|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari majburiyatlari
|
bet | 3/5 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 64,94 Kb. | | #120575 |
Bog'liq xalq qabulxonalariO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari majburiyatlari: - ushbu Qonun talablariga rioya etishi;
- murojaatlar bilan ishlashda mavjud axborot tizimidan foydalanishi;
- axborot xavfsizligi talablariga rioya etishi;
- o‘z dasturiy-apparat vositalarining uzluksiz ishlashini ta’minlashi;
- navbatda turishning elektron boshqaruvi tizimi samarali ishlashini va ma’muriy jihatdan boshqarilishini, murojaat etuvchilarning soni ularning toifalari va tegishli sohalar bo‘yicha muayyan davr uchun (kun, hafta, oy) lozim darajada hisobga olinishini ta’minlashi shart.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Boshqa normativ-huquqiy hujjatlar: - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi PQ-4197-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari faoliyati bilan bog‘liq nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori asosida:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tumanlar va shaharlardagi Xalq qabulxonalari to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi tomonidan murojaatlarga doir masalalar bo‘yicha real vaqt rejimida maslahatlar berish - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi negizida turli tarmoqlar va faoliyat sohalaridan malakali mutaxassislarni maslahatchilar sifatida jalb etgan holda, murojaatlarga doir masalalar bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarga real vaqt rejimida maslahat berish amalga oshiriladi.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi negizida real vaqt rejimida maslahat berish, bir tomondan, maslahatchilar o‘rtasida, shuningdek boshqa tomondan, o‘zini qiziqtiradigan masala yuzasidan tezkor tartibda axborot olish istagida bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida axborot ayirboshlash yo‘li bilan ta’minlanadi.
|
| |