Jamoa xo’jaliklarining moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlash va suv inshootlari qurilishi




Download 45,06 Kb.
bet6/10
Sana13.05.2024
Hajmi45,06 Kb.
#229411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mavzu XX asrning birinchi yarmida Sovet davlatining jamoalashti

2.2.Jamoa xo’jaliklarining moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlash va suv inshootlari qurilishi.
Texnikaviy ta'minot. O'zbekistonda dehqon xo'jaliklarini ommaviy tarzda jamoalashtirish ishlari ayni chog'da yangi xo'jaliklarga moddiy-texnik baza bo'lib xizmat qiladigan mashina-traktor stansiyalari (MTS) ni tashkil etish bilan uzviy bog'liq holda olib borildi. O'zbekistonda dastlabki mashina-traktor stansiyasi 1929—yilda Andijon viloyatining Asaka tumanida tashkil etilib, u yangidan tuzilgan jamoa xo'jaliklariga texnik yordam ko'rsatgan edi. Asta-sekin ularning soni ortib bordi. 1931—yilga kelib MTSlar 48 ta qishloq tumanlarida tashkil etilib, qishloq ahlining dala yumushlariga xizmat ko'rsatdi. MTSlarning yirik dehqon xo'jaliklariga nafi katta bo'lganligidan, ularning safi respublikada to'xtovsiz ortib bordi. Jumladan, 1937—yilda ularning soni 163 taga, 1941—yilga kelganda esa 189 taga yetdi. Garchand yirik jamoa yerlarini ishlab berish, qo'l mehnatini yengil-lashtirish, qishloqqa texnika olib kirish, texnika ilmidan qishloq mehnatchilarini xabardor qilish, ma'lumotini oshirishda MTSlar muhim rol o'ynagan bo'lsa-da, biroq bu narsa jamoa xo'jaliklarining davlatga tobeligini yanada kuchaytirdi. Buning asosiy sabablaridan biri shundaki, yirik ishlab chiqarish vositalari MTSlar orqali tobora davlat qo'lida to'plana bordi. MTSlar jamoa yerlarini natural haq evaziga ishlab berar, bu haqning miqdori esa yuqoridan, davlat organlari tomonidan belgilanardi.
Irrigatsiya va nielioratsiya ishlari O'zbekiston qishloq xo'jaligi, ayniqsa, uning yetakchi tarmog'i paxtachilik sohasining tezkor rivoj-lanishidan manfaatdor bo'lgan sovet hukumati avval boshdan rcspublikada irrigatsiya va melioratsiya tizimini yaxshilash va takomil-lashtirishga jiddiy e'tibor berib bordi.
Shu maqsadda 1922—yildayoq respublikada irrigatsiya tizimini qayta tiklash va yanada rivojlantirishning asosiy vazifalari belgilab berildi. Xususan, O'zbekiston hukumati tarkibida suv va qishloq xo'jaligi Xalq Komissarligi, uning huzurida esa suv xo'jaligi bosh boshqar-masi, joylarda viloyat, tuman, uchastka suv qo'mitalari tashkil etildi. Ularga davlat yordami ko'rsatib borildi. Jumiadan, 1922— yilda irrigatsiya ishlariga 6 mln. oltin rubl hisobida mablag' ajratildi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad sug'oriladigan yerlarni 2 yil ichida 2 mln. desyatinaga yetkazish edi. Joylarda suv inshootlari qurilishi avj oldirib yuborildi. Yangi kanallar, ariqlar qurildi. Ko'plab yangi yerlar o'zlashtirildi. Natijada 1924— yilga kelib sug'oriladigan yerlar miqdori 2,4 mln. desyatinaga, shu jumiadan, paxta ekiladigan maydon esa 500 ming desyatinaga yetkazildi.
Bu ishlar O'zbekiston SSR tuzilgach, yanada avj oldi. Urushgacha bo'lgan davrda respublikada Darg'om, Norpoy, Sovoy, Dalvarzin, Log'an kanallari kabi ko'plab suv inshootlari qurildi. Dalvarzin, Sovoy, Uchqo'rg'on, Mirzacho'l, Chirchiq-Ohangaron vodiylarida, Zarafshon daryosi havzasida, shuningdek, Qashqadaryo va Surxondaryoda irrigatsiya tarmoqlari a7ncha yaxshilandi. 1929-1933— yillarda bu sohaga 234,9 mln. rubl sarflandi.1
1939— yilda O'zbekiston KP(b) Markaziy Qo'mitasi va respublika hukumati xashar yo'li bilan Katta Farg'ona kanalini qurish to'g'risida qaror qabul qildi. O'sha yilning 1 avgustidan 160 ming kolxozchi kanal qurilishini boshlab yubordi. Uzunligi 270 kilometr bo'lgan bu kanal, asosan qo'l mehnati bilan, 45 kun ichida qurildi.
Katta Farg'ona kanali Farg'ona vodiysining asosiy qon tomiri bo'lib qoldi. Vodiyda 60 ming gektar cho'lli yerlar o'zlashtirilib, 500 ming gektar yerni suv bilan ta'minlash imkoniyati yaratildi. Shuningdek, ikkinchi jahon urushidan oldingi yillarda Shimoliy va Janubiy Farg'ona kanallari,
Toshkent kanali, Kampirrovot suv to'g'oni, Qoraqalpog'istonda Qizketgan kanali, sig'imi 1 mln kub/ metr bo'lgan Kattaqo'rg'on suv ombori va ko'plab boshqa suv inshootlari barpo etildi. Buning natijasida, 1937-1940— yillarda respublikada sug'oriladigan yer maydonlari qo'shimcha 200 ming gektarga ko'paydi.
Shunday qilib, Sovet hokimiyati qishloqda kollektivlashtirish siyosatini olib borishda qishloq ahliga nisbatan nechog'lik zug'um o'tkazmasin hamda ne-ne og'ir sinovlarga duchor etmasin, biroq ular xalq irodasini, uning azmu qarorini so'ndira olmadi. O'zbek xalqi fidoyilik bilan mehnat qilishda davom etdi.


Download 45,06 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 45,06 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jamoa xo’jaliklarining moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlash va suv inshootlari qurilishi

Download 45,06 Kb.