33
rasmiy Valyuta kursini hukumat belgilaydigan yoki valyuta bozorida vujudga
keladigan erkin valyuta kursidan farqlamoq kerak. Bundan
tashqari valyuta kursi
milliy pul birligining boshqa davlat valyutasi yoki xalqaro hamda mintaqaviy
valyutalar bilan oʻzaro rasmiy oʻrnatilgan munosabatlar boʻyicha („suzib
yuruvchi“, „sirgʻaluvchan“ kurs) belgilanishi ham mumkin (Yevropa valyuta
ittifoqida kurslarning tebranishi Q 2,25 % doirasida chegaralangan).
Valyuta savdosi amaliyotida valyuta yuqoriroq kurs boʻyicha
sotiladi
(sotuvchi kursi), harid qilishda esa pastroq (haridor kursi) kursdan foydalaniladi.
Valyuta kursi ikki darajasi oʻrtasidagi farqdan bankning valyuta savdosidan
oladigan daromadi kelib chiqadi. Valyuta kursini rasmiy koʻtarish (revalvatsiya)
mamlakatni
kapitalni
chetga
chikarishdan
manfaatdor
qiladi,
importni
qulaylashtiradi, chunki chet el valyutasini arzonroq
harid qilishga imkoniyat
tugʻiladi. Valyuta kursini rasmiy pasaytirish (devalvatsiya) mamlakat savdo va
toʻlov balansining
keskin yomonlashuvi, valyuta rezervining holdan toyishi bilan
bogʻliq holda yuzaga keladi. Chet el valyutasi kursining
birjadagi maxsus idora
tomonidan belgilanishi va maxsus byulletenlarda nashr etilishi valyuta kotirovkasi
deyiladi. Bunday byulleten maʼlumotlari matbuotda ham chop etib boriladi.
Oʻzbekiston Markaziy banki davriy ravishda har haftada buxgalteriya hisobi va
bojxona toʻlovlari uchun pul massasi va inflyatsiya
dinamikasini hisobga olgan
holda xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan kurslarini matbuotda eʼlon qilib
boradi.