|
Mavzu: XX asrning birinchi yarmida Sovet davlatining jamoalashtirish siyosati va uning oqibati. Kirish
|
bet | 9/10 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 45,06 Kb. | | #229411 |
Bog'liq Mavzu XX asrning birinchi yarmida Sovet davlatining jamoalashtiDarsning borishi.
I.Tashkiliy ishlar.
1.O’qituvchining salomlashishi, jurnalga yo’qlamani qilishi.
2.O’quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhtni yaratish.
3.Dunyoda va O’zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II.O’qituvchining kirish so’zi va o’quvchilar bilan savol-javob o’tkazishi.
Sovet hukumati 20-yillarda sotsializm qurish deb
nomlangan rejani amalga oshirishga kirishdi.
Sobiq Sovet davri tarix kitoblarida bu reja «sotsializm qurishning lenincha plani» deb ataladi va uch qismdan, ya’ni mamlakatni industrlashtirish, qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish va madaniy inqilobni amalga oshirishdan iborat edi.
Bolsheviklar (kommunistlar) partiyasining 1925-yilda bo‘lib o‘tgan XIV syezdi industrlashtirish yo‘lini e’lon qildi. Industrlashtirish, yirik mashinalashgan ishlab chiqarishni yaratish jarayoni degani edi. Bu jarayon, eng avvalo, og‘ir sanoatni (energetika, metallurgiya, mashinasozlik, neft kimyosi va boshqalar) rivojlantirishni ko‘zda tutardi. Chunki, davlat rahbarlari fikricha, bu sohalarni rivojlantirmay turib «kapitalistik qurshov»ga qarshi turib bo‘lmas edi. Bu maqsadga erishish yo‘lida yangi iqtisodiy siyosatdan ham voz kechildi. Xo‘jalikni boshqarish o‘ta markazlashtirildi.
Xalq xo‘jaligi «besh yillik planlar» deb atalgan direktiv rejalar asosida faoliyat ko‘rsatadigan bo‘ldi. Hukumat o‘z maqsadini ro‘yobga chiqarishni qattiq repressiya siyosati bilan qo‘shib olib bordi. Mamlakatda amalda qullik mehnati joriy etildi. Bu tadbirlar o‘z samarasini bermay qolmadi.
1929—1937-yillar oralig‘ida jami 6 mingga yaqin yirik sanoat korxonasi (yiliga 600—700) qurildi. 1937-yilga kelib Sovet davlati sanoat mahsuloti
ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda AQSH dan so‘ng ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Chetdan 100 turdan ortiq mahsulot sotib olinmaydigan bo‘ldi va texnikiqtisodiy jihatdan boshqa davlatlarga qaramlikdan qutuldi.
Biroq shuni ham ta’kidlash adolatli bo‘ladiki, Sovet davlati sanoat mahsuloti ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda 2-o‘ringa chiqqan bo‘lsa-da, aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarishda boshqa buyuk davlatlardan ancha orqada qolgan edi. Qizil imperiya o‘zining butun umri davomida ana shu qoloqlikni bartaraf eta olmadi.
Bolsheviklar partiyasining XV syezdi 1927-yilda
qishloq xo‘jaligini to‘la kollektivlashtirish to‘g‘risida
qaror qabul qildi. Qishloq 30-yillarning oxirigacha
to‘la kollektivlashtirildi. Ular o‘zlarining bu siyosatini qishloqni sotsialistik asosda qayta qurish deb atadilar.
IV. O’rganilgan mavzuni mustahkamlash.
1.Bunda o’qituvchi o’quvchilar diqqatini qo’llanmada berilgan jadvalga berilgan ma’lumotlar berilishi mumkin.
2.Tayyorlangan kartochkalardagi atamalarni o’quvchilarga ko’rsatib navbatdagi darslarda batafsil o’rganishlari tushuntiriladi.
3. 9-sinfda o’rgangan manbalar haqida ham o’quvchilar bilimini savollar orqali sinashi mumkin.
V.Dars yakunlarini chiqarish.
10-sinf darsligidan Sovet davlatining kollektivlashtirish siyosati va uning O’zbekistonga ta’siri haqida fikr yuriting.
VI.Uyga vazifa.
|
| |