Mavzu: Web dizaynning asosiy prinsiplari bilan amaliyotda tanishuv Web-dizayn asoslari. Internetda dizayn: vazifalar, yondashuvlar, yechimlar




Download 26,55 Kb.
bet5/6
Sana08.02.2024
Hajmi26,55 Kb.
#153133
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Web dizaynning asosiy prinsiplari bilan amaliyotda tanishuv

VBScript nima?
VBScript tili Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan boʻlib, Visual Basic tilining bir qismi hisoblanadi. VBScript tili Internet Explorer va Microsoft Internet Information Server (IIS)lar bilan ishlashga moʻljallangan tildir. VBScript tilining JavaScript tili bilan umumiy qismlari bir nechta. Jumladan, u aynan Microsoft Internet Explorer bilan ishlash va uning qoʻllanish sohasini cheklay olish imkoniyatiga ega. VBScript interpretatorli (sharhlovchi, izohlovchi, tushuntirib beruvchi) til hisoblanib, Microsoftning Web-texnologiyalari (masalan ASP (Active Server Page)) bilan hamkorlikda ishlay oladi. Shunga qaramay VBScript mijoz tomonida ishlovchi ssenariy hisoblanadi, ASP esa server tomonida ishlaydi.
Server tomonidagi ssenariylar
Dasturning ishlashi toʻliq sayt joylashtirilgan serverga bogʻliq. Server tillarining ishlashining muhim jihatlaridan biri bu serverda tartiblangan holda saqlanuvchi va xohlagan paytda chaqirilishi mumkin boʻlgan ma’lumotlarni bevosita ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari bilan oʻzaro bogʻlangan holda faoliyat yuritadi. Eng koʻp ishlatiladigan ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari quyidagilar: Firebird, IBM DB2 Express-C, Microsoft SQL Server, Microsoft SQL Server Express, mSQL, MySQL, Oracle, PostgreSQL, SQLite, Sybase Adaptive Server Enterprise.
Server tomonida bajarilishi kerak boʻlgan ssenariylar, odatda, sayt papkasining ichidagi maxsus papkaga joylashtiriladi. Foydalanuvchi soʻroviga asosan server bu ssenariyni bajaradi. Bajarilgan ssenariy natijasi web-serverga uzatiladi va undan soʻng mijozga uzatiladi. Server tomonidagi ssenariylarni tashkil etishi uchun, odatda, Perl, ASP, PHP, JSP, SSI kabi tillar va texnologiyalardan foydalaniladi.
Perl nima?
Perl – bu protsedurali dasturlash tili boʻlib, juda keng qamrovli topshiriqlarni yechish uchun moʻljallangan universal uskunadir. Perl boshqa toʻlaqonli tillar singari platformalarga, operatsion tizim va boshqa vositalarga bogʻliq boʻlmagan funksiyalar va qoidalar toʻplamiga ega asosdan tashkil topgan. Perl tili Web-ilovalar yaratishda eng ommabop tillardan biri hisoblanadi. Matnlarni qidirish va tahrirlash, fayllar bilan qulay ishlay olish qoidalari uchun Perl tili Internetning asosiy tillaridan biri boʻlib qoldi. Perl – interpretatorli til hisoblanadi, shu bois unda yaratilgan ssenariylar ishlashi uchun server kompyuterda Perl-interpretator oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Bevosita Perl-kodning interpretatsiya qilinish jarayoni uning samaradorligini pasaytiradi. Bugungi kunda Perlning asosiy yutuqlaridan, uning barcha platformalar uchun ishlay olishi va uning barcha resurslari bepul tarqatilayotganligidir. Koʻpgina web-serverlar UNIXda ishlaydi, Perl-interpretator esa bu operatsion tizimning bir qismi hisoblanadi.
ASP nima?
ASP (Active Server Pages) – ma’lumotlar bazalari tashkil etish va ular bilan ishlash vazifalarini bajarishda juda moslashuvchan, qulay vositadir. ASP vositalari server tomonida ishlaydi va HTML-kod va ssenariylar kabi fayllarni qayta ishlaydi. ASP texnologiyasi VBScript, Java va JavaScript tillarini qoʻllab-quvvatlaydi. ASP-kod joylashtirilgan Web-sahifalar fayllari kengaytmasi .ASP boʻladi. ASP texnologiya Windows NT va Microsoft IIS web-serveriga moʻljallangan boʻlib, imkoniyatlari va samaradorligi yuqori boʻlganligi bois koʻpgina kompaniyalar oʻz vositalariga ASPni qoʻllab-quvvatlash imkoniyatlarini kiritmoqdalar. Koʻpgina HTML muharrirlar, masalan, Adobe GoLive ham ASPni qoʻllab, quvvatlaydi. ASP texnologiyasi bir nechta qulayliklarni oʻzida jamlagan: HTML hujjatni dinamik generatsiyalaydi, formalarni qoʻllab-quvvatlaydi, ma’lumotlar bazasiga ruxsatni tashkil etadi va u bilan ishlay oladi. ASP – dasturlash tili ham, ilova ham emas, u interfaol web-sahifa hosil qilish texnologiyasidir.
JSP nima?
JSP (Java Server Page) texnologiyasi oʻzining funksional imkoniyatlariga koʻra ASPga oʻxshashdir. Asosiy farqi shundaki, bunda VBScript va JavaScript bilan birga Java tili ham qoʻllanila oladi. Shunga qaramay JSP Javadan oldinroq qoʻllanilgan va ushbu texnologiya mukammal Web-ilovalar yaratish uchun yetarli imkoniyatga ega.
SSI nima?

Download 26,55 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 26,55 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Web dizaynning asosiy prinsiplari bilan amaliyotda tanishuv Web-dizayn asoslari. Internetda dizayn: vazifalar, yondashuvlar, yechimlar

Download 26,55 Kb.