|
Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervlari hisobi
|
bet | 5/6 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 44,72 Kb. | | #246894 |
Bog'liq Xususiy kapital hisobi (2)Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervlari hisobi
8910-“Kelgusi xarajatlari va to‘lovlar rezervlari” hisobvarag‘i bir maromda xarajat va to‘lovlarni ishlab chiqarish yoki muomala xarajatlariga kiritish yo‘li bilan belgilangan tartibda rezerv qilingan summalar holati va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamlash uchun qo‘llaniladi.
Xususan, ushbu hisobvaraqda asosiy vositalarni ta’mirlash bo‘yicha kelgusi xarajatlar summasini aks ettirish mumkin. Rezervning hosil bo‘lishi:
Debet 2010, 2110, 2310, 2510
Kredit 8910-“Kelgusi xarajatlari va to‘lovlar rezervlari”.
Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga muvofiq bunday rezervni tashkil qilish tavsiya qilinmaydi, chunki korxona uni tashkil etishda o‘z hisobotida amalga oshirilmagan xarajatlarni aks ettiradi va foydani kamaytiradi.
Tijorat korxonalari, agar hisob sig‘satida bu aks ettirilgan bo‘lsa, faqat sof foyda hisobiga rezerv tashkil etishlari mumkin. Ishlab chiqarish ehtig‘jlari uchun rezervdan foydalanishda soliq solinadigan baza mazkur xarajatlar summasiga kamaytiriladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobiga rezerv tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, asosan mavsumiy ishlaydigan korxonalar uchun ruxsat etiladi.
Korxonalarda tashkil etilgan ushbu rezervlardan asosiy vositalar ta’mir qilinag‘tganda va boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin.
Ilgari tashkil etilgan rezerv hisobidan asosiy vositani kapital ta’mir qilish uchun materiallar sarflansa, quyidagicha provodka beriladi:
Xulosa
Xususiy kapital (PE) odatda kompaniyalarni sotib oladigan va qayta tuzadigan, cheklangan sheriklik sifatida tashkil etilgan investitsiya fondlarini anglatadi. Rasmiyroq qilib aytganda, xususiy kapital — bu qimmatli qogʻozlar turi va fond birjasida ochiq sotilmaydigan operatsion kompaniyalardagi qimmatli qogʻozlar va qarzlardan iborat aktivlar sinflaridan biri.Xususiy sarmoyaga investitsiya odatda xususiy kapital firmasi, venchur kapitali firmasi yoki angel investor tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu toifadagi investorlarning har biri oʻz maqsadlari, imtiyozlari va investitsiya strategiyalariga ega; ammo, ularning barchasi maqsadli kompaniyani kengaytirish, yangi mahsulot ishlab chiqish yoki kompaniya faoliyati, boshqaruvi yoki egalik huquqini qayta qurish uchun aylanma mablag ' bilan taʼminlaydi. Xususiy mablagʻlar odatda „xususiy kapital“ deb nomlangan kengroq toifaga guruhlanadi, odatda har qanday uzoq muddatli, likvid boʻlmagan investitsiya strategiyasini qoʻllab-quvvatlovchi kapitalni tavsiflash uchun ishlatiladi.
|
| |