• Auktsion 2 shakl­da o‘tkazilishi mumkin
  • Mavzu: Yer uchastkalaridan doimiy foydalaning huqiqini realizatsiya qilish Reja: 2




    Download 0.53 Mb.
    Sana01.03.2024
    Hajmi0.53 Mb.
    #165086
    Bog'liq
    30 mavzu
    Ariza blanka, 2. Ishlab chiqarish rejasi bajarilishi va dinamikasi tahlili Str, 2-mavzu. Buxgalteriya balansi, ¡çáåêèñòîí ðåñïóáëèêàñè äàâëàò ñîëè ¡ìèòàñè ñîëè àêàäåìèÿñè 2, iTEP reading, vocabulary, Avtomobil tuzilishi OMT 27.01.2023 2 2, diplom oldi taqvim tayyor 4-22, 1 мавзу, 1-slayd, 11 мавзу Кўчмас мулк бозорида мулкчилик объектлари ва улар била (2), Sanitar-gigiena 40 soat Ishchi, teylor-qatori-elementar-funksiyalarni-darajali-qatorlarga-yoyish, kitoblarim

    Mavzu:Yer uchastkalaridan doimiy foydalaning huqiqini realizatsiya qilish
    Reja:
    1.
    2.

    Mamlakatimiz iqtisodiy barqarorligi va aholining munosib hayot kechirishini ta'minlashda, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda yer maydonlarini doimiy foydalanishga berish, yer maydonlaridan samarali foydalanish asosida ishbilarmonlik muhitini yaratish masalasi alohida o‘rin tutadi. Davlat rahbarining joriy yil 20 aprelda qabul qilingan “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazkur sohadagi islohotlarning izchil davomi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.


    Endilikda mamlakatimizda tadbirkorlik hamda shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish tartibi tubdan takomillashtirilgani va uning huquqiy asoslari yaratilganini alohida ta'kidlash lozim.
    Qarorga muvofiq, 2018 yilning 1 iyulidan boshlab yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchast­kalarini doimiy foydalanishga berish “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida elekt­ron auksion orqali amalga oshirilmoqda.
    Yer uchastkalarini berish bo‘yicha materiallarni yig‘ish, ko‘rib chiqish va vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishish faqat zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron shaklda amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yildi. 
    Auktsion o‘tkazilishi to‘g‘­risidagi xabarnoma operator veb-portalida u o‘tkazilishidan kamida 30 kalendar kun avval joylashtirilishi kerak.
    Auktsion 2 shakl­da o‘tkazilishi mumkin:
    yopiq auksion — bu aktsionda faqat yer uchastkasi joylashgan tuman yoki shaharda ro‘yxatga olingan yuridik va doimiy yashovchi jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin;
    ochiq auksion — unda barcha yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etadi.
    Elektron auksionda ishtirok etishga buyurtmanomalar xabarnoma joylashtirilgan kundan boshlab avtomatik tarzda qabul qilinadi.
    Buyurtmanomalarni qabul qi­lish auksion o‘tkazish kunidan 2 ish kuni oldin, soat 13:00 da yakunlanadi.
    Buyurtmanoma saytda to‘l­diriladi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi. Bunda maxsus elektron raqamli imzo auksion operatori — Majburiy ijro byurosi qoshidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan beriladi.
    Shuningdek, uchastka bosh­lang‘­ich qiymatining 20 foizi miqdorida zakalat kiritish va buyurtmanomada to‘lov hujjati rekvizitlarini ko‘rsatish talab etiladi. To‘lov hujjatining to‘lov maqsadida lot raqami ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Shu bilan birga, har bir obekt bo‘yicha alohida to‘lov hujjati talab etiladi. 
    Yer uchastkasining boshlan­g‘ich narxi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
    bir yillik yer solig‘i stavkasi miqdori;
    yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash ishlarining qiymati: maydoni 0,01 gektardan 0,05 gektargacha bo‘lganda — 2 EKIH;
    0,05 gektardan 0,1 gektargacha bo‘lganda — 3 EKIH;
    0,1 va undan ko‘p gektar bo‘lganda — 5 EKIH miqdorida.
    Auktsion ish kuni mobaynida, ya'ni soat 9:00 dan 18:00 gacha — u yakunlangunga qadar ishtirokchilar shaxsini oshkor qilmasdan o‘tkaziladi. Biroq bu ishtirokchilar kun davomida o‘zlari uchun qulay paytda takliflarini bildirishga haqli ekanini anglatmaydi.
    Auktsion yakunlangach, uning natijalari portalda e'lon qilinadi, shuningdek, auksion tashkilotchisi uning bayonnomasini tegishli hokimlikka yuboradi. Hokimlik 3 kun davomida yer uchastkasini ajratish to‘g‘risida qa­ror chiqaradi hamda uni yer tuzish va ko‘chmas mulk ka­dast­ri davlat korxonasining tuman yo shahar filialiga yuboradi. U yerda uchastkaning kadastr hujjatlari belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
    Bundan tashqari, Prezident qarori ijrosi doirasida Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 iyundagi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berishning zamonaviy va shaffof mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘­ri­sida”gi qarori qabul qi­lindi. Hukumat qaroriga asosan quyidagilar belgilandi:
    Birinchidan, bo‘sh yer uchast­kalarining ro‘yxati keyinchalik ularni tadbirkorlik va shaharsozlik fao­liyatini amalga oshirish maqsadida doimiy foydalanishga berish uchun yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining tuman yoki shahar filiallari tomonidan tuziladi.
    Ikkinchidan, yer uchastkalarini berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishish “YER­ELEKT­RON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali elektron shaklda amalga oshiriladi.
    Uchinchidan, “YER­ELEKT­RON” AATni yaratish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
    To‘rtinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Yer re­surs­lari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi “YER­ELEKTRON” AAT operatori hisoblanadi.
    Beshinchidan, “E-IJRO AUKSION”ning yagona elektron savdo maydonchasida o‘tkaziladigan elektron auksionlarda yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi qoshidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.
    Oltinchidan, elektron auksionga qo‘yiladigan bo‘sh yer uchastkalarining ro‘yxati tuman yoki shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
    Yettinchidan, yer uchastkalari ro‘yxatlarini o‘z vaqtida shakllantirish va tasdiqlash hamda ularni elektron auksionga qo‘yishni muvofiqlashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ta'minlanadi.
    Sakkizinchidan, tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga ajratish to‘g‘risida elektron auksion natijalari asosida qabul qilingan qarorlarning bekor qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Elektron auksion g‘oliblari tomonidan qabul qilingan majburiyatlarga rioya etmaslik va yer uchastkalarining davlat hamda jamoat ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda olib qo‘yilishi bundan mus­tasno.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik va shaharsozlik fao­liyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan:
    avvalo, hisob-kitob (smeta) qiymati ikki milliard so‘m va undan yuqori bo‘lgan obektlarni qurish va rekonstruksiya qilishning manzilli ro‘yxatini O‘zbe­kis­ton Respublikasi Hukumati darajasida tasdiqlash;
    shuningdek, qurilish (rekonstruksiya, kapital ta'mirlash) qiymati oldin e'lon qilingan qiymatidan oshgan ijtimoiy va fuqarolik ahamiyatga ega obektlar bo‘yicha xulosalar berish bekor qilindi.
    Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning, xususan, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning asl maqsadi — iq­tisodiyotning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sishni ta'minlash va shu asosda aholi turmush farovonligini muttasil oshirib borishga erishishdan iborat. Ushbu maqsadga erishishda tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
    Download 0.53 Mb.




    Download 0.53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Yer uchastkalaridan doimiy foydalaning huqiqini realizatsiya qilish Reja: 2

    Download 0.53 Mb.