Web-saytlarni hosil qiluvchi dasturlar va dasturlash tillari




Download 26,55 Kb.
bet4/6
Sana08.02.2024
Hajmi26,55 Kb.
#153133
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Web dizaynning asosiy prinsiplari bilan amaliyotda tanishuv

Web-saytlarni hosil qiluvchi dasturlar va dasturlash tillari

Bugungi kunning talablaridan kelib chiqib toʻlaqonli web-saytlar yaratishda bir qancha turdagi dasturiy vositalardan foydalaniladi. Chunki toʻlaqonli web-saytni shakllantirish uchun uning turli formatdagi informatsion obyektlariga turli muharrirlar yordamida ishlov beriladi. Masalan, saytga tegishli turli formatdagi tasvirlar (rasmlar) grafik muharrirlar yordamida yaratiladi va ularga ishlov beriladi.
Shu kabi toʻlaqonli web-saytlar yaratishga xizmat qiluvchi dasturiy vositalarni toʻrtta katta guruhga ajratish mumkin (1-rasm).
1-rasm. Web-saytlar yaratishda qoʻllaniladigan dasturiy vositalar guruhlari.
Unga koʻra: Grafik muharrirlar; Web muharrirlar; Animator dasturlar; Audio-video muharrirlar. Grafik muharrirlar: Adobe Photoshop, Corel Draw, Adobe Illustrator, AutoCad, Ulead Photoimpact. Web muharrirlar: FrontPage, Macromedia Dreamweaver, HomeSite, WebStudio, Web Page Maker. Animator dasturlar: Adobe Flash, 3DS Max, GIF Animator, XARA 3D, Alias MAYA. Audio-video muharrirlar: Ulead VideoStudio, Pinnacle Studio, Video EditMagic, Sound Forje, Adobe Premiere Pro. Bundan tashqari web-muharrirlarning ham turlari juda koʻp. Ular oʻzining imkoniyati, tezkorligi, interfeysi va boshqa xususiyatlari bilan farqlanadi. Bular: Блокнот (NotePad), AkelPad, Sothing DHTML Menu, PHP Designer, HTML Reader, HomeSite, Dreamwearver CS4.
Web-dizaynda qoʻllaniladigan bir qancha dasturiy vositalar mavjud. Bir qancha uskunaviy dasturlar, turli dasturlash tillari va boshqalar. Eng koʻp qoʻllaniladigan tillarga misol qilib, HTML – gipermatnlarni belgilash tili, PHP, ASP, Java, JavaScript, DHTML va boshqa tillarni aytish mumkin.
Web-dasturlash tillari ikki guruhga boʻlinadi: mijoz va server tillari. Biz yuqorida web-serverga ta’rif berdik. Unga koʻra server sizning saytingiz saqlanadigan, brauzerning soʻrovlari qayta ishlanadigan, qaysidir sahifadagi dasturlar saqlanadi. Undan tashqari serverga quyidagicha ta’rif berish mumkin: server – tarmoq ishini ta’minlovchi maxsus kompyuter. Server disklarida kompyuterlarni birgalikda ishlash imkonini beruvchi das

  1. Mijoz va Server tomonidagi ssenariylar

JavaScript nima?
Mijoz tillaridan eng koʻp tarqalgani JavaScript tili boʻlib, Netscape (Netscape Navigatorwww.netscape.com) SunMicrosystems (www.sun.com) kompaniyalari hamkorligida ishlab chiqilgan. JavaScript faol HTML-sahifalar uchun ssenariylar yozishga moʻljallangan. JavaScript avtonom ravishda ishlaydigan ilovalarni yaratishga moʻljallanmagan. JavaScriptdagi dasturlar bevosita, HTML-hujjat kodi ichiga quriladi va brauzerda sahifaning yuklanishi vaqtida faollashadi. Sodda qilib aytganda, Java Script HTMLning cheklangan, sodda imkoniyatlarini kengaytirish va toʻlaqonli sahifalar yaratishga moʻljallangan. JavaScript yordamida, odatda, ma’lumotli va muloqot oynalarini chiqarish, animatsiyalarni koʻrsatish kabi vazifalarni bajarish mumkin. Bundan tashqari, JavaScript-ssenariy yordamida ba’zan oʻzi ishlab turgan brauzer va platforma tipini aniqlash mumkin. JavaScript-ssenariylar foydalanuvchi tomonidan kiritilayotgan ma’lumotlarning toʻgʻriligini tekshirishda ham qulay hisoblanadi.
ActionScript nima?
ActionScript – obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash tili boʻlib, Flash-ilovalar tarkibida interfaollik, ma’lumotlarni qayta ishlash va boshqa koʻplab imkoniyatlarni beradigan ECMAScript dialektlaridan biri hisoblanadi.
Silverlight nima?
Microsoft Silverlight – bu dasturiy platforma boʻlib, RIA (Rich Internet Application)ga xos boʻlgan animatsiyalar, vektorli grafika va audio-video roliklardan tarkib topgan ilovalarni yuklash imkonini beradigan brauzer uchun plaginlarni oʻz ichiga oladi. Bu esa Silverlight barcha brauzerlarda WMV, WMA va MP3 kabi formatlarni Windows Media Player singari qoʻshimcha komponentlarsiz ijro qilish imkoniyatini beradi. Dasturning 2.0 versiyasi 2008-yil oktabrda ishlab chiqilgan boʻlib, unga .NET tillari bilan ishlash imkoniyati qoʻshilgan. Bundan tashqari, Microsoft kom­paniyasi 2009-yil iyulda IDE bilan integratsiyalashgan Silverlight 3 va Microsoft Expression Studio 3 dasturlarini ishlab chiqdi.
Silverlight platformasi Windows 2000, Windows XP, Windows Server 2003, Windows Vista, Windows 7, Mac OS X 10.4, Mac OS X 10.5, Mac OS X 10.6 operatsion tizimlariga va Internet Explorer 6.0/7.0/8.0, Mozilla Firefox 1.5/2.0/3, Safari 3.1, Google Chrome 3.0, Opera 9.50 brauzerlariga moʻljallangan.

Download 26,55 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 26,55 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Web-saytlarni hosil qiluvchi dasturlar va dasturlash tillari

Download 26,55 Kb.