Bioinformatikada suniy intellikt
Sun’iy intellekt — informatikaning alohida sohasi bo‘lib, odatda inson ongi bilan
bog‘liq imkoniyatlar: tilni tushunish, o‘rgatish, muhokama qilish, masalani
yechish, tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan
shug‘ullanadi.
Hozirda SI turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan algoritm hamda dasturiy
tizimlardan iborat va u inson ongi bajarishi mumkin bo‘lgan bir qancha
vazifalarning uddasidan chiqa oladi.
1990 yillarda SI taraqqiyotida yangi sahifa ochildi. 1997 yilda Deep Blue nomli IBM
kompyuteri shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Garri Kasparovni yenggan tarixdagi
ilk kompyuter bo‘ldi.
SIning yorqin namunalaridan yana biri – IBM Watson superkompyuteri bo‘lib, u o‘z
bazasidan kelib chiqib muayyan tilda berilgan savollarga javob beradi. Shuningdek,
ko‘pchilikning doimiy hamrohiga aylanib ulgurgan mobil yordamchi Siri,
fotosuratlarni qayta ishlovchi Prisma kabi dasturlarni SIning yutuqlaridan biri
sifatida qayd etish mumkin. Hozirga kelib sun’iy intellekt keng ko‘lamda
ommalashib kundalik turmush tarzimizning deyarli barcha jabhalarini qamrab
olmoqda. Masalan, Xitoydagi Inchuan shahri aholisiga bank kartalarining
keragi yo‘q. Hisob-kitoblar bilan bog‘liq barcha jarayonlar sun’iy intellekt
tomonidan insonning yuz qiyofasini aniqlashtirish orqali amalga oshiriladi.
FOYDAMI YoKI ZARAR?
SI
haqidagi
bahs-munozaralar
qariyb
50
yildan
beri
davom
etib
kelmoqda. Mutaxassislar hanuzgacha bir to‘xtamga kelishgani yo‘q. Ba’zilar
ularning ommalashib odamlar o‘rnini egallab borayotgani natijasida ommaviy
ishsizlik
ko‘rsatkichlari
oshib
ketishi
mumkinligidan
tashvishdalar.
Mutaxassislarning
boshqa
bir guruhi esa SIga ijobiy munosabatda bo‘lish kerakligini uqtirishmoqda. Hatto
IT- sohasidagi milliarderlar orasida ham turli qarashlar mavjud.
Jumladan, SpaceX asoschisi Ilon Mask SIning butun boshli sivilizatsiyani barbod
qilishiga ishonchi komil.
Maskning fikricha, “SI insoniyat sivilizatssiyasi uchun asosiy xavfdir. SI mehnat
bilan bog‘liq ommaviy muammolarni keltirib chiqaradi. Sababi, robotlar hamma
ishni bizdan ko‘ra yaxshiroq bajara olishadi. Ilg‘or texnologiyalar ortidan quvish
natijasida, kompaniyalar sun’iy intellekt ortidan kelib chiqadigan xavf-xatarni
ko‘rmay qolishlari mumkin”.
Shuningdek, Microsoft rahbari Bill Geyts ham uning zarariga to‘xtalib o‘tadi.
“Bir necha o‘n yildan so‘ng, robotlar ishning katta qismini bajara boshlagach, SI shu
qadar kuchayib ketadiki, yakunda u bizni xavotirga sola boshlaydi. Bu borada Ilon
Maskning fikriga qo‘shilaman. Ammo nega bu savol boshqalarni
tashvishlantirmayotganiga hech tushunolmayman”, – deydi Geyts.
“Boshqalar” deganda Geyts Facebook egasi Mark Sukerbergni nazarda tutgan
bo‘lsa, ajab emas. Chunki, Mark SIga nisbatan ijobiy munosabatda
ekanligini bildirar ekan: “Yangi texnologiyalar har doim ham yaxshilik yoki
yomonlik qilish maqsadida yaratilishi mumkin. SIning keng tarqalishi ortidan
keladigan ijobiy natijani esa, yaqin 5-10 yil ichida ko‘ramiz”, deya Ilon Maskning
fikriga e’tiroz bildirgan edi.
Bugungi
kunda
ayrim
davlatlarda
robot-hamshiralar,
xaydovchisiz
transport vositalari, buyurtmani yetkazib beruvchi dronlar xizmatidan foydalanish
yo‘lga qo‘yilgan. Hatto politsiya xodimlarining ba’zi vazifalarini ham maxsus
robotlar bajarishyapti. Olimlar ularning tashqi ko‘rinishini imkon qadar
odamlarnikiga o‘xshatishga urinishmoqda.
Bundan
tashqari,
SI
jurnalistlarning
doimiy
ko‘makchisiga
aylanib
ulgurgan. Masalan, Associated Pressda “ishlayotgan” robotlar moliyaviy
hisobotlarni yozib boradi. SIning qo‘llanilishi ushbu nashrda har chorakda
beriladigan yangiliklarni 300 tadan 4400 taga oshirdi.
Swiss Re sug‘urta kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilga kelib 4,7 mln aholi
ishsiz
qolishi
mumkin.
Shuningdek,
ishsizlik
g‘aznachilar,
pochta
xodimlari, hisobchilar va idora xizmatchilariga xavf solishi mumkinligi aytilgan. SI
ularning vazifasini bemalol bajara oladi.
Yuqoridagilardan
tashqari,
aksa-riyat
iste’molchilarning
robotlarga
ishonch bildirmayotganligi SIning ommalashishiga halal berayotgan to‘siqlardan
biridir. Odamlar o‘ziyurar mashina yoki samolyotlar xizmatini qabul qilishlari
uchun biroz vaqt kerak, albatta. Biroq, zamonaviy texnologiya-lar qurshovida o‘sib-
unayotgan yosh avlodda buning aksi bo‘lib, ularni bu jarayon u qadar havotirga
solayotgani yo‘q.
Har qancha e’tiroz va tanqidlarga qaramay SI rivojlanishdan odamlarga yordam
berishdan to‘xtamayapti. Ayniqsa, tibbiyotda uning ahamiyati tobora
oshib bormoqda. Endilikda robotlar nisbatan murakkab jarrohlik amaliyotlarini
ham uddasidan chiqishyapti. Robot-shifokorlarning tibbiyot hodimlari bilan o‘ziga
xos hamkorligi samaradorlikni ancha oshirdi.
Medtronis kompaniyasi esa IBM bilan hamkorlikda qandli diabet kasalligi bilan
og‘rigan bemorlar uchun maxsus dastur ishlab chiqmoqda. Mazkur dasturiy ta’minot
qon tarkibidagi qand miqdorining favqulodda tushib ketishini 3 soat avval aniqlash
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Buning uchun shu kasallika chalingan 600 ta
anonim bemorlarning tibbiy ma’lumotlari o‘rganib chiqildi. Bu endi odamlar o‘z
salomatliklarini mobil qurilmalardagi maxsus dasturlar orqali muntazam nazorat
qilib borish imkoniga ega bo‘lishadi deganidir.
Ko‘rib
turganingizdek,
SI
ning
hayotimizdagi
o‘rni
kundan-kunga
chuqurlashib bormoqda. Ular insoniyatning yutug‘imi yoki mag‘lubiyati, degan
savol ustidagi bahslar hali uzoq davom etadi. Eng muhimi, fantastik yozuvchi Ishoq
Azimov ta’biri bilan aytganda, robotlarni yaratishda odamlarga zarar yetkazmaslik
shior qilib olinishi kerak. Yuqoridagilardan tashqari, aksa-riyat iste’molchilarning
robotlarga ishonch bildirmayotganligi SIning ommalashishiga halal berayotgan
to‘siqlardan biridir. Odamlar o‘ziyurar mashina yoki samolyotlar xizmatini qabul
qilishlari uchun biroz vaqt kerak, albatta. Biroq, zamonaviy texnologiya-lar
qurshovida o‘sib-unayotgan yosh avlodda buning aksi bo‘lib, ularni bu jarayon u
qadar havotirga solayotgani yo‘q.
Har qancha e’tiroz va tanqidlarga qaramay SI rivojlanishdan odamlarga yordam
berishdan to‘xtamayapti. Ayniqsa, tibbiyotda uning ahamiyati tobora
oshib bormoqda. Endilikda robotlar nisbatan murakkab jarrohlik amaliyotlarini
ham uddasidan chiqishyapti. Robot-shifokorlarning tibbiyot hodimlari bilan o‘ziga
xos hamkorligi samaradorlikni ancha oshirdi.
|