• Badiiy uslubning o’ziga xos xususiyatlari
  • Badiiy uslub boshqa uslublar kabi o’z ichki bo’linishlariga (podstillariga) ega. Masalan
  • O’zbek tilida badiiy uslubning xususiyatlari




    Download 269.36 Kb.
    Sana28.02.2024
    Hajmi269.36 Kb.
    #163697
    Bog'liq
    1-slayd
    Ariza blanka, 2. Ishlab chiqarish rejasi bajarilishi va dinamikasi tahlili Str, 2-mavzu. Buxgalteriya balansi, ¡çáåêèñòîí ðåñïóáëèêàñè äàâëàò ñîëè ¡ìèòàñè ñîëè àêàäåìèÿñè 2, iTEP reading, vocabulary, Avtomobil tuzilishi OMT 27.01.2023 2 2, diplom oldi taqvim tayyor 4-22, 1 мавзу, 11 мавзу Кўчмас мулк бозорида мулкчилик объектлари ва улар била (2), 30 mavzu , Sanitar-gigiena 40 soat Ishchi, teylor-qatori-elementar-funksiyalarni-darajali-qatorlarga-yoyish, kitoblarim

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROT TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI 9-1KOMS-22 GURUH TALABASI UMAROVA MOXLAROYIMNING O’ZBEK TILINI SOHADA QO’LLANILISHI FANIDAN MUSTAQIL ISHI

    O’zbek tilida badiiy uslubning xususiyatlari

    • 1.Badiiy uslub va uning xususiyatlari.
    • 2.Badiiy uslubda ichki bo’linishlar.

    Ma’lum bir voqelikni badiiy tasvir vositalari orqali obrazli ifodalovchi va shu yo’l bilan tinglovchiga estetik ta’sir etuvchi nutq uslubi badiiy uslub sanaladi.

    Badiiy uslubning o’ziga xos xususiyatlari:

    *Obrazlilik va estetik ta’sir etish;

    • *Badiiy uslubning o’ziga xos xususiyatlari shundaki,unda adabiy tilning barcha imkoniyatlarini o’z ichiga olish bilan birga o’zbek shevalariga , kasb –hunarga doir leksik birliklar,bugungi kundalik iste’molidan chiqib ketgan tarixiy so’zlar ham personajlar nutqi orqali ishlatilaveradi. *Badiiy uslub o’quvchida estetik zavq uyg’otadi. Demak, badiiy uslub orqali ro’yobga chiqqan nutq ma’lum voqea-hodisa haqida axborot berish (kommunikativ vazifa bajarish) dan tashqari o’quvchiga ta’sir qilish (ekspressiv ) vazifasini ham bajaradi. *Badiiy uslub uchun obrazlilik , tasviriy ifoda vositalariga boylik xosdir. *Badiiy uslubdan boshqa barcha uslublar ijtimoiy hayotning ma’lum sohasi doirasida chegaralangan. Badiiy uslub , ulardan farqli ravishda ,inson amaliy hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi . Shuning uchun unda ilmiy uslubning ham,rasmiy uslubning ham, publitsistik uslubning ham,so’zlashuv uslubning ham elementlari namoyon bo’laveradi. *Badiiy uslubda muallif asarning estetik ta’sirini kuchaytirish maqsadida tilning leksik va grammatik vositalaridan ustalik bilan va ijodiy foydalanishi , turli ifodaviy vositalarni qo’llashi yoki o’zi yangilarini yaratishi mumkin bo’ladi. Shuning uchun bu uslubda yozuvchilar mavjud so’zlarni obrazli ishlatishdan tashqari o’ziga xos so’z va iboralar ham ijod etadilar. Badiiy nutqda til obraz, xarakter, manzara yaratishga, yuksak obrazlilikni namoyon etishga xizmat qiladi. *Bu uslubda har bir yozuvchining voqelikni badiiy idrok etish ko’lami,ijod usuli, poetik mahorati badiiy nutqning janr xususiyatiga muvofiq tarzda bir-biridan farqlanadi. Shunga ko’ra badiiy nutq uslubi nisbatan keng imkoniyatlarga ega o’ta qamrovli va boy nutq ko’rinishidir.

    Badiiy uslub – uslublarning eng murakkabi. Unda muallif asarning g’oyaviy mazmuni va o’z maqsadidan kelib chiqib turli uslub unsurlarini qorishiq holda ham qo’llashi mumkin. Masalan, O’ktam Usmonovning “Girdob” romanida qishloq xo’jaligiga oid terminlar , ilmiy ma’ruza (nutq) ko’p uchraydi.

    • Badiiy uslubning asosiy xususiyati – bo’yoqdor til birliklaridan , ko’chma ma’noli ifodalardan foydalanishning ustuvorligi. Bu uslubda jumlalarning qisqargan shakli , ritorik so’roq gaplar, yig’iq va to’liqsiz bo’laklar, o’rni almashgan bo’laklar cheklanmagan holda qo’llaniladi. Badiiy uslub inson amaliy faoliyatining barcha sohasini qamrab olishi, umumga qaratilganligi, barcha kasb egalari uchun mo’ljallanganligi bilan boshqa nutq uslublaridan farqlanib turadi. Badiiy uslubda hayot voqealari va kishilar to’g’risida oddiy axborot berilmaydi , aksincha, ular o’quvchi ko’z o’ngida , jonli tarzda , so’z bo’yoqlari yordamida barcha detal va xarakter xususiyatlari xayol pardasi ortida gavdalantirilib, o’quvchida estetik zavq uyg’otiladi , salbiy yoki ijobiy shaxs , hodisalarga nisbatan jiddiy qarash , kurash tuyg’usi hosil etiladi,shuningdek o’quvchi voqelik ichiga tortiladi va natijada yuksak badiiy zavq oladi. Demak,badiiy uslubning vazifasi estetik zavq va voqelikka biror munosabat uyg’otishdir.

    Badiiy uslub boshqa uslublar kabi o’z ichki bo’linishlariga (podstillariga) ega. Masalan:

    • 1.Poetik uslub
    • 2.Masal uslubi
    • 3.Ertak uslubi

    E’tiboringiz uchun rahmat


    Download 269.36 Kb.




    Download 269.36 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbek tilida badiiy uslubning xususiyatlari

    Download 269.36 Kb.