• Brauzerda birlamchi yuklanadigan web-sahifa
  • Prezentatsion sayt
  • Korporativ saytlar
  • Uy sahifasi (Домашняя страница) tushunchasining bir nechta koʻrinishi mavjud: Alohida shaxsga tegishli web-sayt




    Download 26,55 Kb.
    bet2/6
    Sana08.02.2024
    Hajmi26,55 Kb.
    #153133
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1-Web dizaynning asosiy prinsiplari bilan amaliyotda tanishuv

    Uy sahifasi (Домашняя страница) tushunchasining bir nechta koʻrinishi mavjud:

    1. Alohida shaxsga tegishli web-sayt. Bu saytda shaxs haqidagi bir necha mavzudagi ma’lumotlar, matnlar, fotojamlanmalar berilishi mumkin. Odatda, bunday saytlarga turli sohalarning (masalan, fan-texnika, madaniyat, sport va boshqa sohalarda) mashhur kishilari ega boiadi.

    2. Brauzerda birlamchi yuklanadigan web-sahifa. Saytdan foydalanish undan boshlanadi. Odatda, foydalanuvchi oʻzining qayerda ekanligi va saytning boshqa sahifalarida nimalarni koʻrishi mumkinligi haqida uy sahifasidan ma’lumot oladi. Brauzer tomonidan dastur yuklangandan soʻng terminalda paydo boʻladigan web-sahifaning, portalning, majmuaning birinchi sahifasi hisoblanadi. Odatda, prezentatsiya va navigatsiya boʻyicha ham asosiy ish bajaradi.

    Prezentatsion sayt – nomidan koʻrinib turibdiki, sayt firma (xizmatlar) mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni taqdim qiladi. Ma’lum sondagi sahifalarni oʻzida birlashtirib, kamdan-kam holatda yangilanadi. Saytning asosiy vazifasi – taqdim qilinayotgan xizmatlar va uning afzalliklarini tashrif buyuruvchilargacha vizual jihozlash yordamida maksimal tezlik va samara bilan yetkazib bera olishdan iborat. Bunday loyihalar tartib qoidalar boʻyicha aniq, noyob dizayn, grafikli jihozlanish matnli ma’lumotlar oldida ustunlik qiladi. Kamdan-kam ishlatiladigan flash-animatsiyalar yoki sayt toʻlaligicha Flashda tayyorlangan boʻlishi mumkin.
    Misol sifatida http://www.lovalstudios.com va http://wwwdesignchapel.com saytlarida keltirilgan sahifalarni aytish mumkin.
    Korporativ saytlar – tashkilotning (firmalar, korporatsiyalar) internet tarmogʻidagi vakolatxonasi hisoblanadi va binobarin, bun­day loyihalarda eng asosiy talab ma’lumotning, ya’ni grafika yoki matnning jihozlanishiga qaratiladi.
    Informatsion resurslar – bu elektron kutubxonalar va gazetalar. Bunday tipdagi saytlarda ma’lumotlar bir sutkada bir necha marta yangilanadi. Ma’lumotlarning hajmi juda ham katta va bunday saytlarni ishlab chiqishda shuni ta’kidlash kerakki, tashrif buyuruvchi saytni tomosha qilish uchun emas – ular mazmuni uchun kelishadi. Yangiliklar nashri (misol uchun – http://www.cnews.ru) yoki http://sight.nmi.ru singari rasmlar galereyasida, loyihaning bosh maqsadi – yuqori tezlikda ma’lumotni tashrif buyuruvchiga taqdim qilish yoki bu ma’lumotni qidirish imkoniyatini ta’minlash. Har qanday grafikli bezaklar sahifaning hajmini ya’ni sahifaning yuklanish vaqtini oshirib yuboradi. Shuning uchun mumkin qadar bunday loyihalarda dizayn matnli koʻrinishda ishlab chiqiladi. Kartinkalar, fotografiyalar, grafiklar, sxemalar illustratsiyalar hisoblanadi.

    Download 26,55 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 26,55 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Uy sahifasi (Домашняя страница) tushunchasining bir nechta koʻrinishi mavjud: Alohida shaxsga tegishli web-sayt

    Download 26,55 Kb.