• 15.1.Ish haqini tashkil etish, uni isloh qilish, ish haqining mohiyati va uning shakllanishi. Ish haqining tuzilishi.
  • Mehnatga haq toʻlashning oddiy ishbay va oddiy vaqtbay, akkord, moddiy, rag‘batlantiruvchi tizimlari va bilvosita usuli




    Download 48,23 Kb.
    bet4/6
    Sana05.01.2024
    Hajmi48,23 Kb.
    #130760
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    14 15 Mavzular MEHNATGA HAQ TOʻLASh TIZIMLARINI TAShKIL ETISh

    14.3. Mehnatga haq toʻlashning oddiy ishbay va oddiy vaqtbay, akkord, moddiy, rag‘batlantiruvchi tizimlari va bilvosita usuli.

    Mehnatga haq to‘lash shartlarini va miqdorini belgilash:


    Mehnatga haq to‘lash shartlari va miqdori ish beruvchi hamda xodim o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, bajariladigan ishning murakkabligi va shartlari, xodimning kasbiy-malakaviy va ishchanlik sifatlari, uning mehnati hamda tashkilotning xo‘jalik faoliyati natijalari hisobga olingan holda ushbu ish beruvchida amalda bo‘lgan mehnatga haq to‘lash tizimlariga muvofiq belgilanadi.
    Mehnatga haq to‘lash tizimlari, shu jumladan tarif stavkalari, maoshlar, kompensatsiya xususiyatiga ega qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar, shu jumladan normal sharoitlardan chetga chiquvchi sharoitlardagi ish uchun shunday qo‘shimcha to‘lovlar hamda ustamalar miqdorlari, rag‘batlantiruvchi xususiyatga ega qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar tizimlari hamda mukofotlash tizimlari jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, shuningdek ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra qabul qilinadigan ichki hujjatlarda, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq mehnat shartnomasida belgilanadi.


    15.1.Ish haqini tashkil etish, uni isloh qilish, ish haqining mohiyati va uning shakllanishi.


    Ish haqining tuzilishi.

    • Mehnatga haq to‘lashning tarifli tizimi turli toifadagi xodimlarning ish haqini differensiyalashning tarifli tizimiga asoslangan mehnatga haq to‘lash tizimidir.

    • Tarifli tizim tarif setkasini, tarif stavkalarini (maoshlarni), tarif razryadlarini, tarif koeffitsientlarini o‘z ichiga oladi.

    Mehnatga haq to‘lashning tarifsiz tizimi mehnatga haq to‘lashni differensiyalash usulini ifodalaydi, bunda xodimning mehnatiga haq to‘lash miqdori uning ishining va jamoa ishining oxirgi natijalariga bog‘liq bo‘ladi hamda ushbu xodim ishining natijadorligi bahosini aks ettiradigan, xodimga berilgan koeffitsient asosida belgilanadigan, xodimning butun jamoa tomonidan ishlab topilgan mehnatga haq to‘lash jamg‘armasidagi ulushini
    Rag‘batlantiruvchi xususiyatga ega to‘lovlar
    Rag‘batlantiruvchi xususiyatga ega to‘lovlar jumlasiga xodimlarga mehnatdagi yuksak yutuqlari, kasbiy mahorati, energiya resurslarini, materiallarni tejaganligi, oldindan belgilangan boshqa ko‘rsatkichlarga erishganligi uchun beriladigan mukofotlar, ish haqiga qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va boshqa to‘lovlar kiradi.

    • Mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan mukofot xodimni oldindan belgilangan ko‘rsatkichlar va shartlarga erishishga undash maqsadida ish haqining tarkibiga kiritilgan hamda xodimga asosiy maoshidan (tarif stavkasidan) tashqari to‘lanadigan pul mukofotidir.

    • Mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilmagan rag‘batlantiruvchi mukofot bir marta beriladigan xususiyatga ega bo‘lgan hamda ish beruvchining qaroriga ko‘ra xodimning oldindan belgilangan ko‘rsatkichlar va shartlarga erishganligi uchun emas, balki muayyan voqealar (yubileylar, bayram sanalari va boshqalar) yuz berganligi yoki xodim tomonidan muayyan harakatlar amalga oshirilganligi (ish beruvchining alohida muhim topshirig‘ini bajarish, ratsionalizatorlik taklifini kiritish va boshqalar) munosabati bilan to‘lanadigan pul mukofotidir.




    Download 48,23 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 48,23 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mehnatga haq toʻlashning oddiy ishbay va oddiy vaqtbay, akkord, moddiy, rag‘batlantiruvchi tizimlari va bilvosita usuli

    Download 48,23 Kb.