Mavzu;Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida axborotni birlamchi qayta ishlash funksiyasi va algoritmlarini o‘rganish




Download 170,85 Kb.
bet1/2
Sana13.02.2024
Hajmi170,85 Kb.
#155738
  1   2

Mavzu;Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida axborotni birlamchi qayta ishlash funksiyasi va algoritmlarini o‘rganish.
Reja;

  1. Avtomatik boshqarish tizimi haqida umumiy ma’lumot

  2. Avtomatik nazorat, rostlash va boshqarish tushunchalari

  3. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida axborotni birlamchi qayta ishlash funksiyasi va algoritmlarini o‘rganish.

Avtomatika – bu fan va texnikaning avtomatik boshqarish nazariyasi va amaliyoti avtomatik sistemalarni qurish prinsiplari va texnik jihatlarini o’z ichiga oladi.


Avtomatlashtirish - ishlab chiqarish jarayonidagi odam ishtirok etmagan sanoatning yangi bosqichi bo‘lib, bunda texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish funksiyasini avtomatika elementlari yordamida bajaradi. Avtomatlashtirishni joriy etish ishlab chiqarishning asosiy texnika-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga, ya’ni ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymati va sifatining oshishi hamda tannarxining kamayishiga olib keladi.
Avtomatik boshqarish qurilmasi deb, boshqarish obyektiga boshqarish ta’sirini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan texnik vosita va qurilmalar majmuasiga deyiladi. Qandaydir texnologik jarayonni bajaradigan qurilmaga, boshqariladigan obyekt (BO) deb ataladi. Bu jarayonni to‘g’ri bajarishlik, ishlash algoritmi deb ataladigan, ko‘rsatmalarni to‘plami bilan aniqlanadi. BO ishlash algoritmini bajarishi uchun ABQ ga tashqaridan maxsus tashkil etilgan ta’sirlar bo‘lishi kerak. Bu ta’sirlarning xususiyati, boshqaruv algoritmi deb ataladigan ko‘rsatmalarning to‘plami bilan belgilanadi.
Avtomatik boshqarish qurilmasi sezgir element (o‘lchash qurilmasi), o‘zgartirgich, kuchaytirgich va ijro etuvchi qurilmalardan iborat.
Avtomatik boshqarish tizimi (yoki avtomatik tizim), o‘zaro hamkor ishlaydigan boshqariladigan obyektdan va avtomatik boshqarish qurilmasidan (ABQ) tashkil etiladi.
Avtomatik boshqaruv deb – insonni bevosita ishtirokisiz, ma’lum maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan texnik obyektni boshqarishga aytiladi. Bunda insonning vazifasi avtomatik boshqarish tizim (ABT) ishlashini kuzatish, uni ishga tushirish va o‘chirishdan iborat bo‘ladi. Agar boshqarish vazifalarini inson qisman bajaradigan bo‘lsa, bunday tizimlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari deb ataladi.
Avtomatika deb – insonni bevosita ishtirokisiz ishlaydigan texnik vosita (jarayon) larning boshqaruv tizimlarini barpo etish nazariyasi va prinsiplarini o‘z ichiga oladigan fan va texnika sohasiga aytiladi.
Avtomatik boshqarish obyekti – boshqarish avtomatik qurilmalar orqali amalga oshirilsa, u holda boshqarish obyektiga avtomatik boshqarish obyekti deb aytiladi.
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning rivojlanishi asosan 50-60 - yillarda boshlangan. Texnika siyosatini maqsad sari yo‘naltirilganligi hisobiga kimyoviy ishlab chiqarishning turli sohalarida avtomatlashtirishning darajasi oshdi.
Avtomatlashtirishning maqsadi – mehnat unumdorligi va ishlab chiqarishning sifatini oshirish rejalarini avtomatlashtirish, optimallashtirish va boshqarish, insonni zararli sharoitlarda ishlashdan ozod qilishdir. U fan va texnikani umumiy rivojlantirish natijasidir.
«Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish» kursining asosiy maqsadi: avtomatikaning zamonaviy texnik vositalari hamda EHM bilan boshqariladigan mikroprotsessorli texnika bazasi asosida ARS larni qurish usullari va prinsiplarini to‘la-to‘kis o‘rganishdan iborat. Kursning amaliy mohiyati mamlakatimiz xalq xo‘jaligi va ishlab chiqarish sanoati taraqqiyotidagi ustuvor vazifalar bilan bog‘langan.
Texnologik jihozlanishning yaxlitligi va undagi o’zlashtirilgan texnologik jarayonlarni boshqarishni ishlab chiqarish jarayonida amalga oshirilishi, texnologik obyektni boshqarishni tashkil qiladi. Axborotlarni avtomatlashtirilgan holda yig’ish va qayta ishlashni ta’minlovchi hamda inson faoliyatining turli sohalardagi optimal boshqarish uchun zarur bo’lgan inson-mashina sistemasiga – Avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasi (ABS) deyiladi.

1-rasm. Avtomatik boshqarish sistemasining struktur sxemasi

Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish sistemasi – deb texnologik boshqaruv obyekti (TBO) ish sifatini xarakterlovchi ko‘rsatkich – qabul qilingan boshqarish kriteriyasiga mos boshqaruvchi ta’sirni ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi hamda qo‘llaniladigan boshqaruvchi ta’siriga bog‘liq ravishda aniq qiymatni qabul qiluvchi avtomatik boshqaruv sistemasi (ABS) ga aytiladi.



1.2-rasm. Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish sistemasining arxitekturasi
2. Avtomatik nazorat, rostlash va boshqarish tushunchalari.
Texnik jarayonlarda odamning ishtirok etishiga ko’ra avtomatlashtirishni quyidagilarga ajratish mumkin: avtomatik nazorat, avtomatik rostlash va avtomatik boshqarish.
Avtomatik nazorat – texnologik jarayonlarda tezkor ma’lumotlarni avtomatik ravishda qabul qilish va uni qayta ishlash uchun kerakli bo’lgan sharoitlarni ta’minlaydi.
Avtomatik rostlash – texnologik jarayonlarning tegishli parametrlarini avtomatik rostlovchi asboblar yordamida talab qilingan darajada saqlanishini nazarda tutadi. Bu holda odam faqat avtomatik rostlash sistemasining (ARS) turi ishlashini nazorat qiladi.
Avtomatik boshqarish – texnologik operatsiyalarni belgilangan ketma-ketlikda avtomatik ravishda bajarilishini va boshqaruv obyektiga nisbatan bo’ladigan ta’sirlarning muayyan muttasilligini ishlab chiqishdan iborat.
Kundalik xayotimizda biz xar xil jarayonlarni boshqarishga duch kelamiz. Masalan, korxona faoliyatini, xarbiy operatsiyalarni, transport vositalarini va hokazo. U yoki bu jarayonni oldiga qo‘yilgan maqsad sari yo‘naltirishga boshqarish deyiladi.
Har qanday jarayonni boshqarish quyidagi to‘rtta bosqichdan iborat. Buni sxematik tarzda quyidagicha ifodalash mumkin (3-rasm):


1.3-rasm. Boshqarish bosqichlari.
BO – boshqarish obyekti; I – boshqarish maqsadi; II – boshqarish to‘g‘risida axborot; III – taqqoslash, tahlil etish va qaror qabul qilish; IV – qabul qilingan xabarni bajarish.
Avtomatlashtirishni joriy etish ishlab chiqarishning asosiy texnik – iqtisodiy ko’rsatkichlarining yaxshilanishiga, ya’ni ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdori va sifatining oshishi hamda tan narxining kamayishiga olib keladi.
Boshqarish jarayonini hamma bosqichlarini bajarilishini ta’minlaydigan texnik vositalar to‘plamiga boshqarish sistemasi (tizimi) deyiladi.
Boshqarish jarayonini hamma bosqichlari oldam ishtirokisiz bajarilsa avtomatik boshqarish deyiladi. Agar biror bosqich odam ishtirokida bajarilsa avtomatlashtirilgan boshqarish deyiladi.
Boshqarish jarayonini hamma bosqichlari oldam ishtirokisiz bajarilishini ta’minlaydigan texnik vositalar to‘plamiga avtomatik boshqarish sistemasi deyiladi.
Zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarining ko’pchiligi to’liq avtomatlashtirilganligi bilan xarakterlanadi. Avtomatlashtirish barcha uskunalarning avariyasiz ishlashini ta’minlaydi, baxtsiz xodisalarning va atrof – muxitning zaxarlanishini oldini oladi. SHuningdek, kimyo va oziq – ovqat sanoatlarida portlash hamda yong’in chiqish xavfi ko‘pligi ham jarayonlarni maksimal darajada avtomatlashtirishni talab qiladi.
ABS ni boshqarishda quyidagi sxemalardan foydalaniladi:
1. Funksional sxema – bu sxema sistemaning qanday elementdan tashkil topganini bildiradi. Unda har bir elementga mos ravishda shu elementning nomi yoki u bajaradigan funksiyasining nomi keltiriladi.
2. Strukturaviy sxema (model) – bu sxema sistemaning matematik modelini bildiradi. Bunda har bir elementga mos ravishda algebraik, differensial, integral tenglamasi yoki qandaydir uzatish funksiyasi keltiriladi.
3. Prinsipial sxema – bu sxema funksional sxemani kengaytirilgan ko’rinishi bo’lib, bunda har bir elementni kengaytirib ko’rsatiladi.
Kirish va chiqish kattaligi bitta bo‘lgan sistemani bir o‘lchamli sistema deyiladi. Bir o‘lchamli oddiy ABS funksional sxemasini quyidagicha qurish mumkin (4-rasm):


1.4-rasm. Bir o‘lchamli oddiy ABS funksional sxemasi.

Download 170,85 Kb.
  1   2




Download 170,85 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu;Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida axborotni birlamchi qayta ishlash funksiyasi va algoritmlarini o‘rganish

Download 170,85 Kb.