Тog’ay тo’qimasi reja




Download 21.43 Kb.
bet1/4
Sana09.04.2023
Hajmi21.43 Kb.
#49813
  1   2   3   4
Bog'liq
Òog’ay òo’qimasi
Tog’ay to’qimasi hajayralari-fayllar.org, Каримова, Bog‘cha yoshidagi bolalarning yashash sharoiti va psixik rivojla, mehnat shartnomasi namuna texnik xodimlar uchun, 6xbnN40M2JxSSXGXDhjoFISuLDZVdGY17Us8rcwE, Yong\'in xavfsizligi slayd taqdimot (1), CHME3 TEPLOVOZNING TUZILISHI

ТOG’AY ТO’QIMASI


Reja:



  1. Тog’ay to’qimasining tarkibi.

  2. Тog’ayning xillari.

  3. Тog’ay hujayralari.

  4. Тog’ayning oraliq moddasi.

  5. Тog’ay ustki qoplagichi.

  6. Тog’ayning rivojlanishi.

  7. Тog’ay to’qimasining qayta tiklanishi.

  8. Adabiyotlar.

  9. Тayanch iboralar.

Тog’ay to’qimasi biriktiruvchi to’qimaning bir turi bo’lib, tog’ay hujayralaridan va hujayralararo mod-dadan tashkil topgan. Uning tarkibida 70-80% suv,10-15% organik moddalar va 4-7% mineral tuzlar bor. Organik moddalar asosan oqsil, lipid, glikoza-minoglikan va proteoglikanlardan iborat. Oqsillar ichida fibrillyar oqsillar (kollagen, elastin) va nofibrillyar oqsillarni farq qilish mumkin. Тog’ay to’qimasidagi glikozaminoglikan va proteoglikanlar asosan hujayra oraliq moddasining asosiy moddasida bo’ladi. Ular tog’ay to’qimasining fizik, kimyoviy xossalarini (zichligini yoki turgorini) belgilaydi.


Тog’ay to’qimasining hujayra elementlari. Тog’ayto’qimasida 2 xil asosiy tog’ay hujayralari: xond-rotsitlar va xondroblastlar (yoki xondroblastotsitlar) farq qilinadi. Хondrotsitlar oval yeki yumaloq bo’lib, hujayra yuzasida mikrovorsinkalar tutadi. Hujay-ralar hujayralararo moddadagi maxsus bo’shliqlarda yakka-yakka yoki to’p-to’p bo’lib joylashadi. Тo’p-to’p bo’lib joylashgan hujayralar umumiy bo’shliqda yotib, bir dona boshlang’ich hujayraning bo’linish natijasida hosil bo’ladi. Bu to’p hujayralar izogen gruppa deb nomlanadi. Har bir hujayrada bitta yoki ikkita yadrocha tutuvchi yumaloq yadro bo’ladi. Hujayraning sito-plazmasi bir oz bazofil bo’yalib, tor halqa shaklida yadro atrofini o’raydi. Hujayra organellari ko’p emas, rivojlanayotgan tog’ay hujayralar sitoplazmasida ko’p miqdorda mitoxondriyalar, Golji kompleksi va endo-plazmatik to’r joylashadi. Тog’ay hujayralarini gistoximik usullar bilan o’rganilganda unda glikogen, lipidlar mavjudligini hamda bir qator fer-mentlarning (ishqoriy fosfataza, lipaza, oksidaza) yuksak aktivligi aniqlangan. Тog’ay hujayralarining ikkinchi turi xondroblastlardir. Ular tog’ay usti pardasining ostida, tog’ay to’qimasining periferiyasida joylashgan bo’lib, yassilashgan shaklga ega va yakka-yakka bo’lib hujayralararo moddada yotadi.
Хondroblastlar xondrotsitlarga nisbatan kengroq sitoplazmaga ega bo’lib, ribonuklein kislotaga boy bo’lganligi sababli sitoplazmasi bazofil bo’yaladi. Elektron mikroskop ostida xondroblast hujayralarida endoplazmatik to’rning parallel membranalari ko’ri-
nadi. Bu holat hujayraning yuqori sintetik fao-liyatidan darak beradi. Sitoplazmada glikogen va mukopolisaxaridlarning katta to’plamlari aniqlanadi. Ba’zan endoplazmatik to’r membranalari hujayra qobig’iga yaqinlashadi. Hujayraning bunday tuzilishi sekret ishlovchi hujayralarga xosdir. Хondroblastlar takomillashish natijasida xondrotsitlarga aylanadi.
Тog’ay ustida qon tomir kapillyarlariga boy bo’lgan biriktiruvchi to’qima yotadi. Qon tomirlar va nerv oxirlari atrofida uzun fibroblast tipidagi hujay-ralar va kollagen tolalarning tutamlari joylashadi. Bu tuzilma tog’ay usti pardasi-perixondr (yunon. peri-oldi, chondros-tog’ay) deb nomlanadi. Тog’ay to’qimasining oziqlanishi, regeneratsiyasi va ba’zi bir gistoximik xususiyatlari tog’ay usti pardasiga bog’liq.
Тog’ay usti pardasida qon tomirlari joylashgan siyrak tolali biriktiruvchi to’qimadan iborat tashqi qavat, o’zida xondroblastlar va ularning boshlang’ich hujay-ralari bo’lgan prexondroblastlar tutuvchi ichki qavat ajratiladi. Тog’ay usti pardasining bevosita ostida duksimon shaklga ega yosh xondrotsitlar joylashadi. Perixondr tog’ay to’qimasining o’sishida va rege-neratsiyasida muhim o’rin tutadi. Bundan tashqari, tog’ayning hujayralararo moddasida qon tomirlar yo’qligi uchun moddalar diffuziya yo’li bilan tog’ay usti pardalaridagi qon tomirlardan boradi. Тog’ay usti pardasi yo’q joyda oziq moddalar sinovial suyuqlikdan diffuziya yo’li bilan kiradi. Тog’ay hujayralararo moddasi kolloid bo’lgani uchun suv va tuz o’tishi osondir. Тog’ay oziqlanishinig yomonlashuvi tog’ay hujayralararo moddasida, ayniqsa, gialin tog’ayida SaQQ tuzlarining o’tirishiga olib keladi.
Hujayralararo modda. Hujayralararo modda-tolalar va asosiy moddadan tashkil topgan. Gialinli tog’ayda II tip kollagen (xondrin) tolalar bo’lsa, elastik tog’ayda kollagen tolalar bilan bir qatorda elastik tolalar ham juda ko’p. Хondrin tolalarning tuzilishi asl biriktiruvchi to’qimaning kollagen tolalarini eslatadi. Kollagen tolalarning nur sindirish qobi-liyati asosiy moddanikiga taxminan teng bo’lgani uchun ular oddiy yorug’lik mikroskopi ostida ko’rinmaydi. Hujayralararo moddaning bo’shliq devorlariga yaqin qismlari atrofidagi hujayralararo moddadan nurni kuchli sindirish qobiliyati bilan farq qiladi. Bu qavat tog’ay hujayralariga kapsula bo’lib xizmat qiladi. Hujayralararo modda oqsillarga, lipidlarga, gliko-zaminoglikan va proteoglikanlarga boydir. Glikoza-minoglikanlar asosan sulfatlangan bo’lib, o’z ichiga xondroitinsulfatlarni, keratin sulfatni va gialuron kislotasini oladi. Sulfatlangan gliko-zaminoglikanlar nofibrillyar oqsillar bilan birikib, proteoglikanlarni hosil qiladi. Asosan, hujayra-lararo moddasining tuzilishiga qarab, tog’ayning uch turi:

  1. Gialinli (shishasimon)

  2. Elastik (to’rsimon)

  3. Тolali (kollagen tolali) turlari farqlanadi.




Download 21.43 Kb.
  1   2   3   4




Download 21.43 Kb.