III.bob. XX asr birinchi yarmida Sovet davlatining jamoalashtirish siyosati va unig oqibati mavzusini o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish




Download 45,06 Kb.
bet7/10
Sana13.05.2024
Hajmi45,06 Kb.
#229411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mavzu XX asrning birinchi yarmida Sovet davlatining jamoalashti

III.bob. XX asr birinchi yarmida Sovet davlatining jamoalashtirish siyosati va unig oqibati mavzusini o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
3.1. Dars samaradorligini oshirishda pedagogik texnologiyalarning tutgan o’rni.
Dars texnologiyasi, yangi bilimlarni egallash, mustaqil ishlash texnologiyasi va boshqa).
O’zbekistonda ta'lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri ―shaxs manfaati va
ta'lim ustuvorligi―dir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli
ta'limning yangi modeli yaratildi.
Prezidentimiz tomonidan bu modelni amalga oshirish bilan hayotimiz
jabhalarida ro’y beradigan ―portlash effekti― natijalari ro’y-rost ko’rsatib berildi, ya'ni:
- ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta'sir qiladi va natijada mamlakatimizdagi mavjud muhit
butunlay o’zgaradi.;
- insonning hayotidan o’z o’rnini topish jarayoni tezlashadi;
- jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin Shaxsning shakllanishiga olib keladi;
- jamiyatimizning potentsial kuchlarini ro’yobga chiqarishda juda katta ahamiyat kasb etadi;
- fuqarolik jamiyati qurishni ta'minlaydi, model vositasida dunyodan munosib o’rin olishga,
o’zbek nomini yanada keng yoyib tarannum etishga erishiladi.
―Portlash effekti― sari shijoat bilan qadam tashlash, yo’llarida uchraydigan qiyinchiliklarni
bosqichma-bosqich va izchil hal etish masalalari nafaqat pedagog nazariyachi va
amaliyotchilarni junbushga keltiradi, balki jamiyatimizni to’liq pedagoglashtirish muammosini
ijtimoiy buyurtma sifatida keltirib chiqaradi. Demak, jamiyatimizning har bir fuqarosini
tarbiyashunoslik asoslari bilan tanishtirish, yosh avlodni barkamol inson qilib voyaga yetkazish
jarayonini yangi pedagogik ―qurol― va vositalar bilan ta'minlash davr taqozosidir.
Pedagogik texnologiya (PT) - shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3-ming yillikda
davlatimiz ta'lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, o’qituvchi faoliyati yangilanadi, talaba
yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari
tizimli ravishda shakllantiriladi.
Ma'lumotlilik asosida yotuvchi bosh g’oya ham tabiat va inson uzviyligini anglab yetadigan,
avtoritar va soxta tafakkurlash usulidan voz kechgan, sabrbardoshli, qanoatli, o’zgalar fikrini
hurmatlaydigan, milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar kabi shaxs sifatlarini
shakllantirishni ko’zda tutgan insonparvarlik hisoblanadi. Bu masalaning yechimi qaysi darajada
ta'limni texnologiyalashtirish bilan bog’liq?
Dastlab ―texnologiya― tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so’z texnikaviy taraqqiyot bilan
bog’liq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha ikki so’zdan - ―texnos― (techne) - san'at,
hunar va ―logos― (logos) - fan so’zlaridan tashkil topib ―hunar fani― ma'nosini anglatadi. Biroq
bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to’liq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon har
doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni (operatsiyalarni) muayyan
ketma-ketlikda bajarishni ko’zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo’lsak, texnologik jarayon -
bu mehnat qurollari bilan mehnat ob'ektlari (xom ashyo)ga bosqichma-bosqich ta'sir etish
natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi-mashina)ning faoliyatidir. Ana shu ta'rifni
tadqiqot mavzusiga ko’chirish mumkin, ya'ni: Pedagogik texnologiya - bu o’qituvchi (tarbiyachi)ning o’qitish
(tarbiya) vositalari yordamida o’quvchi(talaba)larga muayyan sharoitda ta'sir ko’rsatishi va bu
faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarni intensiv shakllantirish
jarayonidir.
Yuqorida keltirilgan ta'rifdan ko’rinib turibdiki, pedagogik texnologiya tushunchasini izohlashda texnologiya
jarayoni asos qilib olindi. Aslini olganda ham bu tushunchaga berilgan ta'riflar soni pedagogik
adabiyotlarda nihoyatda ko’pdir. Pedagogik nashrlarda ―texnologiya― atamasining xilma-xil
ko’rinishlarini uchratish mumkin: ―o’qitish texnologiyasi―, ―o’quv jarayoni texnologiyasi―,
―ma'lumot texnologiyasi― va hokazo.
o’qitish texnologiyasi pedagogik texnologiyaga yaqin tushuncha bo’lsa-da, aynan o’xshash ma'noni
anglatmaydi, chunki u ma'lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq o’quv materialini
o’zlashtirish yo’lini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi. U ko’proq xususiy metodika bilan
bir jinslidir.
Pedagogik texnologiya esa ma'lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini ifodalaydi va ―o’qituvchi - pedagogik
jarayon – o’quvchi (talaba)― funktsional tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi.
Hozirgi kunda o’qituvchilar metodikani ko’p hollarda texnologiyadan ajrata olmayaptilar.
Shu boisdan bu tushunchalarni aniqlashtirish kerak bo’ladi. Metodika o’quv jarayonini tashkil
etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar majmuasidan iborat. Metodikadan ko’zlangan maqsad
predmet mavzulariga oid nazariyalarni aniq hodisalar tekisligiga ko’chirishdir. Misol uchun, gaz
qonunlarini tushunchalarini shakllantirish metodikasi yoki energiyaning saqlanish qonunini
fizika kursining elektr bo’limida qo’llash metodikasi va hokazolar.1
Pedagogik texnologiya o’qitish jarayoning o’zaro bog’liq qisimlarini tashkiliy jihatdan tartibga keltirish,
bosqichlarni qurish, ularni joriy etish shartlarini
aniq8lash, mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan
holda belgilangan maqsadga erishishni ta'minlaydi. Yoxud pedagogic texnologiya o’qituvchining kasbiy faoliyatini
yangilovchi va ta'limda yakuniy natijani kafolatlaydigan muolajalar yig’indisidir. Texnologiya
o’zining egiluvchanligi, natijalarning turg’unligi, samaradorligi, oldindan loyihalanish zarurati
bilan metodikadan farqlanib turadi.
Respublikamiz Prezidenti Oliy Majlisning XIV sessiyasida ―yangi darsliklarni, zamonaviy
pedagogik va axborot texnologiyalarini o’z vaqtida ishlab chiqish va joriy etishni ta'minlashni
nazorat ostiga olish zarur―ligini alohida ta'kidladilar. Bugun olimlar va o’qituvchilar ilg’or
pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishga astoydil kirishishlari shart va ular bu ishga
mas'uldirlar. Bu sohaga yaqin xorijiy davlatlarda ham e'tibor kuchaytirilmoqda. quyida rossiyalik
olimlar tomonidan taklif etilgan yangi pedagogik texnologiya loyihalari bilan tanishasiz.
- texnologik xaritani loyihalash kasbiy ko’nikmasi. Bu jarayon pedagogik mahorat cho’qqisi
hisoblanadi, sababi o’qituvchi bo’lajak o’quv jarayonini oldindan ko’ra biladi, o’z g’oyalarini
texnologik xaritada qoidali tarzda tasvirlaydi. Ta'kidlash joizki, bu kasbiy ko’nikma yetarlicha
murakkab, ko’p bosqichli, o’z mohiyatiga ko’ra integrativ bo’lib o’qituvchidan yaxshi
rivojlangan refleks qobiliyatni talab etadi;
- tarix darsining axborotli xaritasini konstruktsiyalash kasbiy ko’nikmasi yoki bu xaritalar
yig’indisi har bir o’quv mavzusi uchun bo’lajak o’quv jarayonining aniqlashtirilgan loyihasi
hisoblanadi;
- ikki pedagogik ob'ektni taqqoslash kasbiy ko’nikmasi: texnologik xaritalar ko’rinishidagi
o’quv jarayoni loyihasi va ma'lum sinfda real o’quv jarayoni natijalari bilan birgalikda darsning
axborotli xaritalar tizimi. Taqqoslashni aniq ko’rsatkichlar va texnologik muolajalar bo9’yicha
o’tkazish kerak. qiyoslash muolajalari asosida tashxislash natijasiga ko’ra mazkur sinfda o’quvtarbiyaviy
faoliyat rivojini qayd etuvchi maxsus monitoring yotadi.1
Xulosa.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki har qanday mustamlakachilikni hech qanday voqea hodisalar bilan oqlab bo’lmaydi. Garchi mustamlakachilar tomonidan amalga oshirilgan ishlar ijobiy holatdek tuyulsa-da aslida uning zamirida yurt boyligini talash, imkon qadar o’z manfaatlariga bo’ysundirish va ko’proq foyda olishga intilish yotadi. Tarix shundan guvohlik beradiki har qanday bosqinchi davlat o’zi istilo etgan hududlarni ko’roq talab, yuqori foyda olishga intilib mahalliy aholining boshiga og’ir kunlarni solgan. Shu o’rinda sovet mustamlakachiligi davrida xalqimiz boshiga tushgan og’ir musibatlarni va dard alamlarni hech narsa bilan o’lchab bo’lmaydi. Shunday bo’lsa-da ota-bobolarimiz qanchalik og’ir kunlarni boshidan kechirmasinlar , istibdod kishanlari qanchalik qo’llarini bog’lamasinlar baribir hayotga bo’lgan intilishni, yorug’ kunlarga bo’lgan ishonchni yo’qotmaganlar. Mustabid sovet tuzumi davrida amalga oshirilgan ishlarda mehnatsevar xalqimizning bilak kuchi va intellektual salohiyati hal qiluvchi rol o’ynadi. Va bunda xalqimiz sovet tuzumi hukmdorlariga yoqish uchun emas balki yurtimiz obodonchiligi , uning ravnaqi hamda yorug’ kunlar uchun mehnat qildilar. XX asrning 20-30 yillarida O’zbekistonda amalga oshirilgan yer-suv islohatlari davomida yo’l qo’yil10gan kamchiliklar, bedodliklar, zulm va azob uqubatlarga qaramasdan xalqimiz fidokorona mehnat qildilar va o’zining mislsiz matonat hamda sabr-toqat egasi ekanligini namoyish etdilar.1

Download 45,06 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 45,06 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III.bob. XX asr birinchi yarmida Sovet davlatining jamoalashtirish siyosati va unig oqibati mavzusini o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish

Download 45,06 Kb.