• Adabiyotlar
  • Mavzu;Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida axborotni birlamchi qayta ishlash funksiyasi va algoritmlarini o‘rganish




    Download 170,85 Kb.
    bet2/2
    Sana13.02.2024
    Hajmi170,85 Kb.
    #155738
    1   2
    x(t) – kirish signali; y(t) – chiqish (rostlanuvchi yoki boshqariluvchi) kattalik; xb(t) – boshqariluvchi kattalikning berilgan qiymati; ∆x=xb(t)–ytb(t) – boshqariluvchi kattalikning berilgan qiymatdan chetlashishi yoki og‘ishi; F(t) – qo‘zg‘atuvchi signal yoki ta’sir; ytb(t) – asosiy teskari bog‘lanish signali; y0(t) – mahalliy teskari bog‘lanish signali; xp – boshqaruvchi, rostlovchi kattalik yoki signal.
    1 – topshiriq beruvchi element. Boshqarish maqsadiga muvofiq keladigan boshqarish signallarini tashkil etish uchun mo‘ljallangan.
    2, 2' – taqqoslovchi yoki solishtiruvchi element. Bunda bir necha signal absolyut qiymati bo‘yicha solishtiriladi.
    3, 4 – kuchaytiruvchi va o‘zgartiruvchi element. Bu boshqarish maqsadiga muvofiq signallarni kuchaytirish va o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan.
    5 – ijro etuvchi element. Bu boshqarish maqsadiga muvofiq boshqaruv obyektiga ta’sir etuvchi signalni tashkil etish uchun mo‘ljallangan.
    6 – boshqarish obyekti. Bu boshqarish maqsadiga muvofiq, o‘z holatini o‘zgartirishi kerak bo‘lgan har qanday fizik tabiatli jarayonlar, qurilmalar va hokazolar bo‘lishi mumkin.
    7 – mahalliy teskari bog‘langan element yoki korrektlovchi qurilma. Bu sistemaning dinamik xususiyatini yaxshilash uchun ishlatiladi.
    8 – asosiy teskari bog‘lanish elementi yoki axborot datchiklari deyiladi. Bu sistemada bo’layotgan jarayonlar to‘g‘risida teskari bog‘lanish zanjiri orqali ma’lumot olish uchun mo‘ljallangan.
    Quyida sxemada bir o‘lchamli oddiy ABS soddalashtirilgan struktur sxemasi keltirilgan.

    1.5-rasm. Bir o‘lchamli oddiy ABS soddalashtirilgan struktur sxemasi.
    Bunda rostlagich teskari aloqa bilan boshqarish obyektiga bog’langan. Shuning uchun obyekt holati o’zgarishi bilan boshqaruvchi ta’sirlarni ishlab chiqadi va rostlaydi.
    Zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarining ko‘pchiligi to‘liq avtomatlashtirilganligi bilan xarakterlanadi. Avtomatlashtirish barcha uskunalarning avariyasiz ishlashini ta‘minlaydi, baxtsiz hodisalarning va atrof-muhitning zaharlanishini oldini oladi. SHuningdek, kimyo va oziq-ovqat sanoatlarida portlash hamda yong‘in chiqish xavfi ko‘pligi ham jarayonlarni maksimal darajada avtomatlashtirishni talab qiladi.
    Ishlab chiqarish jarayonlarining avtomatlashtirilishi asosan uch bosqichdan iborat bo‘ladi:
    Birinchi bosqich - bunda asboblarni mashina va apparatlar yaqiniga joylashtirish deyarli qiyinchiliklar tug‘dirgan. Avtomatlashtirishning bu davrida shkalasi yaxshi ko‘rinadigan yirik o‘lchamli asboblar ishlatilgan. Bunda bir korpusga o‘lchash asbobi, rostlagich va topshiriq beruvchi qurilma joylashtirilgan.
    Ikkinchi bosqich – ayrim jarayonlarning kompleks avtomatlashtirilish hisoblanadi. Bunda rostlash alohida shchitga o‘rnatilgan asboblar bo‘yicha olib boriladi. Yirik o‘lchamli asboblardan foydalanish bu shchitning bir necha metrga cho‘zilib ketishiga olib keladi va shchitni nazorat qilish qiyinlashadi, avtomatlashtirishning bu davrida shchitdagi asboblarning hajmini kichiklashtirish zarurati paydo bo‘ladi. Bu masalani yechish uchun kichik o‘lchamli ikkilamchi asboblar ishlatiladi.
    Uchinchi bosqich (to‘liq avtomatlashtirish bosqichi) – agregat va sexlarni to’liq avtomatlashtirish bilan xarakterlanadi. Bu davrning xarakterli xususiyati shundaki, boshqarish yagona nazorat punktiga markazlashtiriladi. Shu bilan birga, kichik ikkilamchi asboblarni ishlatish ehtiyoji paydo bo‘ladi. Doimiy nazoratni talab qilinadigan o‘lchash va rostlash asboblari (yirik o‘lchamli) shchitdan tashqariga o‘rnatiladi.
    Har bir texnologik jarayon texnologik jarayon parametrlari deb ataluvchi o‘zgaruvchan fizikaviy va kimyoviy kattaliklar (bosim, sarf, sath, harorat, namlik, konsentratsiya va hokazo) bilan xarakterlanadi. Texnologik jihozlar jarayonning turli oqib o‘tishini ta’minlashi uchun muayyan jarayonni xarakterlovchi parametrlarni berilgan qiymatda saqlashi lozim.
    Rostlash obyektini tavsiflovchi o‘zgaruvchilarning asosiy guruhlari.
    Qiymatini stabillash – yoki bir tekisda o‘zgarishini ta’minlash zarur bo‘lgan parametrga rostlanuvchi kattalik deb ataladi.
    Rostlanuvchi kattalikning qiymatini barqarorlash yoki ma’lum qonun bo‘yicha o‘zgarishini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan asbob avtomatik rostlagich deyiladi.
    Rostlanuvchi kattalikning ayni paytda o‘lchangan qiymati, rostlanuvchi kat­talikning hozirgi qiymati deyiladi.
    Rostlanuvchi kattalikning texnologik reglament bo‘yicha ayni vaqtda doimiy saqlanishi shart bo‘lgan qiymati rostlanuvchi kattalikning berilgan qiymati deyiladi.
    Texnologik reglament rostlanuvchi kattalikning hozirgi va berilgan qiymatlarini vaqtning har bir onida teng bo‘lishini talab qiladi. Ammo ichki yoki tashqi sharoitlarning o‘zgarishi sababli rostlanuvchi kattalikning hozirgi qiymati berilgan qiymatidan chetga chiqishi mumkin. Shu paytda hosil bo‘lgan qiymatlar farqini xatolik yoki nomoslik deyiladi.
    Xatolik yoki nomoslik nolga teng bo‘lgan texnologik jarayon turg‘unlashgan rejim deyiladi. Turg‘unlashgan rejimda moddiy va energetik balanslar qat’iy saqlanadi.
    Har qanday texnologik jarayon uchun mahsulotning eng yaxshi sifati va eng kam sarf-xarajatlarda talab etilgan samaradorlikni ta’minlovchi optimal sharoitlar mavjud. Ushbu sharoitlarning birligi normal texnologik sharoit deb ataladi.
    Texnologik jarayon avtomatik tarzda rostlanayotgan sanoat uskunasi rostlash ob’ekti deyiladi. Har qanday texnologik jarayon rostlash ob’ekti sifatida quyidagi o‘zgaruvchilarning asosiy guruhi orqali xarakteristikalanadi (2.1-rasm).
    1) Jarayon holatini xarakteristikalovchi o‘zgaruvchilar (ularning birligini Y(t) vektori orqali belgilaymiz). Bu o‘zgaruvchilarni rostlash jarayonida bir holatda ushlab turish yoki berilgan qonun bo‘yicha o‘zgartirish lozim. O‘zgaruvchilarni stabillashtirish aniqligi texnologiya va rostlash sistemasining imkoniyatlari taqozo etadigan talablarga bog‘liq holda turlicha bo‘lishi mumkin. Odatda Y(t) vektoriga kiruvchi o‘zgaruvchilar bevosita o‘lchanadi, lekin ba’zi holatlarda ularni boshqa bevosita o‘lchanuvchi o‘zgaruvchilar bo‘yicha obyekt modelini qo‘llab hisoblash mumkin. Y(t) vektori odatda rostlanuvchi kattaliklar vektori (yoki ishchi parametr) deb ataladi. Ko‘p hollarda ishchi parametrlari tezlik (chiziqli va aylanuvchan), harorat, bosim, chiziqli va burchak siljish kabi fizik kattaliklarni ko‘rsatadi.
    2) O‘zgarishi orqali rostlash sistemasi obyektni boshqarish maqsadida unga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan o‘zgaruvchilar hisoblanadi. Ushbu o‘zgaruvchilar birligi U(t) vektori orqali belgilanadi va rostlovchi ta’sirlar vektori deb yuritiladi. Odatda, rostlovchi ta’sirlar sifatida moddiy oqim sarflari yoki energiya oqimi o‘zgarishi xizmat qiladi.
    3) Amalda ko‘pincha xom-ashyoning sarfi va tarkibi, apparatlardagi harorat, bosim va hokazolarning o‘zgarishi kuzatiladi. Texnologik jarayonning maqsadga muvofiq ravishda oqib o‘tishiga teskari ta’sir ko‘rsatuvchi hamda sistemalardagi moddiy va energetik balansni buzuvchi o‘zgaruvchilar g‘alayonlar deb ataladi. G‘alayonli ta’sirlar o‘z o‘rnida o‘lchanadigan va o‘lchanmaydigan g‘alayonlarga bo‘linadi. G‘alayonlar ta’sirida xatolik paydo bo‘ladigan texnologik jarayon rejimi turg‘unlashmagan rejim deyiladi.
    Adabiyotlar:

    1. Yusupbekov N.R., Muxamedov B.I., G’ulomov Sh.M. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish. –Toshkent: O‘qituvchi, 2011.

    2. Vaxidov A.X., Abdullaеv D.A. Avtomatikaning tеxnik vositalari. Toshkent, 2012.

    3. Aripov N.M. “Avtomatik boshqarish nazariyasi va avtomatika elеmеntlari” ma'ruzalar matni. Toshkеnt, 2010.

    4. Ismoilov A.I., Nazarov O.K. “Avtomatika va avtomatlashtirish asoslari” fanidan ma'ruzalar matni. Andijon, 2006.

    Download 170,85 Kb.
    1   2




    Download 170,85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu;Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida axborotni birlamchi qayta ishlash funksiyasi va algoritmlarini o‘rganish

    Download 170,85 Kb.