Xoll effekti va uning qo'llanilishi




Download 138,04 Kb.
bet3/4
Sana03.12.2023
Hajmi138,04 Kb.
#110230
1   2   3   4
Bog'liq
Kompiyuter injinering At-servis-fayllar.org
11-dars., 9-dars., 13-dars.
Xoll effekti va uning qo'llanilishi.
Agar x o'q bo'ylab elektr toki o'tayotgan yarim o'tkazgichni kuch chiziqlari z o'q bo'ylab yo'nalgan magnit maydoniga kiritsak, u holda yarim o'tkazgichda у o'q boylab qo'shimcha elektr yurituvchi kuch hosil bo'ladi. Ana shu hodisa Xoll effekti deb yuritiladi. Elektronli yarim o'tkazgichni ko'rib chiqaylik: n-yarim o'tkazgichdan x o'qining musbat tomoniga yo'nalgan elektr toki o'tayotgan bo'lsa, harakatchan elektronlar bu o'qning manfiy yo'nalishi bo'ylab harakat qiladi. Endi yarim o'tkazgichni kuchlanganligi z o'qning musbat yo'nalishi bo'ylab yo'nalgan magnit maydoniga kiritsak, harakatchan elektronlarga F kuch ta'sir qiladi, Bu kuch ta'sirida elektronlar avvalgi yo'nalishidan у o'qining musbat yo'nalishi bo'ylab og'a boshlaydi . Natijada yarim o'tkazgichning у o'qining musbat yo'nalishi tomonidagi qismida elektronlarning konsentratsiyasi ortib, qarama-qarshi qismida esa kamayadi. Binobarin, yarim o'tkazgichda у o'qning musbat yo'nalishi bo'ylab yo'nalgan elektr maydoni hosil bo'ladi.
Elektronlarning magnit maydon ta'sirida yarim o'tkazgichning bir tomoniga qarab o'g'ishi va u yerda to'planishi uzluksiz davom etavermaydi. Chunki hosil bo'lgan elektr maydonning ta'sir kuchi elektronni og'diruvchi kuchga qarama-qarshi yo'nalgandir. Bu ikki kuch muvozanatlashganda elektronlar o'zlarining dastlabki yo'nalishi, ya'ni x o'q bo'ylab harakat qila boshlaydi. Biz ikki kuchning tengligi shartidan foydalanib, yarim o'tkazgichda hosil bo'ladigan Xoll kuchlanishini topishimiz mumkin.
Agar yuqorida aytilgan hamma shartlarni o'zgartirmasdan n-yarim o'tkazgich o'rniga p-yarim o'tkazgich olsak, hosil bo'lgan Xoll maydonining yo'nalishi teskari tomonga o'zgaradi[9,10]. Chunki teshiklarning yo'nalishi elektr tokining yo'nalishi bilan bir xil bo'lganligi uchun magnit maydonida teshiklarga ta'sir qiladigan kuchning yo'nalishi elektronga ta'sir qiladigan kuchning yo'nalishi bilan bir xil bo'ladi. Shu sababli n-yarim o'tkazgichda elektronlar qaysi tomonga og'sa, p-yarim o'tkazgichda teshiklar ham o'sha tomonga qarab og'adi . Demak, bu holda Xoll kuchlanishining ishorasi o'zgarar ekan. Bundan Xoll koeffitsienti n- va p-yarim o'tkazgichlarda qarama-qarshi ishoralarga ega degan xulosa kelib chiqadi.
Yuqorida aytilganlardan ko'rinadiki, Xoll effekti yordamida aralashmali yarim o'tkazgichlardagi harakatchan zaryad tashuvchilarning ishorasini, ularning konsentratsiyasini va harakatchanligini aniqlash mumkin ekan. Shu sababdan Xoll usuli yarim o'tkazgichlarning elektrik xususiyatlarini tekshirishda asosiy usullardan biri bo'lib hisoblanadi.
Bu ifodadan ko'rinib turibdiki, yarim o'tkazgichdagi harakatchan elektron va teshiklar konsentratsiyasi va ularning harakatchanligi bir-birlariga teng bo'lsa, magnit maydoni ta'sirida yarim o'tkazgichning bir tomoniga to'plangan elektronlar bilan teshiklar bir-birlarini to'la kompensatsiyalaydilar. Bu holda Xoll kuchlanishi hosil bo'lmaydi.
Temperatura ortishi bilan Xoll kuchlanishi kamayib boradi, chunki yuqori temperaturalarda aralashmali yarim o'tkazgichlar ko'p jihatdan xususiy yarim o'tkazgichlar bilan bir xil xossaga ega bo'ladi.


Download 138,04 Kb.
1   2   3   4




Download 138,04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xoll effekti va uning qo'llanilishi

Download 138,04 Kb.