• I. Kirish. Yorug’likning kvant nazariyasining vujudga kelishi. Yorug’lik kvantlari II. Asosiy qism: Fotoeffekt hodisasi;
  • Yorug’likning kvant nazariyasining vujudga kelishi. Yorug’lik kvantlari
  • Mavzu: Yorug’lik kvant nazaryasi Reja: I. Kirish. Yorug’likning kvant nazariyasining vujudga kelishi. Yorug’lik kvantlari II. Asosiy qism




    Download 383.81 Kb.
    bet1/3
    Sana24.05.2023
    Hajmi383.81 Kb.
    #63925
      1   2   3
    Bog'liq
    Mavzu Yorug’lik kvant nazaryasi Reja I. Kirish. Yorug’likning
    Asimmetrik shifrlash, simmetrik shifrlash usulidan farqli o\'laro, Bio Tex Eko, 2-mavzu


    Farg’ona davlat unversiteti
    Fizika va matematika fakulteti
    Fizika –astranomiya yo’nalishi
    18.10 guruh talabasi
    Muhammadaliyeva Irodaning
    umumiy fizika fanidan

    Mustaqil ishi

    Mavzu:Yorug’lik kvant nazaryasi


    Reja:
    I. Kirish. Yorug’likning kvant nazariyasining vujudga kelishi. Yorug’lik kvantlari II. Asosiy qism:

    1. Fotoeffekt hodisasi;

    2. Kompton effekti;

    3. Issiqlik nurlanishi;

    III. Xulosa.

    Yorug’likning kvant nazariyasining vujudga kelishi. Yorug’lik kvantlari
    XIX asrning oxirlarigacha yorug‘lik hodisalari yorug‘likning elektromagnit nazariyasi nuqtai nazaridan tushuntirib kelindi.
    Yorug‘likning elektromagnit tabiati haqidagi tasavvurlar olimlarni elektromagnit to‘lqin energiyasining uzluksiz tarqalishiga o‘xshab yorug‘lik energiyasi ham uzluksiz uzatiladi, degan fikrga olib keldi. Ammo XIX asrning oxrlarida klassik elektrodinamika asosida tushuntirib bo‘lmaydigan hodisalar aniqlandi. Bu yangi holat fiziklarni yana yorug‘likning korpuskulyar tabiatiga murojaat etishga majbur qildi. Bular qanday hodisalar edi?
    Ma‘lumki, yorug‘lik hodisalari yorug‘likning modda bilan ta‘sirlashishida namoyon bo‘ladi. Bunday o‗zaro ta‘sirlar ham moddada, ham modda bilan o‘zaro ta‘sirda bo‘lgan yorug‘likda kechuvchi ma‘lum o‘zgarishlar bilan bir qatorda kuzatiladi. Yorug‘lik qaytadi, sinadi va modda tomonidan yutiladi. Modda bilan yorug‘likning o‘zaro ta‘sirlashishida kimyoviy va biologik reaksiyalar yuz beradi.
    Yorug‘likning modda bilan o‘zaro ta‘siri tufayli yuz beradigan hodisalarni, ular bo‘ysunadigan qonunlarni o‘rganish yorug‘lik tabiatini, uning strukturasini va ichki mohiyatini chuqurroq bilish imkonini beradi. Yorug‘likning tabiati haqidagi tasavvurlarni tub o‘zgarishlarga olib kelgan yangi kashf etilgan va o‗rganilgan hodisalar qatoriga issiqlik nurlanishi, fotoeffekt, Kompton effekti, majburiy nurlanish va shu kabilar kiradi. Yorug‘lik energiyasining elektronlarning mexanik energiyasiga(fotoeffekt va Kompton effekti) yoki yorug‘likni yutayotgan butun sistemaning mexanik energiyasiga(yorug‘likning bosimi) aylanish jarayonlari, shuningdek, yorug‘likning turli kimyoviy ta‘sirlari(fotoximiya, fotografiya, fiziologik optika) kabi hodisalar yorug‘likning ana shu ―yangi‖ tabiatidan kelib chiqadigan hodisalar sirasiga kiradi.
    Fizika sohasidagi g‘oyat buyuk revolyutsiya XX asrning boshiga to‘gri keldi. Issiqlikdan nurlanish (qizdirilgan jismning elektromagnit nurlanishi ) spektrlarida energiyaning taqsimlanishi sohasida o‘tkazilgan tajribalarda kuzatiladigan qonuniyatlar to‘g‘ri bo‘lmay chiqdi. Maksvell elektromagnitizmining ko‘p marta ko‘rilgan qonunlarini moddaning qisqa elektromagnit to‘lqinlar chiqarishi muammosiga tatbiq etishga urinilganda to‘satdan ―to‘polon qilib qoldi‖.
    Maskvell elektrodinamikasi ma‘nosiz shunday xulosaga olib kelgan ediki, bu xulosaga ko‘ra, qizdirilgan jism elektromagnit to‘lqinlar nurlayotganda enetgiya yo‘qotib, absolyut nolgacha sovishi kerak. Klassik nazariyaga binoan modda bilan nurlanish orasida issiqlik muvozanati bo‘lishi mumkin emas, ammo kundalik tajriba haqiqatda bunday emasligini ko‘rsatadi. Qizdirilgan jism elektromagnit to‘lqinlar chiqarishga o‘z energiyasining bir qisminigina sarf qiladi.
    Nazariya bilan tajriba orasidagi bu ziddiyatga barham berish yo‘llarini izlab, nemis fizigi Maks Plank atomlar elektromagnit energiyani portsiyalab-kvantlab chiqaradi degan taxminni ilgari surdi. Har qaysi portsiyaning E energiyasi ν nurlanish chastotasiga to‘gri proporsional:
    ν (1)
    Proporsionallik koeffitsiyenti h Plank doimiysi deb ataladi.

    Maks Plank (1858-1947)-buyuk nemis nazariyotchi fizigi, kvant nazariyasining mikroskopik zarrachalarning harakatlanishiga, o’zaro ta’sir etishiga, bir-biriga aylanishiga oid hozirgi zamon nazariyasining aoschisi.
    Plankning taxmini, amalda, klassik fizika qonunlarini mikroolam uchun tatbiq etib bo‘lmaydi degan so‘z edi. Issiqlikdan nurlanishning Plank yaratgan nazariyasi eksperimentga juda muvofiq keldi. Energiyaning chastotalar bo‘yicha tajribadan ma‘lum bo‘lgan taqsimlanish qoidasi asosida Plank doimiysining qiymati aniqlandi. U juda ham kichik bo‘lib chiqdi:

    Download 383.81 Kb.
      1   2   3




    Download 383.81 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Yorug’lik kvant nazaryasi Reja: I. Kirish. Yorug’likning kvant nazariyasining vujudga kelishi. Yorug’lik kvantlari II. Asosiy qism

    Download 383.81 Kb.