|
Mavzu: Web dizaynning asosiy prinsiplari bilan amaliyotda tanishuv Web-dizayn asoslari. Internetda dizayn: vazifalar, yondashuvlar, yechimlar
|
bet | 6/6 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 26,55 Kb. | | #153133 |
Bog'liq 1-Web dizaynning asosiy prinsiplari bilan amaliyotda tanishuvSSI (Server Side Include) HTM faylni dastlab serverda qayta ishlaydi va undan soʻng uni mijozga uzatadi. Dastlabki qayta ishlash vaqtida hujjatga dinamik generatsiya qilingan ma’lumotlar qoʻshiladi. Masalan, joriy vaqt haqidagi ma’lumot. Umuman olganda SSI texnologiyasi HTML-faylning tarkibiga qoʻshimchalar qoʻshishga moʻljallangan HTMLning qismi hisoblanadi.
DHTML nima?
DHTML (dinamik HTML) – bu serverga ortiqcha bogʻlanishlarsiz interfaol Web-sahifalar yaratish imkonini beradigan vositalar toʻplamidir.
DHTML tili HTML va JavaScriptlardan farqli ravishda bir qancha qoʻshimcha internet texnologiyalariga ega. Dinamik HTML – Netscape va Microsoft tomonidan oʻylab topilgan tijorat termini boʻlib, unda Web-brauzerlarning dinamik imkoniyatini kengaytirish maqsadida kiritilgan. Bu texnologiyalar HTML yordamida Web-sahifa yaratishdagi mavjud imkoniyatning cheklanganligi va ana shu cheklovdan oʻtib ketish uchun yaratilgan yoki qoʻshilgan hisoblanadi. Chunki bizga ma’iumki HTMLning faqatgina oʻzidan foydalanib, bugungi kunda mukammal Web-sahifalar yaratib boʻlmaydi. Boshqacha aytganda, mavjud Internetda matnli ma’lumotlar va grafik ma’lumotiarga moʻljallangan juda yaxshi texnologiyalar mavjud edi. Ammo multimedia imkoniyatlariga koʻnikib qolgan odamlar esa bunga koʻnika olmadi. Shu sababli Internet imkoniyatlarini kengaytirish kerak edi.
DHTML asosida yaratilgan sahifa serverdagi qoʻshimcha ma’lumotlarga murojaat qilmasdan turib ham oʻzgarish imkoniyatiga ega. DHTML oʻzida turli xildagi standartlarga (CSS, DOM, JavaScript va gipermatnlarni belgilash tillariga) asoslangan kombinatsiyalarni namoyon qiladi. Bu standartlarning kombinatsiyasi sizning web-sahifangizning interfaolligini oshirish imkonini beradi. Boshqacha aytganda, sahifaga tashrif buyurgan foydalanuvchi uning tashqi koʻrinishi va mazmunini serverga murojaatlarsiz oʻzgartira olish imkoniyatidir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Web dizaynning asosiy prinsiplari bilan amaliyotda tanishuv Web-dizayn asoslari. Internetda dizayn: vazifalar, yondashuvlar, yechimlar
|