘z xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishi,
    v)Ish beruvchining, yuqori turuvchi organ va tashkilotlarning buyruqlari, topshiriqlari, qarorlari, ko‘rsatmalarini bajarish (bunday buyruq, topshiriq, qaror, ko‘rsatma yaqqol qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lgan holatlar bundan mustasno);
    g) mehnatni muhofaza qilish talablariga, texnologiya intizomiga, mehnat xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari(ichki mehnat tartibi qoidalari, ustavlar va intizom to‘g‘risidagi qoidalar)ga rioya qilish;
    d) ish beruvchining qonuniy talablarini bajarish;
    e) mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish;
    j) lavozim yo‘riqnomalariga rioya qilish;
    z) XALIKK, MM bilan nazarda tutilgan malaka majburiyatlariga rioya qilish;
    y) ish beruvchining mol-mulkiga (shu jumladan uchinchi shaxslarning ish beruvchida turgan mol-mulkiga, agar ish beruvchi ushbu mol-mulkning but saqlanishi uchun javobgar boʻlsa) nisbatan ehtiyotkorona munosabatda boʻlishi, ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararning belgilangan tartibda va doirada qoplash;
    o) insonlarning hayoti va sogʻligʻiga, ish beruvchining mol-mulki (shu jumladan uchinchi shaxslarning ish beruvchida boʻlgan mol-mulkiga, agar ish beruvchi ushbu mol-mulkning but saqlanishi uchun javobgar boʻlsa) but saqlanishiga tahdid soladigan vaziyat yuzaga kelganligi toʻgʻrisida ish beruvchiga yoki bevosita rahbarga darhol xabar qilish;
    p)boshqa xodimlarning oʻz mehnat majburiyatlarini bajarishiga toʻsqinlik qiluvchi harakatlarni sodir etmasligi;
    i) qonunchilik va boshqa normativ hujjatlarga rioya qilish;
    k) jamoa shartnomasi shartlariga rioya qilish;
    l) xodim tomonidan qabul qilinadigan boshqa majburiyatlar.
    8. Ish beruvchining majburiyatlari;
    a) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hamda boshqa qonunlar va qonunchilik hujjatlariga rioya qilish;
    b) xodimning mehnatini tashkil etish, mehnatni muhofaza qilish va texnik xavfsizlikni ta’minlash qoidalari, Lavozim yo‘riqnomasi, jamoa shartnomasi va boshqa ichki lokal hujjatlar bilan tanishtirish;
    v) mehnat va ishlab chiqarish intizomini ta’minlash;
    g) ish haqi va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlarni o‘z vaqtida hamda to‘liq hajmda to‘lash;
    d) xizmat vazifalarini bajarishda zarur xavfsiz va samarali mehnat sharoitlarini yaratishni ta’minlash, uni kasbiy konpetensiyalarini oshirish;
    e) ish joyini mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq jihozlash;
    j) qonunchilikka va boshqa normativ hujjatlarga rioya qilish;
    z) jamoa shartnomasi shartlariga rioya qilish;
    i) majburiy mehnat va bolalar mehnatining ogʻir shakllari qoʻllanilishiga yoʻl qoʻymasligi;
    y) xodimlarni oʻz mehnat majburiyatlarini bajarishi uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar, asboblar, texnik hujjatlar va boshqa vositalar bilan taʼminlashi;
    k) xodimlarning vakillariga jamoa kelishuvini va jamoa shartnomasini tuzish hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan toʻliq va ishonchli axborotni taqdim etishi;
    l) xodimlarni ularning birlashish huquqi toʻgʻrisida xabardor qilishi;
    m) xodimlarni oʻz mehnat faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlgan, qabul qilinayotgan ichki hujjatlar bilan imzo qoʻydirib tanishtirishi;
    n) davlat mehnat inspektorlarining, shuningdek mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan tekshiruv va nazoratni amalga oshirish vakolatiga ega boʻlgan boshqa davlat organlari mansabdor shaxslarining koʻrsatmalarini oʻz vaqtida bajarishi;
    m) xodimlar davlat organlaridagi saylab qoʻyiladigan lavozimlarga saylanganligi tufayli ularning ish joyi saqlanib qolgan hollarda ushbu ish beruvchi ilgari mehnat shartnomasini bekor qilgan xodimlarni ishga qabul qilishi;
    q) tegishli kasaba uyushmasi organlarining, xodimlar tomonidan saylangan boshqa vakillarning mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikning va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarning aniqlangan qoidabuzarliklari haqidagi koʻrsatmalari hamda taqdimnomalarini oʻz vaqtida koʻrib chiqishi, aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrishi va koʻrilgan choralar toʻgʻrisida mazkur organlar hamda vakillarga xabar qilishi;
    w) xodimlarning oʻz mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq boʻlgan maishiy ehtiyojlari taʼminlanishini amalga oshirishi;
    r) xodimlarning ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasini, shuningdek ish beruvchining fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurtasini taʼminlashi;
    t) oʻz mehnat majburiyatlarini bajarganligi munosabati bilan xodimlarga yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda hamda shartlarda qoplashi;
    y) mehnat shartnomalarini, shuningdek ularga doir oʻzgartish va qoʻshimchalarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat majmuida oʻz vaqtida roʻyxatga olishi shart.
    i) ish beruvchi tomonidan qabul qilinadigan boshqa majburiyatlar:
    k)Ish beruvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
    w) Mehnat shartnomasini tuzish va bekor qilish, shuningdek unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish qonunchilikda belgilangan tartibda «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksida ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.

    Download 20.99 Kb.
      1   2




    Download 20.99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori Salim Salimovich Salimov nomidan, keyingi o‘rinlarda «Ish beruvchi»

    Download 20.99 Kb.